Siydik haydovchi- diuretik va saluretik moddalar


Download 0.76 Mb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1053838
  1   2   3
Bog'liq
SIYDIK HAYDOVCHI


SIYDIK HAYDOVCHI— DIURETIK VA SALURETIK MODDALAR
Siydik haydovchi moddalar besh guruhga bo'linadi:
1. Bevosita buyrak kanalchalari epetiliysiga ta’sir etuvchi moddalar.
2. Karboangidraza fermentining ingibitorlari.
3. Aldosteronning qarama-qarshilari.
4. Osmotik diuretiklar.
5. Boshqa diuretiklar.
Bevosita buyrak kanalchalari epiteliysining faoliyatiga ta’sir etuvchi moddalar kimyoviy tuzilishi jihatidan:
1. tiazid
2. antranil
3. dixlorfenoksi sirka kislota unumlariga bo'linadi.
1. Tiazidlar — gipotiazid, siklotiazid
Gipotiazid

— gipotiazid, siklotiazidlarning ta’sir mexanizmi hali oxirigacha aniqlanmagan, ma’lumotlarga ko'ra, moddalar natriyning qayta so'rilishida faol qatnashadigan fermentlarni falajlab, natriyning qayta so'rilishini kamaytiradi, natriy, uning ketidan suyuqlik organizmdan chiqib ketadi.
Tiazidlarning siydik haydash ta’siri 30-60 daqiqadan keyin boshlanib, 8-12 soat davom etadi. Siklotiazidning diuretik ta’siri dixlotiaziddan ancha ustunroq.
Antranil, dixlorfenoksi — sirka kislotalar unumlari
Furosemid
etakrin kislota
Furosemid
Uning gipotenziv xususiyati bor, miya, o'pka shishida hamda dori moddalar bilan zaharlanganda qo'llanadi, enteral hamda parenteral yo'llar orqali yuboriladi.
Og'iz orqali yuborilganda furosemidning ta’siri tez boshlanib, 4-8 soat davom etadi, parenteral yo'llar orqali mushaklar orasiga, ko'proq venalarga ham yuboriladi.
Venaga yuborilganda ta’siri juda tez boshlanib, 1,5-3 soat davom etadi, furosemid reanimatsiya holatlarida qo'llanadi.

Klopamid— brinaldiks kimyoviy tuzilishi, ta’siri bo'yicha furosemidga o'xshaydi, kuchli natriyuretik ta’sirga ega, diuretik ta’siri 4-5 soatdan keyin boshlanadi, 8-12 soat davom etadi, antigipertenziv ta’sirga ega.

Etakrin kislota — uregit boshqa diuretiklar ta’sir qilmaganda qon tomir, buyrak yetishmovchiligi tufayli paydo bo'lgan shishlarda, miya, o'pka shishida qo'llanadi. Etakrin kislotani enteral hamda parenteral yo'llar orqali yuborish mumkin, davomli qo'llanganda gipokaliemiya, gipoxloremik alkalozni yuzaga keltirishi mumkin.
Zararli ta’sirlari furosemidga nisbatan ko'proq: bosh aylanishi, dispepsiya, diarreya, eshitish qobiliyatining pasayishi kuzatilishi mumkin.


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling