Siydik ayirish sistemasi Siydik tanosil a’zolari, apparatus urogenitalis


Qovuq devori to‘rt qavatdan iborat


Download 34.49 Kb.
bet5/6
Sana13.04.2023
Hajmi34.49 Kb.
#1355467
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ayirish sistemasi

Qovuq devori to‘rt qavatdan iborat:
1. Shilliq qavat, tunica mucosa - ichki tomondan qoplab turadi pushti rangda, harakatchan bo’ladi, bo‘sh turgan qovuqda burmalar hosil qiladi. Qovuq tubidagi qovuq uchburchagi - trigonum vesicae sohasida shilliq parda mushak pardaga yopishib turgani uchun burmalar bo’lmaydi. Uchburchakning cho'qqisida siydik chiqaruv nayining ichki teshigi - ostium uretrae internum, pastki burchaklarida esa ikkita siydik yo’li teshiklari - ostia uretere joylashgan. Shilliq qavatda qovuq bezlari - giandulae vesicalis bor.
2. Shilliq osti qavat, tela submucosa - yaxshi rivojlangan bo‘lib, shilliq qavatda burmalar hosil qiladi. Shilliq osti qavati, qovuq uchburchagi sohasida bo‘lmaydi.
3. Mushak qavat, tunica muscularis - uch qavat joylashgan silliq mushak tolalaridan iborat. Ular o'zaro aniq ajralmagan tashqi va ichki qavati bo’ylama yo’nalgan, o‘rta qavati yaxshi rivojlangan bo’lib, ko‘ndalang yo'nalishga ega. Qovuqning bo‘yin sohasida halqasimon tolalar siydik chiqaruv nayining ichki teshigi atrofida siydik chiqaruv nayini qisuvchi mushakni - m. sphincter uretrae hosil qiladi. Qovuqning mushak qavati qisqarganda a’zoni hajmi kichrayadi va suyuqlik siydik chiqaruv nayi orqali tashqariga chiqariladi. Qovuqning mushak qavati vazifasiga qarab, siydikni haydab chiqaruvchi mushak - m .detrusor vesicae deb ataladi.
4.Seroz parda, tunica serosa – qovuqni tashqi tomondan qoplagan turadi.
Siydik chiqaruv yoʼli
Аyollarda siydik chiqaruv yoʼli, urethra ferminina - siydik pufagidagi teshik - ostium urethrae internum va tashqi teshik - ostium urethrae externum orasida joylashadi. Bu nay uzunligi 2.5-3.5 sm, kengligi 8 - 12 mm, biroz bukilan nay shaklida boʼladi. U qovuq devoridagi ichki teshikdan boshlanadi va qin teshigining yuqori qismida joylashgan tashqi teshik bilan tugallanadi. Siydik chiqaruv nayining chanoq devoridan oʼtadigan qismida halqasimon shakldagi koʼndalang – targʼil mushak tolalari - m. sphincter urethrae oʼralgan boʼladi. Аyollarning siydik chiqaruv nayi devori uch qavatdan iborat:
1. Mushak qavat - tunica muscularis
2. Shilliq osti qavat - tunica submucosa
3. Shilliq qavati - tunica mucosa
Nayga shilliq bezlari - glandulae urethrales joylashadi.

Download 34.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling