1.Hujayra - tiriklikning elementar strukturaviy va funksional birligi.
2.O`simlik, hayvon va zamburug` hujayralari tuzilishi, kimyoviy tarkibi va moddalar almashinuvi jarayonlari jihatidan o`xshashdir.
3.Hujayra – tiriklikning strukturaviy va funksional birligi. Tuzilishi va bajaradigan vazifasi jihatidan o`xshash hujayralar to`qimalarga, to`qimalar – a`zo va a`zolar tizimiga birlashib organizmni tashkil etadilar. Bu esa organizmlarning bir butunligini ta`minlaydi.
4.Hujayra – barcha tiriklikning rivojlanish birligi. Har qanday organizm o`z individual rivojlanishini yagona hujayra – zigotadan boshlaydi.
5.Yangi hujayralar ona hujayraning bo`linishidan hosil bo`ladi.
6.Hujayra membranali tuzilish tartibiga ega.
7.Yadro eukariot hujayralarning genetik axborotni saqlovchi va boshqaruvchi mexanizm sifatida faoliyat yurituvchi asosiy komponentidir.
8.O`simlik va hayvon hujayralari o`rtasidagi o`xshashlik ular kelib chiqishining umumiy ligidan darak beradi.
9.Tirik organizmlar tuzilishining murakkablashuvi asosida hujayralar differensiasiyasi jarayoni yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |