Siydik haydovchi- diuretik va saluretik moddalar
Simobning organik birikmalaridan siydik haydovchi sifatida
Download 0.76 Mb.
|
SIYDIK HAYDOVCHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ksantinlardan
- Karboangidraza fermentining ingibitorlari
- Aldosteronning qarama-qarshilari
Simobning organik birikmalaridan siydik haydovchi sifatida
merkuzal, novurit, promeran qo'llanib kelingan, moddalar siydik yo'llarida ionlanadi — simob kationlari hosil bo'ladi, ular natriyning reabsorbsiyasida qatnashadigan fermentlar (suksinat degidrogenaza)ning sulfgidril birikmalarini bog'lab, natriy, xlorning qayta so'rilishini kamaytiradi va ulami organizmdan chiqaradi. Moddalar gipoxloremik alkaloz paydo qiladi, bu holatda ular qayta qo'llansa, siydik haydash xususiyati kamayib ketadi. Simob diuretiklari ta’siri sekin boshlanadi (2-4 soatdan keyin) va 24 soat davom etadi, bulardan hozirgi kunda kam zaharli promeran qo'llanadi. Ksantinlardan temisal, eufillin natriy - reabsorbsiyasini buyrak kanalchalarining distal, proksimal bo'limlarida bir oz kamaytiradi, shu bilan birga moddalar buyrak koptokchalarida filtratsiya jarayonini ham oshiradi, diuretik xususiyati boshqalarga nisbatan kamroq. Karboangidraza fermentining ingibitorlari diakarb buyrak kanalchalarining epiteliysida karboangidraza feimentini bog' lab, ko'mir kislotaning hosil bo'lishini, keyinchalik uning H va HC03 ionlariga dissotsiyalanishini kamaytiradi, vodorod ionlarining miqdori kamayadi, natriy vodorodga almasholmay, qayta so'rilmay, organizmdan chiqibketa di. Natriy bilan birga birlamchi siydik bikarbonatlari chiqib ketadi. Uzoq vaqt mobaynida qo'llanganda siydikda alkaloz, qonda esa atsidoz paydo bo'lishi mumkin. Diakarb o'rta me’yorda siydik haydaydi, modda glaukoma kasalligida ham qo'llanadi, karboangidraza ishtirokida hosil bo'ladigan ko'z suyuqligining hajmi kamayadi. Diakarb tutqanoqda hamda gidrotsefaliyada (miyada suyuqlikning to'planishi) qo'llanadi, bunda karboangidraza fermenti faolligining pasayishi tufayli orqa miya suyuqligi kamayib boradi. Diakarb og'iz orqali yuboriladi, zaharlilik miqdori kam Aldosteronning qarama-qarshilari spironolakton (veroshpiron) kimyoviy tuzilishi jihatidan mineralokortikoid aldosteronga o'xshaydi, steroiddan iborat. Kimyoviy tuzilishi yaqin bo'lgani uchun aldosteron bilan raqobatda bo'lib, uning o'mini oladi va qarama-qarshi ta’sir ko'rsatadi. Aldosteron esa organizmda buyrak kanalchalarida natriyning qayta so'rilishini, kaliyning chiqib ketishini boshqaradi. Spironolakton aldosteronga qarama-qarshi bo'lgani uchun natriyning organizmdan chiqishini oshiradi, kaliyning chiqishini kamaytiradi, natriy bilan suyuqlik ko'p ajraladi, siydik hajmi ortadi, spironolakton kaliy saqlovchi diuretik modda. Spironolaktonning ta’siri sekin 2-5 kundan keyin boshlanadi, asosan yurak va buyrak yetishmovchiligida paydo bo'lgan shishlami va assitlami davolashda qo'llanadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling