Siydik ayirish organlarini tuzilishi
SUDRALIB YURUVCHILARNING AYIRISH SISTEMASINING TUZILISHI
Download 1.64 Mb.
|
ayirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kenja turkum.
SUDRALIB YURUVCHILARNING AYIRISH SISTEMASINING TUZILISHI
Ob'ektning sistematik holati Tip. Xordalilar - Chordata Kenja tip. Umurtqalilar — Vertebrata yoki Bosh skeletlilar - Craniata Katta sinf. To 'it- oyoqlilar - Tetrapoda Sinf. Sudralib yuruvchilar — Reptilia Turkum. Tangachalilar ~ Squamata Kenja turkum. Kaltakesaklar — Sauria (Lacertilia) Vakil. Ildam kaltakesak — Lacerta agilis L. Ayirish organlari. Bir juft kompakt tanacha shaklidagi rae-tanefrik buyrak chanoq bo'limining orqa devoriga taqa-lib turadi. Bu buyraklarning har qaysisidan bittadan siydik yo'li chiqadi. Orqa dorzal tomondan siydik yo'li, qorin—ventral to-mondan esa yupqa devorli siydik pufagi (64-rasm) kloakaga ochiladi. Юoakaning tashqi teshigi ko'ndalang yoriq shaklida. Егкак kaltakesakning jinsiy organlari. Oq rangli oval tanachalar shaklidagi urug'donlar (64-rasm) umurtqa pog'onasi bel bo'limining ikki tomonida joylashgan. Umg'donlardan bir qancha kanalchalar chiqadi va ular qo'shilib urug'don ortig'ini hosil qiladi. Urug'don ortig'i davom etib urug' yo'liga aylanadi. Urug' yo'llari kloakaga ochilish oldidan siydik yo'llariga qo'shiladi va umumiy teshik orqali kloaka bo'shlig'iga ochiladi. Urug' ortig'i tana buyrak - mezone-fros oldingi qismining qoldig'i hisoblansa, urug' yo'llari esa shu tana buyrak chiqarish yo'llari — volfov kanaliga go-mologdir. Kloakaning yonbosh devorlarida kopulyativ or-ganlar bor. Bu organlar devori qon tomirlariga boy ikkita xaltachadan iborat. Jinsiy mayl qo'zg'aganda kopulyativ organlar kloaka teshigidan tashqariga bo'rtib chiqa oladi. Bu xilda tuzilgan kopulyativ organlar faqat kaltakesaklar bilan ilonlarga xos. Erkak kaltakesakning siydik-tanosil sistemasi: l-buyragi, 2-siydik pufagi, 3-urug'doni, 4-urug'don ortig'i, 5-urug' yo'li, 6-siydik-tanosil teshigi, 7-otalantiruvchi xaltachasi, 8-kloaka bo'shlig'i, 9-to'g'ri ichagi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling