Sitologiyaning tadqiqot metodlari
Download 15.64 Kb.
|
3-mavzu
Mavzu: Sitologiyaning tadqiqot metodlari Reja: Sitologiya Sitologiyaning tadqiqot metodlari Sitologiya fan sifatida shakllanar ekan, o’zining bir qancha o’rganish ilmiy tekshirish uslublari mavjud. Shulardan asosiylari mikroskopiyadir. Asosan hujayra strukturasi yoruglik va elektron mikroskop yordamida o’rganiladi. U mikroskoplardan tashqari sitofizika, radioaftografiya, ul’trasentrafugalash, bioximiyaviy, sitoximiyaviy, sitofotometriya, sitofiziologik, mikroxirurgiya va boshqalardan iborat. Sitofiziologiya – hayvon va o’simlik hujayralarini mikroskopik tuzilishini, uning vazifasiga boglab o’rganadi. Jumladan: organoid mitoxondriyalarda sodir bo’ladigan o’zgarishlar fiziologik tadqiq qilinadi. energetik manba nuktai nazaridan o’rganiladi. Qiyosiy sitologiya - xar xil organizmlardagi hujayralarning rivojlanishi, tuzilishi va funksiyasini kiyosiy takkoslab o’rganadi. Hozirgi zamon tekshirish usullari yordamida ko’p hujayrali hayvonlar hujayrani evolyusion tarakiyot davrida tarkibiy o’zgarishlarga uchrashini, hujayra va oralik moddalardagi tuxtovsiz jarayonlarni va bu jarayon tufayli ularni takomillashib borishini o’rganadi. Eksperimental sitologiya – maxsus tadqiqotlar o’tkazishdagi turli xildagi eksperimentlar tasir ettirib hujayralardagi o’zgarishlar o’rganadi. Tasviriy sitologiya – tuzilishni tasvirlab o’rganadi. Evolyusion sitologiya filogenez jarayonida hujayraning rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganadi. Ekologik sitologiya- yashash sharoitiga boglab o’rganadi. Bo’lardan tashqari biotexnologiya, geninjeneriya kabi xozirda eng keng tarkalib, rivojlanib borayotgan soxalar yuzaga keldiki bu fanning yanada ahamiyatini oshirdi. Xulosa qilib aytganda sitologiya fani o’zini oldiga aniq vazifalar kuyadi. Hujayraning strukturasi, funksiyasi va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi. eqologik sharoitga, yoshga bo’liq o’zgarishlarni tekshiradi. Hujayradagi morfogenez jarayonlarni boshqarishda nerv, endokrin imun sistemalarning rolini tadqiq qiladi. Turli xil biologik, fizik, kimyoviy va boshqa omillar tasiriga hayvon va o’simliklar hujayralarini moslanuvchanligini tadqiq qiladi. Hujayraning diferenlashuvi va rivojlanishi qonunlarini o’rganadi. Sitologiya mustaqil fan sifatida X1X asr oxirida shakllangan bo’lsada, lekin hujayra eng kichiq birlik tugrisidagi avalrok shakllana boshlagan edi. Download 15.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling