Biologik model


Download 12.25 Kb.
bet1/4
Sana16.11.2023
Hajmi12.25 Kb.
#1778618
  1   2   3   4
Bog'liq
Biologik model-fayllar.org


Biologik model

Biologik model
Biologik model turli tirik ob`ektlar va ularning qismlari - molekula, hujayra, organizm va shu kabilarga xos biologik tuzilish, funksia va jarayonlarni modellashda qo`llaniladi. Biologiyada, asosan, uch xil modeldan foydalaniladi. Ular biologik, fizik va matematik modellardir.
Biologik model - odam va hayvonlarda uchraydigan ma`lum bir holat yoki kasallikni laboratoriyada hayvonlarda sinab ko`rish imkonini beradi. Bunda shu holat yoki kasallikning kelib chiqish mexanizmi, kechishi, oqibati kabilar tajriba asosida o`rganiladi. Biologik modelda har xil usullar: genetik apparatga ta`sir qilish, mikroblar yuqtirish, ba`zi organlarni olib tashlash yoki ular faoliyati mahsuli bo`lgan garmonlarni kiritish va bosha usullar qo`llaniladi. Bunday modellarda genetika, fiziologiya, farmokologiya sohasidagi bilimlar tadqiq qilinadi.


Misol Gulning o’sish jarayoni modelini tuzing.
O’simliklarning yashashi va o’sishi uchun havo, yorug’lik, suv va ozuqa kerak bo’lishini botanika kursidan bilasiz. Ularning miqdori turli o’simliklar uchun turlichadir. Masalan, ba’zi gullar qorong’iroq va quruqroq sharoitda yxshi o’ssa, boshqalari yorug’lik va namlikni ko’proq talab etadi. Shuning uchun masalaning modeli quyidagi tenglamalar sistemasi orqali ifodalanadi:
T=T0*(1+α*t)
I=I0*(1+β*t)
H=H0*(1+γ*t)
bu yerda t – vaqt, T – havo temperaturasi, I – yorug’lik miqdori, H – gul tanasidagi namlik miqdori, α,β,γ– temperatura, yorug’lik, namlikka mos doimiy kattaliklar.
Ko’rib o’tilgan masalalarning modellariga e’tibor berib, shuni aytish mumkinki, qaysi sohada bo’lmasin, matematik modellashtirish uchun faqatgina matematikadan emas, balki shu sohalardan ham yetarli bilimga ega bo’lish zarur ekan.

Iqtisodiy model
Abstrakt modellar o’z navbatida ikki guruhga bo’linadi: matematik va iqtisodiy matematik modellar.
Iqtisodiy matematik modellar XVIII asrdan qo’llanila boshlandi. F.Kenening “Iqtisodiy jadvallar”ida birinchi marta butun ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonini shakllanishini ko’rsatib berishga harakat qilingan. Hozirgi kunda iqtisodiy modellar yordamida iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari tekshiriladi. Turli iqtisodiy ko’rsatkichlar, jumladan, milliy daromad, iste’mol, ish bilan bandlik, jamg’armalar, investitsiya ko’rsatkichlarini o’zgarishi va nisbatini tahlil qilish, uni oldindan aytib berish uchun murakkab iqtisodiy modellar qo’llaniladi. Mustaqillik O’zbekistonning 5 tamoyil asosida bozor iqtisodiga o’tish modeli ham iqtisodiy matematik modelning asosini tashkil etadi.


Masala.Bir yildan keyin $12000 olish uchun bankka berilgan stavkada (20 % yillik) qancha so’m qo’yish kerak?
Bu masalaning modelini tuzish uchun quyidagi belgilashlarni kiritamiz: M0-orqali boshlang’ich summani, M1-orqali oxirgi summani, R-orqali foiz stavkasini belgilaymiz.
U holda oxirgi summaning ko’rinishi
M1=M0(1+R/100)

bo’ladi.Dastlabki summa esa



M0=M1/(1+R/100)=12000/1.2=10000
dan iborat bo’ladi.





Download 12.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling