Siz ielts sertifikatini olishingiz uchun asosiy sabab nima?


Download 14.55 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi14.55 Kb.
#1518921
Bog'liq
Hujjat


Savollar:


  1. Siz IELTS sertifikatini olishingiz uchun asosiy sabab nima?

Ingliz tiliga qiziqishim avvaldan bor. Lekin tahminan bir yarim yil avval tanlaydigan kasbimda eng yaxshisi boʻlishim, yaxshi universitetda oʻqishim, kasbim boʻyicha katta maʼlumotlar bazasiga ega boʻlishim uchun ingliz tilini mukammal o’rganishim kerakligini anglab yetganman va IELTS buni isbotlash uchun yaxshi alternativ edi.

  1. Imtihonga tayyorgarlik jarayonida qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz?

Avvaliga yaxshi ustoz topishga qiynaldim, natijada oʻzimda o’sish his qilmadim. Yaxshi metod va tajribali oʻqituvchida o’qiyotganimda esa vaqti vaqti bilan demotivatsiyaga tushib qolar edim va inson sifatida buni his qilish tabiiy. Shunchaki harakat qilishni davom ettirish kerak.

  1. Imtihon javobini koʻrgandagi ilk holatingiz?

Biroz balandroq ball kutayotgan edim, lekin baribir xursand boʻldim, inson qilgan mehnatidan ozgina koʻp ham kam ham olmasligini yana bir marta his qildim.

  1. IELTS imtihoniga tayyorlanish qarorizga yaqinlariz orasida qarshiliklar boʻlganmi?

Yoʻq, hech qachon

  1. Oʻquv markazi yoki ustoz tanlashda qiynalganmisiz?

Ha, toʻgʻri metod qo’llaydigan tajribali ustoz toapish juda qiyin boʻlgan

  1. Qilgan mehnatiz bilan solishtirganda natijangiz siz uchun qoniqarlimi?

Deyarli ha.

  1. Tasavvur qiling siz Angliya va AQSH universitetlaridan biriga grant yutib oldingiz. Ikki universitet grant mablagʻi miqdori bir xil. Qaysi davlatda oʻqishni afzal koʻrasiz?

Angliya

  1. 100 mln soʻm pul yoki SAT dan yuqori balli sertifikat?

100 mln soʻm

  1. Muvaffaqiyatli karyera yoki baxtiyor oila? Qay birini tanlaysiz?

Oila

Savollar:
Download 14.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling