Sistemalar bloki (prosessor) Sistema bloki


Download 262.41 Kb.
bet1/4
Sana11.05.2023
Hajmi262.41 Kb.
#1454769
  1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Sistemalar bloki (prosessor)
Sistema bloki – ShK asosini tashkil etuvchi qismi hisoblanib, unda kompyuterning asosiy qismlar joylashgan bo`ladi. Sistema bloki ichida joylashgan qurilmalar ichki qurilma, unga tashqi tomonidan ulanadigan qurilmalar tashqi qurilmalar deyiladi. Tashqi qo`shimcha qurilmalar ma’lumotni kiritish va chiqarish uchun xizmat qiladi.
Sistema bloki tashqi ko`rinishlari odatda yassi (desktop) yoki minora (town) ko`rinishlarda ishlab chiqariladi. Minora ko`rinishidagilari har xil o`lchamlarda bo`lishi mumkin: katta o`lchamli (BigTower), o`rta o`lchamli (MidiTower), kichik o`lchamli (MiniTower). Yassi ko`rinishdagilari esa ikki formatda bo`ladi: yupqa (Full-AT)
Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo`lib, ular quyidagilar: tezkor xotira (RAM – Random Access Memory), mikroprotsessorqurilmalar nazoratchilari (elektron sxemalar, elektr manbai bilan ta’minlash bloki, kontrolerlar, adapterlar), yumshoq disk qurilmasi (FDD – Floppy Disk Driver), qattiq disk qurilmasi (HDD – Hart Disk Driver), faqat o`qish uchun mo`ljallangan lazer disk qurilmasi (CD ROM – Compact Disk Read Only Memory), shinalarmodemsistema platasi va boshqa qurilmalar. Sistema blokiga uning parallel (LPT) va ketma – ket (COM) portlari orqali ko`plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin. Sistema blokining umumiy ko`rinishi 2.1 – rasmda keltirilgan.
Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo’lib, ular quyidagilardir.




  1. Elektron sxemalar :\






- mikroprosessor kompyuterni boshqarish va barcha hisob ishlarini bajaradi. Mikroprosessor turli amallarni tez bajarish qobiliyatigi ega. Uning tezligi sekundiga 100 mln amalgacha va undan ortiq bo’lishi mumkin. IBM PC kompyuterlarida odatida Shteud firmasi va unga muvafiq boshqa firmalarning mikroprosessorlari o’rnatiladi. (AMD, Cyrix, IBM va boshqalar).
Mikroprosessor Intel 8088, 80286, 80386 SH, 80386 DX, 80486, Pentium, Pentium Pro kabi turlari mavjud.
Mikroprosessorlarning tezligini takt chastotasi belgilaydi. Bir turdagi mikroprosessorlar turli takt chastotasi bilan ishlab chiqarilishi mumkin. Shu sababdan takt chastotasiga qarab mikroprosessorining bahosi va unumdorligi har xil bo’ladi. Takt chastotasi megagerslarda (Mgs) o’lchanadi. Masalan, Takt chastotasi 75 MGs dan 200 MGs ga bo’lgan Pentium mikroprosessori ishlab chiqarilmoqda. Takt chastotasi mikroprosessor ichidagi elementar operasiyalarning tezligini ko’rsatadi. Mikroprosessor modeli bilan takt chastotasi ko’rsatiladi. Masalan: Pentium / 75 MGs.
Soprosessorlar matematik hisoblarni, ayniqsa, xaqiqiy sonlar bilan bajariladi – amallarni hisoblashga yordam beradi. 80486 DX, Pentium, Pentium Rro larda sonprosessorlar mavjud, chunki sistemaga kiritilgan.
Xotira ma’lumot va programmalarni saqlash uchun xizmat qiladi va ular bir necha turga bo’linadi: operativ xotira. KESH xotira, BIOS (doimiy xotira) , CMOS (yarim doimiy xotira) va videoxotira .


Download 262.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling