Sirtqi va maxsus sirtqi talabalari uchun O`slubiv qo`llanma Samarqand – 2019 kirish


Download 172.15 Kb.
bet25/52
Sana13.12.2022
Hajmi172.15 Kb.
#1000261
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52
Bog'liq
86dc711128285bf9a6475ae714d94dea Tabiatshunoslikni uqitish metodikasining nazariy asoslari

Birinchidan, pedagogik texnologiya yordamida ta’lim jarayonidagi, xato kamchiliklarni, mavhumlikni oldini olish va avvaldan ta’lim jarayonini loyihalashtirib va uni birin-ketin voqyelikka aylantirish asosida uni takomillashtirish masalasi yechilishi kerak.
Ikkinchidan, uzoq vaqtdan beri qo’llanilib kelayotgan har bir darsni oddiy uslubiy jihatdan ishlab chiqish o’rniga pedagogik texnologiya ta’lim jarayonida yaxlit yondashib, uni avvaldan loyihalashtirib, o’quvchi bilish faoliyatining tuzulishi va mazmunini belgilashga asos bo’ladi.
Bu, ayniqsa, hozirgi yangi pedagogik axborot vositalari – dasturlashgan ta’lim, pedagogik jarayonni kompyuterlashtirish maktablarimizga keng kirib kelayotgan sharoitda muhimdir.
Uchinchidan, pedagogik texnologiyaning muhim xususiyati – bu maqsad qo’ya bilishdir. Avvallari bu masala ta’lim jarayonida muhim emas edi. Hozir ta’lim jarayonini texnologiya darajasiga ko’tarishda taxminiy, bo’lar-bo’lmas natijadan aniq maqsad qo’yish muhimdir. Bu masala ikki jihatdan zarurdir, diagnostik maqsad qo’yib o’quvchilarning o’quv materialani o’zlashtirishini to’g’ri nazorat qilish va o’quvchi shaxsining rivojlanishini ta’minlashdir.
To’rtinchidan, pedagogik texnologiya pedagogik tizimning loyihalashtirish sifatida ta’lim jarayonining yaxlitligini uning maqsad vazifasi, amalga oshirish shakllarini, uslublarini hamda o’quvchilar faoliyatini boshqarish bilimini nazorati va tekshirishning uzviyligini ta’minlaydi.
Ta’lim jarayonini pedagogik texnologiya sifatida qarash undagi formalizm, ayrim eskirgan shakl va uslublarga sajda qilmaslikka, yangilikka, ijodga intilishga zamin hozirlaydi.Shunday qilib, pedagogik texnologiya – ta’lim-tarbiya jarayonini mazmunli amalga oshirish texnikasidir.
Pedagogik texnologiya qachon kelib chiqdi, qachondan beri u qo’llanmoqda, degan savol tug’ilishi mumkin? Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiyaning hamma bosqichlarida turlicha holda mavjud bo’lgan. Bu turli uslubiy ishlanmalar, fanlar bo’yicha o’quv-tematik, kalendar darslarni rejalashtirishdan, darslik va uslubshunoslik, ya’ni o’qitish metodikasida ham pedagogik texnologiya mavjud edi. Hozir milliy maktab sharoitida gap uni ko’r-ko’rona, tushunmasdan qo’llashdan ilmiy asoslangan darajaga ko’tarish ustida borayotir.
Pedagogik texnologiyaning shakllanishi bu uzoq davom etadigan jarayondir. Biz umumiy holda uning shakllanish bosqichlarini bayon qilamiz:
Birinchi bosqich – o’quvchilarning bo’lak faoliyatlarining tahlil. Ularning maktabni bitirgandan keyin o’rta maxsus yoki oliy o’quv yurtlarida o’qishni yoki kasbiy faoliyatlarining tahlili.
Ikkinchi bosqich – shu tahlildan kelib chiqib pedagogik texnologiyani ishlab chiqib, unga ta’limning har bir bosqichda, sinfda o’quv fanlarining mazmunini belgilash. Ta’limni diagnostik asosda maqsadini jamiyat manfaatlari nuqtai nazardan belgilash.
Uchinchi bosqich– belgilab olingan ta’lim mazmuni asosida o’quvchilarning o’quv yuklamasi, kerakli vaqt me’yorini aniqlash lozim.
To’rtinchi bosqich – didaktik jarayonini amalga oshirish uchun ta’limning tashkiliy optimal shakllarini tanlash va shunga muvofiq o’qitish vositalarini aniqlash zarur.
Beshinchi bosqich–didaktik maqsadni amalga oshirish uchun o’quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda mavzular, aniq darslar bo’yicha uslubiy ishlanmalar ishlab chiqish kerak.
Oltinchi bosqich – ta’lim maqsadi asosida o’quv topshiriqlari tizimini ishlab chiqish va uni ta’lim jarayoniga joriy qilish.
Yettinchi bosqich – o’quvchilarning belgilangan o’quv materiallarini o’zlashtirishlarini, bilim saviyalarini nazorat qilish va o’zgartirishlar kiritish.
Sakkizinchi bosqich – o’quv mashg’ulotlarining mazmunini va tarkibini ishlab chiqish, shu asosda dars va uy topshiriqlarini optimal rejalashtirish.
To’qqizinchi bosqich – yuqoridagilardan kelib chiqib, loyihalashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayonini sinovdan o’tkazish.
Bu bosqichlar o’quv jarayoni texnologiyasini ishlab chiqishning ketma-ketligi (algoritmi)dir.
Biz o’qituvchilar pedagogik mahoratining texnologiya darajasiga ko’tarilishi bosqichlarini hamda uning ta’lim tarbiya jarayonining umumiy xususiyatlari asosida shakllanish ketma-ketligi (algoritmi)ni keltirdik. Bularning hammasi uning nihoyatda qiyin, murakkab va ko’p qirrali jarayon ekanligini ko’rsatadi. Endi shulardan kelib chiqib, pedagogik texnologiyaga ta’rif bersa bo’ladi.
Pedagogik texnologiya bu o’qituvchi pedagogik mahoratining yuksak cho’qqisi bo’lib, ta’lim-tarbiyani har qanday murakkab vaziyatida ham aniq qo’llaniladigan usul, vositalarining majmuidir.
Xo’sh, hozirgi kunda yangi pedagogik texnologiyaning mohiyati va mazmuni nimadan iborat? Bu, eng avvalo, ta’lim-tarbiya mazmunini milliylashtirish. Bunda biz hozirgi yosh avlod ta’lim-tarbiyasi mazmunini o’tmish avlodlarimiz yaratgan va jahon fani rivojiga asos bo’lgan bilimlar, boy tariximiz, madaniyatimiz manbalari bilan tanishtirishni, hozirgi zamon fani yutuqlari bilan omuxta qila olishimizda ko’rishimiz kerak. Bu muammoni yechishda nihoyatda nozik va murakkab narsaga e’tibor berishni maslahat beramiz. Bu ham bo’lsa, ta’lim-tarbiya mazmunini milliylashtirishda o’tmishga mahliyo bo’lib hozirgi zamon fani, maorif yutuqlarini nazar-pisand qilmaslikdir. Ta’lim-tarbiyada xalq milliy ruhi, o’tmish tarixini unutish milliy g’urur, mustaqil mafkura shakllantirishga putur yetkazadi. Ammo jahon sivilizasiyasi, fani taraqqiyotidan bexabar qolish ham milliy mahdudlik, mustaqil Respublikamiz taraqqiyotiga zid keltiradi. Shunging uchun birdan-bir to’g’ri yo’l o’tmish bilan hozirgi zamon fani, texnikasi, maorifi yutuqlarini o’zaro omo’xta qilib, ulardan yosh avlod shakllanishida o’rinli foydalanishdir.
Endi hozirgi sharoitda ta’lim-tarbiyaning shakllanishi to’g’risida gapiradigan bo’lsak, Ya.A.Komenskiy «Buyuk didaktika» asarida 17-asrda asoslangan ta’limning faqat dars, tarbiyada suhbat shakllari zamona talablarini amalga oshirish uchun yetarli emas. O’qituvchilarimiz qolipga kirgan 5 bosqich dars bilan birga ta’limning darsdan tashqari, o’qituvchilar tajribasida nostandart darslar deb nom olgan shakllari: ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar, musobaqa-munozara, mustaqil ishlash, konferensiya, sayohat, mushoira kabi shakllaridan keng foydalanishlari lozim. Buning uchun o’qituvchilar ta’limning darsdan tashqari har bir shaklining tuzilishi, bosqichlarini an’anaviy darsdan ustunligini sinab ko’rib, ta’sirchan shaklini aniqlashlari zarur. Bu, albatta, o’z-o’zidan emas, ta’lim nazariyasini, uning hozirgi zamon muammolarini bilishni, ya’ni ijod qilishni, tinmay izlanishni talab qiladi.
Muammoli masalalar va topshiriqlar:
1. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risidagi Qonun»ning tabiatshunoslik darslarida tadbiq etish haqida axborotlar tayyorlang.
2. Boshlang’ich sinf Tabiatshunoslik darslarida I.A.Karimov asarlaridan foydalanish haqida ma’lumotlar bering.
3. Boshlang’ich sinf tabiatshunoslik darslarida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganish haqida axborotlar tayyorlang.
4. Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik asosidagi innavasion sistema haqida axborotlar tayyorlang.
5. Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik asosidagi integrasion sistema haqida axborotlar tayyorlang.
6. Ilg’or pedagogik tajribalar va ularning dars jarayonida qo’llanishini yorituvchi jarayonning bosqichlarini tahlil qilib, tabiatshunoslik daftarlariga uning ketma ketligini ko’rsating.
7. O’zbekistonda, boshlang’ich sinf tabiatshunoslik darslarida, pedagogik texnologiyalarni joriy etish bosqichlarini yoritib beruvchi xususiyatlari haqida ma’lumot bering.
8. Hozirgi kunda pedagogik texnologiyaning mohiyati va mazmuni yoritib beruvchi omillar haqida axborotlar tayyorlang.
Bilimni tekshirish uchun savollar:

  1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy mohiyati nima?

  2. «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunning qaysi moddalari boshlang’ich sinf muammolariga bag’ishlangan?

  3. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunlarni ta’lim jarayonida qo’llanilish usullarini izohlab bering.

  4. Integrasiya nima?

  5. Ta’lim integrasiyasi va uning yechimlarini izohlab bering.

  6. Ta’lim innovasiyasi deb nimani tushunasiz?

  7. Pedagogik innovasiyalarni hayotga tatbiq etishning tashkiliy asoslarini izohlab bering.

  8. Ichki motivasiyalar nima va ularning o’quv jarayonidagi mohiyati nimada?

  9. Yangi pedagogik texnologiyalarning yo’nalshilarini ko’rsating.

  10. Yangi pedagogik texnologiyalarning muammolari va yechimlarini izohlab bering.

  11. Yangi axborot texnologiyalarini ta’lim jarayonida qaysi bosqichlar orqali tatbiq etish mumkin?

  12. Ta’limni boshqarish tizimida tashkil qilingan yangi bo’g’inlar qaysi ishlarni amalga oshiradi?

  13. Pedagogik texnologiyalar markazi qaysi vazifalarni bajaradi?

  14. Ilg’or pedagogik tajribalarni aniqlashda qaysi mezonlarga asoslanish kerak?

  15. «Pedagogik ijod» tushunchasining asosiy mohiyatini izohlab bering.

  16. «Pedagogik mahorat» va «ilg’or pedagogik tajribalar» tushunchalarini izohlab bering.

  17. Pedagogik automonitoringlarning ahamiyati nimada?

  18. Pedagogik texnologiyaning ta’lim jarayonidagi ahamiyatini izohlab bering.

  19. «Yangi pedagogik texnologiyalarning» birinchi va ikkinchi sinf «Atrofimizdagi olam» darslarida qo’llanish usullarini izohlab bering.

  20. «Yangi pedagogik texnologiyalar» va «Ilg’or pedagogik tajribalar»ni 3 va 4 sinf «Tabiatshunoslik» darslarida qo’llanish usullarini izohlab bering.




Download 172.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling