Siydik haydovchi- diuretik va saluretik moddalar


Download 0.76 Mb.
bet3/3
Sana24.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1053838
1   2   3
Bog'liq
SIYDIK HAYDOVCHI

Kaliy saqlovchi moddalar
triamteren (pterofen)
buyrak kanalchalarining distal tomonida natriy ionlarining qayta so'rilishini kamaytiradi, sekretsiyani oshiradi, natriy organizmdan chiqib ketadi; kaliy ionlari sekretsiyasini kamaytiradi, ular organizmda saqlanadi.
Triamterenning o'zini va organizmdan kaliyni ajratuvchi boshqa diuretiklar bilan birga qo'llash mumkin, bu modda qo'llanganda atsidoz, alkaloz holatlari bo'lmaydi, qonda kaliy miqdorining oshishi — giperkaliemiya kuzatilishi mumkin.

Osmotik diuretiklar: mannit, mochevina buyrak kanalchalariga yetib borishi uchun yuqori konsentratsiyada venaga yuboriladi, osmotik bosimni oshirib, suyuqlikning, oz miqdorda natriyning qayta so'rilishini kamaytiradi, ular organizmdan chiqib ketadi. Asosan suyuqlikni organizmdan chiqargani uchun ular degidratsion moddalar deb ataladi.
Boshqa diuretiklar, bular qatoriga kislota bosil qiluvchi moddalar — ammoniy xlorid hamda o‘simliklar kiritiladi.
Qonda ammoniy xloriddan (NH4C1), ammiak, vodorod va xlor ionlari hosil bo‘ladi, jigarda ammiakdan mochevina hosil bo'ladi. Vodorod va xlor bikarbonatlar bilan jarayonga kirishib, ko'mir kislota hosil bo'ladi, natriy va xlor ionlari buyrak orqali chiqib ketadi, siydik ajralishi oshadi; o'rta me’yordan ham kamroq diuretik ta’sir ko'rsatadi.
Ko'pincha alkaloz paydo qiladigan diuretiklar bilan qo'llanadi. 1 yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llanmaydi, chunki ularda ammiakni o'zlashtiradigan jigar fermentlari hali yaxshi rivojlanmagan bo'ladi.
Ko'pchilik dorivor o'simliklar o'rta me’yorda diuretik ta’sir ko'rsatadi, asosan ular damlama va qaynatma holida qo'llanadi.
Qirqbo‘g ‘im o ‘tlari, oddiy toloknanka barglari, qayin kurtagi va boshqalar siydik haydovchi vosita sifatida qo'llanadi; yig'malar — buyrak choyi, qovoq, lavlagining ham siydik haydash xususiyati bor, ular zaharli emas, vitaminlar va boshqa organik moddalarga boy.
O'simliklaming diuretik ta’sir mexanizmi hali oxirigacha aniqlanmagan, qayta-qayta qo'llanganda ulaming siydik haydash xususiyati ta’siri kamayib boradi, ularga nisbatan tolerantlik paydo bo'ladi.
Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling