Sivilizatsiyaning paydo bolishi shart sharoitlari


Download 66.92 Kb.
bet2/3
Sana09.04.2023
Hajmi66.92 Kb.
#1344415
1   2   3
Bog'liq
Bo`riyev sivilizatsiya

Sivilizatsiya – avvalo, madaniyat yutuqlaridir. Bir madaniyatning o‘zi esa bir nechta sulola va davlatlardan uzoq yashashi mumkin. O‘z navbatida, bir sivilizatsiyaning o‘zi ham shunchalik uzoq umr ko‘radiki, umri davomida bir-birini bosib olgan turli davlatlarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Sivilizatsiya turli hududlarga tarqalishi, ularni bosib olishi (faqat kuch ishlatish yo‘li bilan emas), yangi -yangi xalq va davlatlarni egallashi mumkin. Shuningdek, sivilizatsiya o‘z madaniy qadriyat va yutuqlarini boshqa bir sivilizatsiyaga berib, o‘zi yo‘qolib ketishi ham mumkin.
  •  
    • Ayrim hollarda bir nechta sivilizatsiyalar birlashib, yagona sivilizatsiyani tashkil qilishi ham mumkin (masalan, grek-rim sivilizat-siyasi). Sivilizatsiyalar bir-biri bilan parallel ravishda yashashi yoki bo‘lmasa birin-ketin vujudga kelishi ham mumkin. Nima bo‘lganda ham, sivilizatsiya tarixi – madaniyat tarixidir. Sivilizatsiyani o‘rganish – undagi madaniyat rivojini o‘rganishdir.
    •  
    • Sivilizatsiya madaniyatning aniq namoyon bo‘lishini, uning real mavjud hayotini aks ettirishidir. Sivilizatsiya madaniyatsiz, madaniyat-ning sivilizatsiyasiz, undan tashqarida mavjud bo‘lishi mumkin emas. Chunki inson muayyan sivilizatsiya bag‘rida o‘tmish avlodlari tomoni-dan yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni o‘zlashtirgan holda shakllanishi, kamol topishi mumkin.
    • Madaniyat kelib chiqish jihatidan bir butunlikdagi yaxlit hodisadir. Lekin u hamisha izlanishda, rivojlanishda bo‘ladi. Demak, madaniyat o‘z xususiyatiga ko‘ra o‘zgaruvchandir. Ming yil ichida madaniyat shu darajada o‘zgaradiki, bemalol u madaniy holat bilan bu madaniy holat o‘rtasidagi sifat darajasini farqlash mumkin. Bu davrda yuz bergan o‘zgarishlarga qarab hattoki bemalol, o‘zaro o‘rin almashgan madaniyat turlari va shakllarini ajratsa bo‘ladi. Shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida, parallel ravishda yashagan madaniyat turlari va shakllari ham mavjud bo‘lgan. Er. av. V asrda mavjud bo‘lgan qadimgi Gretsiya madaniyati bilan shu davrda sayyoramizning boshqa nuqtasida rivojlanayotgan madaniyat o‘rtasida farq bo‘lishi tabiiydir.
    • Xo‘sh, madaniyatning asosiy turlari qanday bo‘ladi? Ular nechta? Qaysi belgilari orqali madaniyatning bir turi ikkinchi turdan farqlanadi? Bu savollar javobi tipologiya (turshunoslik)ning asosiy mazmunini tashkil etadi.
    •  
    • Har bir hodisaning tipologiyasi (turlari)ni aniqlash murakkab jarayon hisoblanadi, biroq madaniyat tipologiyasi alohida qiyinchiliklar tug‘diradi. Xo‘sh, bular qanday qiyinchiliklar ekan?
    •  

    • Download 66.92 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling