Siyosatining rolini oshirish masalalari


Oriental Renaissance: Innovative


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1584990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
o-zbekiston-bank-sektorini-rivojlantirishda-dividend-siyosatining-rolini-oshirish-masalalari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
275 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
likvidlilik darajasi yuqori darajada deb ayta olmaymiz. SHuningdek, bozor 
operatsiyalari ham doimiy amalga oshirilishi va aksiyalar narxining shakllanishida 
asosiy omil bu to‘langan dividend miqdori hisoblanadi. 
Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida banklar dividendlarni to‘lashga 
emas, balki o‘z oldida turgan kapital etarliligi bilan bog‘liq jiddiy muammoni hal 
etish uchun qayta emissiya qilish masalalariga e’tibor qaratishlari maqsadga muvofiq. 
CHunki, xususiy kapitalning asosiy manbasi sifatida ustav kapitalini oshirib borishi 
bank aksiyalariga mahalliy va xorijiy investorlarning doimiy qiziqishga olib keladi. 
Aks holda, banklarning moliyaviy holati yomonlashishi va aksiyalarning likvidligi 
pasayishi, bu esa fond bozori va bank tizimining rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi. 
Bugungi kun amaliyotida birlamchi bozorda banklarning aksiyalariga bo‘lgan 
talabning pastligi va aksiyalarni nominalidan yuqori narxlarda sotish imkoni yo‘qligi 
banklar oldidagi salbiy holatlardan biri hisoblanadi. 
Qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanib borayotgan mamlakatlarda banklarning 
ikkilamchi bozordagi aksiya kursi ushbu banklarning olib borayotgan samarali 
dividend siyosatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu holatda dividendlarni yuqori darajada 
to‘laydigan banklarning ikkilamchi bozordagi kursi judayam baland yoki bunday 
aksiyalarni sotib olishni imkoni yo‘q. Aksincha minimal miqdorda dividend 
to‘laydigan banklarning ikkilamchi bozordagi aksiya kursi ma’lum muddat 
nominalidan yuqoriga umuman ko‘tarilmaydi. 
XULOSA 
Bank sektorini rivojlantirishda dividend siyosatining rolini oshirish maqsadida 
olib borilgan o‘rganishlarimiz asosida quyidagi xulosa va amaliy takliflar 
shakllantirildi: 
Birinchidan, bugungi kunda tijorat banklarining aksiyalari va ulardan 
kutiladigan daromadlar to‘g‘risidagi tushunchalarni oddiy ommaga oddiy va sodda 
uslubda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushuntira oladigan malakali mutaxasislar bilan ta’minlash, 
buning uchun yuqori tajribaga ega mutaxasislarni jalb qilish lozim. 
Ikkinchidan, tijorat banklarining doimiy ravishda dividendlar to‘lashlari 
qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yo‘li bilan kapital jalb qilish orqali moliya bozoridagi 
mavqeini yaxshilashi va muntazam dividend to‘lovlari orqali investorlarni 
qiziqtirishlari, IPO uchun investitsion jozibadorlikni yuzaga keltirishda asosiy rolni 
o‘tab berish, boshqa banklar tomonidan birlashtirishlar va qo‘shib olishlarda himoya 
vositasi kabi afzalliklarni beradi. 
Uchinchidan, bank tizimi oldida turgan muhim masalalardan biri bo‘lgan 
davlat ulushi mavjud tijorat banklarini xususiylashtirish va transformatsiya 
jarayonlarini samarali tashkil etish hamda o‘z ulushini chet el investorlariga sotish 



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling