Siyosiy diskursda metafora


Download 153.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana18.03.2023
Hajmi153.64 Kb.
#1280347
1   2   3   4
Bog'liq
Siyosiy diskursda metafora

ma’naviyatsizlik va iqtisodiy maqsadga muvofiqlik – maqsadga muvofiq 
emaslik (8, 105). 
60-yillardagi metaforalarning amal qilishi va ularning siyosiy diskurslar 
paydo bo’lishidagi rolini tahlil qilgan E. Lassandan farqli ravishda A.N. 
Baranov va Yu.N. Karaulov (15) zamonaviy rus jamiyati bilan birga 
“yashayotgan” kognitiv metaforalarni o’rganishadi. 
A.N. Baranov siyosiy diskursda metafora amal qilishini o’rganishga qiziqish 
o’yg’otadigan yo’nalishni o’rganadi (8, 189). Eng avvalo, siyosiy 
argumentatsiyadagi metaforaning roli (8,189).
Metafora predikat pozitsiyasiga yo’nalgan, uning uchun asosiysi ob’ektlar 
identifikatsiyasi emas, xarakterlash (tasniflash) funksiyasi (2:154), metafora 
“sud jarayonisiz sud hukmi” (3:28). Izohlarsiz hukm. Garchi bu (to’g’ri 
ma’nodagi) sud hukmi bo’lmasa-da, uni aynan shunday tushunishadi. N.D. 
Arutyunova ta’kidlaydiki, “tasniflash xatolari”ga bo’lgan hech bir havola 
metaforalarning kuchini zaiflashtirmaydi. Ivan Ivanovich Pererepenko, uni 
“g’oz” deb atashganida o’zining tug’ilish guvohnomasida dvoryan deb qayd 
etilganligini ko’rsatishga behuda urindi, chunki g’oz baribir odam emas, u 
qushdir” (3:8). 
Shuning uchun, diskursda metaforaning ishlatilishi uchun muloqot 
qatnashchilari o’rtasida qandaydir kelishuv bo’lishi kerak, ulardan biri manba 
freym va butun freymning notengligi, o’xshamasligi, qayta qurish kemasi  
metaforasidan qayta qurish bu kema degan fikr kelib chiqmaydi (5: 189). Bu 
shartning buzilishi - argumentativ ta’sirning asosiy usuli. 
Metaforalar borliqni bilish usuliga ta’sir qilib, “agitatsiya quroli” ga 
aylanadi (9: 92), buyoqlarni qo’llash bilan o’z mualliflarining haqiqiy yoki 
kon’yuktur qarashlariga to’g’ri keladigan jamoat-siyosiy landshaftni 
yaratadilar. Rus matbuotining 1986 – 1994 yillardagi nashrlariga tayanib, I. 
Kojenevska-Berchinskaya 
metaforalarni 
guruhlaydigan 
so’z-simvollar 
ro’yxatini keltiradi: lomka, konfrontatsiya, siloviye metodi, utopiya, krizis, 
bolezn, demokratiya, biznes, rinok, reforma, borba-pobeda (9: 96). 


A.N. Baranov tomonidan ikkinchi yo’nalish deb nomlangan tadqiqotlarning 
yo’nalishi bu metaforalarning diskurs taqdiri. “Siyosiy diskursda metaforalar 
diskursning eng ko’p havola (sitata) qilinadigan tarkibiy qismi, u nafaqat 
muhokama mavzusini, balki oldindan bahosini ham beradi” (5: 189). 
Shuni e’tiborda tutish kerakki, “nutqiy shtampning ideologik muammosi 
ijtimoiy ongning miflashtirilishi bilan bog’liq. Nutqiy stereotiplarda jamlangan 
ideologik miflar ijtimoiy ongni manipulyatsiya qilishda vosita bo’lib xizmat 
qilgan va xizmat qiladi” (14: 106).
Tadqiqotlarning uchinchi yo’nalishini A.N. Baranov “siyosiy metafora va 
siyosiy diskurs” deb atadi (5: 190). Parlament debatlari haqidagi ishlarning 
mualliflari zamonaviy rus siyosiy diskursining metaforik ekanligini butunlay 
tabiiy deb hisoblaydi, chunki metaforaning kognitiv kuchi yechimni izlashda 
uni instrumentga aylantiradi (6:16). Metafora krizisli fikrlash elementi, 
muammoli vaziyatlarda fikrlash elementi, va shuning uchun ular “ krizisdan 
chiqishning ko’p yo’llarini beradi, keyinroq siyosatchilar qaror qabul qilish 
jarayonida ularni ko’rib chiqadilar” (5: 190).
A.N. Karaulov va Yu. N. Karaulov konseptual metaforaning rus 
siyosatchilari axloqiga ta’sirini tasvirlaydilar, davom etayotgan urush metaforik 
maydoninining 
ijtimoiy 
ongga 
bosimi 
sotsiumni 
metaforalarni 
moddiylashtirishga olib boruvchi harakatlarga tayyorlaydi (7: 15-16). Rus 
siyosiy metaforalar lug’atining birinchi nashri ikki qismga bo’lingan. Birinchi 
qism “Siyosiy reallikning metaforik modellari” da metaforalarning semantik 
birikishi keltiriladi va har bir metaforaning qaysi reallikka mos kelishi 
ko’rsatilgan. Masalan, urush va o’yin metaforalari urush, moliyaviy va qonun 
chiqarish faoliyati bilan mos keladi (15:17-19, 39). Mexanizm metaforalari – 
iqtisodiyot, davlat, moliya, demokratiya, oshkoralik, qonun chiqarish, armiya, 
jamiyat, qayta qurish, repressiyalar bilan, organism metaforalari iqtisodiyot, 
bosor, davlat, tarix, siyosiy faoliyat, hukumat, jamiyat, vijdon bilan bog’langan 
(o’sha yerda, 58). Lug’atning ikkinchi qismi “Metafora ko’zgusidagi siyosat 
dunyosi” – onomasiyologikdir; u qanday konseptlar va sub’ektlar (masalan, 


demokratiya, qonunchilik, KGB, SSSR, siyosiy liderlar) metaforlashishi 
mumkinligini ko’rsatadi. 
To’rtinchi yo’nalish “Siyosiy metaforika siyosiy madaniyat faktori sifatida” 
umumiy nutq madaniyati bilan, argumentatsiya madaniyati bilan bog’langan (5: 
190-191). 
Siyosiy diskurs zamonaviy rus ijtimoiy ongida ko’p hollarda oppozitsiyalar 
bilan berilgan. Yangi qadriyatlarni tushunish va eskilarini qayta baholash, 
odatda kognitiv metaforalar yordami bilan amalga oshiriladi. Bu siyosiy 
diskursning haddan ortiq metaforlashishiga olib keladi. 

Download 153.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling