Siyosiy liderlik intellektual salohiyati yuqori, tashkilotchilik qobilyatlari va


Download 156.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana16.02.2023
Hajmi156.79 Kb.
#1204521
1   2
Bog'liq
Siyosiy liderlik

Siyosiy yetakchilik turlari. Bugungi davr politologiya fanida siyosiy liderlar 
u yoki bu mezonlarga ko‘ra turlicha tavsiflanadi. Bunda, yetakchi shaxsning qo‘l 
ostidagilariga nisbatan munosabatiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 
❖ 
Demokratik yetakchilikda  rahbaro‘z qo‘l ostidagilarning manfaat va 
fikrlarini hisobga oladi, ularni boshqaruvga tadbiq etadi. 
❖ 
Avtoritar yetakchilik esayakka o‘z manfaatlarini ustun qo‘ygan holda 
taqiqlovchi choralar, vkuch ishlatishni anglatadi
Yetakchilikning klassik uslubda hisoblashning esa uch turi mavjud bo‘lib, 
uni
M. Veber
ning “Siyosat – ham mayl, ham kasb sifatida” maqolasida bergan 
ligetim hukumronlikning uch ko‘rinishidan keltirib chiqariladi. 
➢ 
An’anaviy yetakchilik . Yetakchilikning bu turi an’analar, 
marosimlar, odat kuchi kabi mexanizmlarga tayanadi. Itoat qilish odati 
an’analarining muqaddasligiga va hokimiyatning meros tariqasida o‘tishiga 


asoslangan yetakchilikning bu turi dohiylar, oqsoqollar, shohlar boshqaruvi uchun 
xosdir. 
➢ 
Xarizmatik yetakchilik. Yetakchilikning bu turiga M. Veber 
inqiroz davrida jamiyatni inqilobiy tarzda yangilashning muhim harakatlantiruvchi 
kuchi sifatida qaraydi. Chunki yetakchilikning bu turi hukmdor — yetakchining 
qudratiga nisbatan xalqning ning cheksiz ishonchiga asoslangandir. Ommaning 
fikricha, rahbarlik uchun alohida xislatlar, buyuk sifatlar, g‘ayrioddiy qobiliyatlarga 
ega bo‘lgan xarizmatik yetakchilar xalqni ijtimoiy yangilanish vazifalarini 
yechishga safarbar eta oladilar. Aslida esa yetakchining individual sifatlari uning 
xarizmasi shakllanishida ikkinchi darajali rol o‘ynaydi. Masalan, Lenin, Stalin, 
Gitler, 
Mao Szedun, Kim Ir Sen, Fidel Kastrolar xarizmatik yetakchilar bo‘lishgan
1

 
1
Odilqoriyev X. T.,Razzoqov D. X. – Siyosatshunoslik. –T.:O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati 
nashriyoti, 2009. – 183-b. 

Download 156.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling