4. Mamlakatda dinning ta’siri va davlat tomonidan dinga bo’lgan munosabat. O’rta asrlardan buyon Rus millatining asosiy dini xristianlikning provaslav oqimi hisoblanadi. O’sha davrdagi slavyan xalqlarining katta qismi ushbu oqimda bo’lishgan. Hozirgi kunda ham Rossiya Federatsiyasida xristianlar (asosan pravoslavlar) katta qism aholini tashkil etadi. Bundan tashqari musulmonlar, yahudiylar, duddaviy aholi ham mavjud.
Bugungi kunda Rossiyaning G’arbiy Yevropa davlatlari bilan izchil hamkorlik, do’stona munosabatning yo’lga qoyilishiga boshqa to’siqlar ham ko’p, ammo shulardan biri sifatida etnik kelib chiqish, diniy oqimdagi tofovutni ham aytib o’tish joiz. Rossiya Federatsiyasi juda ham dunyoviylashgan davlatlar sirasiga kirganligi sababli din davlatning muhim bo’lgan sohalarida katta ta’sirga ega emas deb aytushimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |