Sirtqi va maxsus sirtqi talabalari uchun O`slubiv qo`llanma Samarqand – 2019 kirish
Download 172.15 Kb.
|
86dc711128285bf9a6475ae714d94dea Tabiatshunoslikni uqitish metodikasining nazariy asoslari
ZAHRIDDIN MUHAMMAD BOBUR. Zahriddin Muhammad Bobur 1484 yili Farg’ona hokimi Umarshayx oilasida dunyoga keladi. U Amur Temur avlodidan bo’lib, otasi vafotidan (1494) keyin 12 yoshida podsho etib tayinlanadi. Bobir tadbirkor podsho bo’lib qolmay, balki o’ta ma’lumotli bilimdon olim edi. Uning «Boburnoma» asari tabiatshunoslikni rivojlanishida ahamiyati kattadir.
«Boburnoma» O’rta Osiyo, Avg’oniston, Hindiston mamlakatlari tabiiy geografik joylashish haqidagi o’simliklar va hayvonlar dunyosi haqidagi biografik asar hamdir. Unda Bobur har bir joyning xarakterli xususiyatlari o’simlik va u yerda tarqalgan hayvonot dunyosining o’ziga xos xususiyatlari haqida qimmatli materiallar bayon qilingan. Bobur asarlaridagi tabiat maskanlari va hodisalari, o’lkaga oid jug’rofiy ma’lumotlari, tasvirlar tabiatni o’ganishda yosh tabiatshunoslar va o’lkashunoslarga dastur bo’lib xizmat qiladi. ULUG’BEK. O’rta Osiyoning buyuk olimlari dunyoning tuzilishi to’g’risida to’g’ri fikr yuritgan ajoyib mutafakkir bo’libgina qolmay, balki mashhur mushohadachilar ham edilar. XV asrda Ulug’bek boshliq Samarqandlik astranomlarning osmon jismlarini kuzatish sohasidagi ilmiy ishlari ayniqsa mashhur bo’ldi. Ulug’bek, Beruniy asarlaridan foydalangan. Samarqand hokimi Mirzo Ulug’bek astronom olim, ma’rifatparvar davlat arbobi edi. U o’z mamlakatida fanni rivojlantirish uchun doimo g’amxo’rlik qilib keladi. Ulug’bek Samarqandga turli joylardan olimlar olib kelib, ularning ishlashi uchun juda yaxshi sharoit yaratdi. U Samarqandda ulkan rasadxona qurdirdi. Tepalikdagi ana shu rasadxonaning binosi ulug’vorligi bilan zamondoshlarini hayratda qoldirar edi. Rasadxona o’sha zamondagi eng yaxshi mukammal asboblar bilan jihozlangan edi. Ulug’bek rasadxonasida olingan ma’lumotlar eng aniq ma’lumot hisoblanib, bir yarim asr mobaynida, butun dunyo olimlariga xizmat qilib kelgan. Rasadxonada koinot xaritalari va globuslar bo’lgan. Yer o’qining orbita tekisligiga nisbatan necha daraja og’ganligi O’lug’bek rasadxonasida aniqlangan. Ulug’bek hokim bo’lishi bilan birga O’rta Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatini o’sha sharoitda dunyo fanining oldingi safiga olib chiqqan olimlardan biridir. Uning rasadxonasida «Yangi astranomiya jadvallari» («Ziji Kuragoniy») yaratiladi. Ulug’bek «Ziji Ko’ragoniy» asari bilan butun dunyoga samoviy ishini tadqiqot etuvchi olim sifatida mashhur bo’ldi. Ulug’bek omma orasida ma’rifat tarqatish to’g’risida ko’p qayg’urgan. U Samarqand va boshqa shaharlarda o’quv yurtlari – madrasalar ochgan. Ulug’bekning ilg’or qarashlari, ilmiy shijoati fitnachilarning huruji natijasida poymol bo’ldi, u qatl etildi. O’zbek olimlarining asarlari dunyoga keng tarqalib, astronomiya va jug’rofiya fanlari taraqqiyotiga ulkan hissa bo’lib qo’shildi. Download 172.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling