Sitologiya va
Genlarning o‘zaro epistaz ta’siri
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
Genlarning o‘zaro epistaz ta’siri. Fenotipda bir dominant
genning allel bo‘lmagan ikkinchi dominant gendan ustunlik qilishi epistaz deb ataladi. Bu qonuniyatning mohiyatini tovuq zotlarida pat rangining irsiylanishi misolida ko‘rib chiqaylik. Patlari oq rang- dagi ikkita tovuq zotlarining fenotipi bir xil bo‘lsa ham, ularning bu belgi bo‘yicha genotiplari har xilligi aniqlandi. Buni tekshirish uchun har ikkalasiga ham oq patli tovuq zotlari chatishtirildi. F 1 da hamma duragaylarning pati oq rangli chiqdi. F 1 duragay avlodi- A B D E Xo‘rozlarda tojining shakllari: 51 rasm. A oddiy (aabb); B no‘xatsimon (aaBB yoki aaBb); D yong‘oqsimon (AABB yoki AaBb); E gulsimon (AAbb yoki Aabb). http:eduportal.uz 145 genetika haqida umumiy ma’lumot VI Bo‘LIM dagi xo‘roz va tovuqlarni o‘zaro chatishtirib olingan ikkinchi av- lodda patning rangi bo‘yicha ikkita fenotipik guruhga ajralish ku- zatildi. ularning 13/16 qismi oq patli, 3/16 qismi esa rangli patli tovuq-xo‘rozlar ekanligi aniqlandi. Shunday qilib, ikkita oq patli tovuq zotlarini chatishtirib olin- gan duragaylarning ikkinchi avlodida yangi belgi (patning rangli bo‘lishi)ga ega bo‘lgan organizmlar paydo bo‘ldi. Тovuq zotlari- da IICC, IiCC, IiCc, iicc, IIcc, licc genotiplar patning oq bo‘lishi- ni ta’minlaydi. iiCC, iiCc genotiplar esa patning rangli bo‘lishini ta’min etadi. Тovuq zotlarida patning oq yoki rangli bo‘lishi ikki juft allel bo‘lmagan genlarga bog‘liq. ularning birinchi jufti Cc genidir. Bu genning dominant alleli (CC) va (Cc) holatda patning rangli bo‘lishini ta’minlaydi. Bu genning (cc) holati patning oq bo‘lishiga zamin yaratadi. unga allel bo‘lmagan ikkinchi juft gen I-i esa, C-c genning faoliyatini boshqaradi. Bu gen ingibitor gen deb atala- di va II, Ii holatlarida patga rang beruvchi (C) genining faoliyatini to‘xtatadi. Natijada C geni genotipda bo‘lsa ham, patning rangli bo‘lishini fenotipda namoyon eta olmaydi va pat rangi oqligicha qoladi. Shunday qilib, allel bo‘lmagan genlarning o‘zaro epistaz ta’siridagi irsiylanish jarayonida ham duragay avlodlarda, ota-ona organizmida bo‘lmagan yangi belgilar paydo bo‘ladi. Genlarning dominant epistaz ta’sirida F 2 avlodida 13:3, 12:3:1; retsessiv epistazda esa 9:3:4 nisbatda ajralish ro‘y beradi. 1. Genlarning o‘zaro ta’sir etishi qanday xillarga bo‘linadi? 2. Genlarning komplementar ta’siri nima? Misollar bilan tushuntiring. 3. epistaz nima? Misollar keltiring. Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling