Sitrqi” fakulteti “moliya-kredit” kafedrasi
Download 0.69 Mb.
|
TURON hisobot (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy rahbar:________ Toshkent-2022 Kirish
- 4. Turon bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari va moliyaviy natijalari bilan tanishish. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati. Kirish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “SITRQI” FAKULTETI “MOLIYA-KREDIT” KAFEDRASI “BANK ISHI” BAKALAVRIAT TA’LIM YO’NALISHI BO’YICHA ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI (SIRTQI TA’LIM SHAKLI UCHUN) HISOBOTI Bajardi:__________ Ilmiy rahbar:________ Toshkent-2022 Kirish 1. Turon bank tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etishda korporativ boshqaruv asoslarini tahlil qilish. 2. Turon bank filialida dasturiy texnologiyalari asosida yaratilgan bank mahsulotlari va xizmatlarini o‘rganish. 3. Turon banklari kapitali va uning tashkil etish manbalari. 4. Turon bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari va moliyaviy natijalari bilan tanishish. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati. Kirish Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi bank sektorining samarali faoliyati bilan bog’liq. Raqobat sharoitida bank faoliyatining omad kaliti bo’lib, bank ichki imkoniyatlarini va raqobatchilarning xatti-harakatiga hamda bozor konyunkturasidagi o’zgarishlarga bevosita javob bera olish qobiliyati hisoblanadi. Tijorat banklarining faoliyati faqatgina bank ichki siyosatini to’g’ri tashkil qilish bilan bog’liq bo’lmasdan, balki yuqori foyda olish manfaati bilan tashqi sharoitlarga moslashish hamdir. Bu borada bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlash, respublika moliya-bank tizimini yanada rivojlantirish va uning barqarorligini oshirishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha qabul qilingan dasturda ko’zda tutilgan tadbirlarni so’zsiz amalga oshirish, bank nazoratini kuchaytirish, bank aktivlari va kredit portfelining sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratiladi. Hozirgi davrda O’zbekistonda bank nazorati bo’yicha tijorat banklari moliyaviy holatini tahlil qilishning o’ziga xos tizimi shakllangan. Shuningdek tijorat banklari Markaziy bankka har oy faoliyatining ko’p sohalarini o’z ichiga olgan ma’lumotlar, balans hisoboti, iqtisodiy normativlar hisob-kitobi, foyda va zararlar hisobotlarini taqdim etadilar. “Foyda va zarar to’g’risida”gi hisobot foydaning shakllanishi va yakuniy miqdori bilan bog’liq bank daromad va xarajatlari shakllanish jarayonini faol boshqarish imkoniyatini beruvchi asosiy ma’lumotlar manbaidir. Bu moliyaviy hisobotning asosiy ko’rsatkichi sof foyda hisoblanadi. Ushbu jarayonda tijorat banklarining aktiv operatsiyalardan oladigan daromadlarini oshirishning samarali tizimini vujudga keltirish, pul muomalasi va kredit sohasida yuzaga keladigan holatlarning iqtisodiyotning boshqa sohalariga nisbatan salbiy ta’sirini oldini olish, chora-tadbirlarini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. Chunki tijorat banklari joriy va investitsion xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy, birlamchi manbalaridan biridir. Buning uchun esa banklarning daromadlilik mohiyatini chuqur anglab yetish va mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda undan foydalanish masalalarini atroflicha tahlil qilish zarurdir. Tijorat banklarining moliyaviy natijalari asosiy o’rganiladigan masalaning eng muhim jihatlaridan biridir. Bu tijorat banklari foydasini shakllanishi va uni taqsimlash bilan ham bog’liq. Bu natijalar bank rivojlanishi uchun uning uzoq istiqbolga mo’ljallangan rejalarini yaratish, bank faoliyatini yanada samarali ishlashi uchun tavsiyalar berish imkoniyatini yaratadi. Bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar banklar barqarorligini yanada mustahkamlash, ularning likvidligini va kapitallashuv darajasini oshirish hamda investitsion faolligini kuchaytirish, yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishni ta’minlash, moliya – bank tizimi qonunchilik bazasini takomillashtirish va banklar faoliyatini yanada erkinlashtirishga qaratilgandir. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida Respublikamizda amalga oshirilgan tizimli islohotlar natijasida xalqaro standart talablariga javob beradigan zamonaviy moliya-bank tizimi shakllanyapdi. O‘zbekiston Respublikasining demokratik davlat sifatida shakllanishi va rivojlangan davlatlar hamjamiyatiga o‘tilishida bank tizimining o‘rni beqiyosdir. Moliya-bank tizimining barqaror rivojlanishini ta’minlash asosan milliy ta’lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Shu boisdan fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uzviyligida malaka hamda ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda tanishuv amaliyotining o‘rni beqiyos. Men BI-70 guruh talabasi Qurbonova Ma’mura A’zamovna“Bank ishi” fani bo‘yicha bitiruv malakaviy amaliyotini ATB “Turonbank” Guliston filialida joriy yilning 14 fevraldan- 12 martgacha bo’lgan muddatda amaliyot o‘tadim. Amaliyot davrida institut tomonidan berilgan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 30-oktyabridagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida” Nizomi va Toshkent moliya institutning IV kurs barcha ta`lim yo‘nalishlari talabalariga malakaviy amaliyotni tashkil etish hamda ularga raxbarlar tayinlash to`g`risida”gi , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi talablari asosida ishlab chiqilgan dasturda ko‘rsatilgan mavzularni amaliy jihatdan o‘rgandim. Ishlab chiqarish amaliyot davomida: • amaliyot o‘tayotgan tijorat bankining tashkiliy tuzilmasining me’yoriy huquqiy asosini jumladan, bank tizimi, tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy huquqiy hujjatlar; • bankning tashkiliy tuzilishi • bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari, so‘ngi yillardagi tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan kredit operatsiyalariga doir iqtisodiy ko‘rsatkichlar va statistik ma’lumotlar; • bankning zamonaviy chakana xizmatlari tahlili va ko‘rsatiladigan innovatsion xizmatlar; • bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari tarkibi hamda miqdori; • bank tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni kreditlash tartibi; • bankning chakana xizmatlar bo‘limi faoliyati va ularing ishlash mexanizmi; • tijorat banklari ish faoliyatida qo‘llanilayotgan dasturiy ta’minotlar bilan tanishdim va ularning funksiyalari va afzalliklarini o‘rgandim. Shuningdek, bankning mijozlar bilan ishlashda o‘ziga xos uslubi bo‘lib, bu uslub bank mijozlariga to‘liq va sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatini yaratib beradi. Bank xodimlari tarkibi ko‘plab malakali mutaxassislardan iborat bo‘lib, bank joriy amaliyotlarini ulardan o‘rganish menda malakaviy bilimlar va bank ishi sohasiga qiziqishimni yanada ortishiga o‘z hissasini qo‘shdi, shuningdek bankda mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar, tashkiliy ishlar a’lo darajada yo‘lga qo‘yilgan. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling