3. Davlatning jamiyatdagi yutuq va muammoalari. XXI asrning boshidan Rossiya Federatsiyasidek ulkan davlatni boshqarib kelayatgan Rossiya Prezidenti V. Putin mamlakatning xalqaro maydondagi rolini oshirish, qo’shni va chet davlatlar bilan do’stona aloqani mustahkamlash, iqtisodiy, siyosiy, harbiy, ijtimoiy va boshqa sohalar bo’yicha mamlakat darajasini rivojlantirish doirasida katta ishlarni qilib otmoqda. Nafaqat, tashqi, balki mamlakat ichidagi ahvolni ham tiklashga erishdi deb aytish mumkin. Aholining turmush darajasi, savodxonlik, eng ka m ish haqi, oylik maoshlari darajasi yuqori bo’lib, mamlakat aholisining katta qismi qashshoqlik nima ekanligini bilmaydi. Rus xalqining o’zi davlatdagi yuqori mansab darajalari, hokimiyat va iqtisodiy va boshqa sohalarda malakali ishchi bo’lishsa, mamlakatdagi “qora ishlar”ning katta qismini chetdan, jumladan, Markaziy Osiyo, Kavkaz xalqlaridan bolgan qonuniy va noqonuniy immigrantlar amalga oshiradilar. Bugungi kunda jamiyatdagi muammolarga kelsa, fikrimcha, ko’p Yevropa davlatlari kabi tug’ilish sonining kamligi deb o’ylayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |