Sitologiya va


Zamburug‘larning ahamiyati


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

Zamburug‘larning ahamiyati. ular tabiatda keng tarqal-
gan va katta ahamiyatga ega bo‘lib, moddalar aylanishida ishti-
rok etadi. Bakteriyalar bilan birga organik moddalarning: o‘simlik 
qoldiqlari va hayvon jasadlarining parchalanishi asosan zambu-
rug‘lar ishtirokida boradi.
mikoriza — yuksak o‘simliklar ildizi bilan zamburug‘larning 
simbioz hayot kechirishidan iborat. Quruqlikda tarqalgan ko‘pchi-
lik o‘simliklar tuproqdagi zamburug‘lar bilan ana shunday hamkor-
likda yashaydi. Mikorizaning tuzilishiga ko‘ra ikki asosiy turi ajra-
tiladi: tashqi (ektotrof) va ichki (endotrof). ektotrof mikorizada 
o‘simlik ildizining uchki qismini zich g‘ilof ko‘rinishida zamburug‘ 
mi 
tselliysi o‘rab oladi. endotrof mikorizada zamburug‘ ildizning 
ichki to‘qimalariga kirib oladi.
Тashqi mikoriza asosan o‘rmonlardagi qayin, eman va nina 
barg 
li daraxtlarda uchraydi. Zamburug‘ daraxt ildizidan karbon 
suv va vitaminlarni o‘zlashtiradi. Shu bilan birga tuproq gumusi 
http:eduportal.uz


23
oRGANIk oLAM hAQIDA MA’LuMoT
I Bo‘LIM
tarkibidagi oqsillarni aminokislotalarga parchalaydi. Aminokislota-
larning bir qismi o‘simlik tomonidan o‘zlashtiriladi. Bundan tash-
qari zamburug‘ daraxt ning ildiz tizimini, shimish yuzasini oshirib
unum siz tuproqlarda o‘sa yotgan o‘simlik uchun muhim ahamiyat-
ga ega bo‘ladi. Ichki mikoriza ko‘pincha o‘t o‘simliklarda uchraydi. 
Ammo uning simbioz hayot kechirishdagi roli haqida ma’lumotlar 
yetarli emas. Ba’zi bir zamburug‘lar parazit organizmlar sifati-
da o‘simlik va hayvonlarda har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. 
Iste’mol qilinadigan zamburug‘lar ozuqa ahamiyatiga ega. Zam-
burug‘larning ba’zi turlaridan antibiotiklar va vitaminlar olishda, 
shuningdek, achitqilardan esa turmushda keng foydalaniladi.
Lishayniklar.  Lishayniklar tirik organizmlarning o‘ziga xos 
guruhi bo‘lib, zamburug‘lar va bir hujayrali suv o‘tlarning simbioz 
hayot kechirishidan yuzaga kelgan organizmlardir (13- rasm).
Lishayniklarning 26 000 ga yaqin turi ma’lum. Lishayniklarning 
tanasi, rangi va shakli har xil. Lishayniklar sporalar yordami bilan 
shuningdek, vegetativ yo‘l bilan ko‘payadigan avtotrof organizm-
lardir. Lishayniklar tashqi ko‘rinishiga ko‘ra uchta turga bo‘linadi 
(14- rasm): 1. Yopishqoq; 2. Bargsimon; 3. Butasimon. 
Lishayniklar barcha joylarda o‘sadigan o‘simliklar bo‘lib, 
tabiat 
da juda keng tarqalgan. ular tosh va qoyalarda, cho‘l va 
dashtlarda, daraxt va buta po‘stloqlarida o‘sadi.
Zamburug‘ mitselliysi
.
Suv o‘tlari hujayralari

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling