Siyosiy-ijtimoiy notiqlik


Download 273.89 Kb.
bet3/3
Sana27.03.2023
Hajmi273.89 Kb.
#1300733
1   2   3
Bog'liq
Siyosiy-ijtimoiy notiqlik

Epidemiya tarqalgan mamlakatlar kasallikni toʻxtatishda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelishdi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga koʻra, 24-sentabrda kasallik tarqalgan hududda 2 122 bemor uchun oʻrin yetishmasdi. Baʼzi yerlarda mahalliy aholi hukumat va shifoxonalardan hadiksiray boshladi. Ayrim shifoxonalar kasallik yolgʻondan oʻylab topilgan yoki uni shifoxonalar tarqatgan deb ishonuvchi kishilar hujumiga uchradi. Epidemiya keng tarqalgan koʻpgina yerda aholi oʻta qashshoq yashaydi va ularga kasallik tarqalishining oldini olish uchun sovun va toza suv yetishmaydi. Bundan tashqari, anʼanaviy tibbiyotga ishonish va halok boʻlganlar jasadini yuvish kabi udumlar ham epidemiya bilan kurashishni qiyinlashtirmoqda. Baʼzi shifoxonalarda dori-darmon va ishchi soni yetarli emas. Buning natijasida davolovchilarning kasallanish xavfi yuqori boʻlib qolmoqda. Avgust oyida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti halok boʻlganlarning 10 %i tibbiy xodimlar ekanligi haqida xabar berdi.

Avgust oyining oxiriga kelib Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bunchalik koʻp tibbiy xodimning halok boʻlishi kurashayotgan mamlakatlarni chet ellik ishchilar bilan yetarlicha taʼminlashni qiyinlashtirayotganini bildirdi.

Gʻarbiy Afrikadagi Ebola epidemiyasi

Gʻarbiy Afrikadagi Ebola epidemiyasi

Sentabrda hududda ish olib borayotgan eng katta nodavlat tashkilot Médecins Sans Frontières xalqaro jamiyatning kasallik bilan yetarlicha kurashmayotganini tanqid qildi. Tashkilotning prezidenti BMT aʼzolari yordam koʻrsatmayotgani haqida gapirib, „Tarixdagi eng yomon Ebola epidemiyasi boshlanganidan olti oy oʻtib jahon uni toʻxtatish uchun boʻlgan kurashda magʻlub boʻlayapti“, — dedi. BMTning maxsus vakili Gʻarbiy Afrikadagi Ebola epidemiyasini olti oydan toʻqqiz oygacha boʻlgan muddatda toʻxtatish mumkinligini, ammo buning uchun keng koʻlamda ish olib borish kerakligini aytdi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti boshchisi Margaret Chan epidemiyani „biz koʻrgan eng katta, eng murakkab va eng ogʻir“ deb taʼrifladi va „epidemiya uni toʻxtatishga qaratilgan saʼy-harakatlardan oʻzib ketayapti“, — dedi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 26-sentabrda eʼlon qilgan bildirishida „Gʻarbiy Afrikaning baʼzi yerlarini vayron qilayotgan Ebola epidemiyasi bizning zamonda roʻy bergan kishilar sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi eng jiddiy favqulodda hodisadir“ deb taʼkidladi.


Download 273.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling