Siyosiy diskursda metafora
Download 153.64 Kb. Pdf ko'rish
|
Siyosiy diskursda metafora
Siyosiy diskursda metafora F.J. Yakubov SamDuKF gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchisi Diskurs ikki ma’noni anglatadi: diskurs bu ma’lum sharoitlarda aktuallashadigan matn va diskurs amaliyoti sifatidagi diskurs. Diskursda ham umumiy, milliy, ham individual, xususiy sifatida madaniyat, mentalitet aks etadi. Siyosiy diskurs – “siyosiy munozaralarda ishlatiladigan barcha nutqiy aktlar jamlanmasidir” (12:55). Bizning faoliyatimiz tushunchalarimizga oid bo’lgan tizimlar bilan shartlangandir. Jon Lakoff va M. Jonson ishonarli qilib isbotlashgan ediki, “Metafora bizning kundalik hayotimizdadir, u faqat tilimizda emas, harakatlarimizda ham aks etadi” (8:387). J. Lakoffning “Metaphors we live by” (biz bilan birga yashaydigan metaforalar) kitobi tilshunoslarning e’tiborini insonning dunyoni metaforik anglash tizimiga qaratdi. Ijtimoiy reallikning katta qismi ma’lum bir sotsium a’zolari tomonidan qabul qilingan tayanch metaforalar orqali tushuniladi. Metaforik tushuncha inson faoliyatini qanday tashkil etishi haqida tasavvur uyg’otish uchun J. Lakoff va M. Jonson bahs bu urush metaforasini ko’rib chiqadilar. Bu konseptual metafora kundalik hayotdagi ko’p sonli ifoda, iboralarga tayangan holda aytilgan. Bizlar bahs-tortishuvlar haqida urush terminlari bilan gapiribgina qolmay, bahsda g’olib yoki mag’lub bo’lishimiz, opponentga raqib sifatida qarashimiz, uning pozitsiyalariga hujum qilishimiz va o’zimiznikini himoya qilishimiz mumkin. “Bahslarda bizning real qiladigan ishimizning ko’p qismi ko’p hollarda urushga oid terminlarda tushuniladi” (8:388). “Bahs bu raqsdir” bazaviy metaforasiga ega tasavvuriy madaniyat egalari bahsni sheriklarning uyg’un va chiroyli harakatlari sifatida qabul qila oladilar. Metaforalar bir tushunchani boshqa tushuncha terminlarida tushuntira oladi, lekin, reallikni metaforik jihatdan tartibga solish bu hollarda keng ko’lamli emas, balki qisman xarakterga ega” (8:395). Metafora bir tushunchani fikrlashga yordam berib, boshqa ba’zi aspektlarini xiralashtiradi: raqibni dushman sifatida qabul qilib, bahsda hamkorlikni unutish mumkin. Orientatsiya (mo’ljalga olish) metaforasida boshqa tizimlar terminlarida tushunchalarning butun bir tushunchalar tizimi tashkil etiladi (8:396), masalan, kuchga, hokimiyatga ega bo’lish – yuqoriga mo’ljal beradi, kuchga bo’ysunish esa -pastga orientatsiya beradi”. Fizik ob’ektlar bilan bog’liq, ya’ni voqealar, harakatlar, hissiyotlar, g’oyalar va hokazolarni tushuntirish usullari bilan bog’liq tajribalar ontologik metaforalar asosini tashkil etadi (8:408). Inflyatsiyaga mustaqil tabiatli so’z deb qarash, u haqda o’ylab fikrlash, uni miqdoriy tasniflash, uning u yoki bu aspektini ajratish, harakatlarimizda uni e’tiborga olish yoki o’z hatti- harakatlarimizda uning tabiatini tushunayapmiz deb tasavvur qilishga izn beradi. Shunday qilib, metaforalar mavhum tushunchalar haqida tasavvurlar yaratadi, tafakkurimizga tabiiy va chuqur kirib boradi, “ichki dunyo olamining aniq, to’g’ridan-to’g’ri tasviri” (8:412) deb tushuniladi, lekin bunda metaforalar fikrlash, borliqni bilish usulini aniqlaydi. Shu sababdan metaforalar matn rivojlanishida ishtirok etadilar. Konseptual metaforalar yordamida mafkuralashgan matnning tug’ilishi (paydo bo’lishi) E. Lassanning monografiyasida tasvirlangan. Diskursning oppozitiv qurilish g’oyasini qabul qilgan holda, chunki u inson fikrlashining qarama-qarshilik xususiyati bilan bog’langan, E. Lassan matnning eng sodda turidan eng murakkab tuzilishigacha bo’lgan strukturasini ko’rib chiqadi. Birinchi daraja asosi sifatida ongning binar (ikki) qarama-qarshiligi ko’rinadi. Matnda oppozitsiya (qarama-qarshilik) ajralish tartibi ijtimoiy kontent tahliliga asoslanadi. Muhimlik darajasi uning diskursda qo’llanilishi miqdori bilan qiyoslanadi. Matnda oppozitsiyalarning borligi “qarama-qarshi tushunchalar nominatsiyasining yetarli darajada tez-tez uchrashi” bilan belgilanadi (8:44). Maqolada 60-yillarda rus siyosiy diskursini xarakterlovchi quyidagi oppozitsiyalar ko’rsatilgan: kommunizm-antikommunizm, patriotizm-antipatriotizm, kollektivizm- Download 153.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling