Siz informatika va axborot texnologiyalarini fani ta’lim tizimiga kirib kelishi va rivojlanishi tarixi haqida ma’lumot


Download 313.96 Kb.
bet24/61
Sana04.11.2023
Hajmi313.96 Kb.
#1745724
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61
Bog'liq
Siz informatika va axborot texnologiyalarini fani ta’lim tizimig-fayllar.org

"Rolli o’yinlar"
Rolli o’yinlar metodining mohiyati shundan iboratki, unda o’quvchilar boshqa kishining qiefasiga kirib, harakat qiladilar. O’yinda o’quvchilarga asosan tugallanmagan vaziyatlar beriladi. Ular qaror qabul qilishlari, muammoli holatlarni bartaraf etishlari yoki taklif etilgan vaziyatlarni nihoyasiga yetkazishlari kerak bo’ladi.
Rolli o’yinlar o’quvchilarda boshqalarni tushunish, ularga xayri-xohlik qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi. Boshqalar rolini o’ynash orqali, uning nuqtai nazarini tushunish oson, hatto uning nimalar haqida o’ylayotgani va sezayotganini ham. Rolli o’yinlar o’quvchilarga turli vaziyatlarda o’zini tuta bilishning modellarini berishi mumkin.
Darslarda rolli o’yinlarni qo’llash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi.
1. O’yin vaziyatlarini tanlash. Rolli o’yinlarga material bo’lib xizmat qiladigan ko’plab vaziyatlar mavjud. Ular individual qiyinchiliklarni (internet xizmati provayderi bilan muloqat qilish) va konfliktni hal qilish vaziyatlarini (dasturiy mahsulot buyurmachisi bilan bahs) o’z ichiga oladi. O’yinlar maxsus savollar yoki muammolarni hal etishda qo’llanilishi mumkin. Masalan, yosh bolalarga internet tarmog’ining barcha ma’lumotlariga kirishga ruxsat berish kerakmi yoki yo’qmi? degan savolga javob topishda o’yin metodidan foydalanish mumkin.
2. Tayyorlash. O’quvchilar vaziyat yoki muammo bilan tanishadilar va ular o’rtasida rollar taqsimlanadi.
3. Ishtirokchilarni tanlash. O’qituvchi rolga o’quvchilarni o’zi tanlashi, guruhda o’zlari taqsimlashlariga imkon berishi yoki xohlovchilarni taklif etishi mumkin. O’quvchilar o’z sinflari oldida chiqish qilishlari yoki bir vaqtning o’zida kichik guruhlarda ishlashlari mumkin. Rolli o’yinlarda ishtirok etmayotgan o’quvchilar kuzatuvchi bo’lishlari yoki boshqa rolni o’ynashlari mumkin.
4. O’yinni o’tkazish. O’quvchilar o’yin doirasida o’zlarini tutish usulini o’zlari tanlaydilar. Bunda, albatta, belgilangan vaziyatda inson o’zini qanday tutishi mumkinligi asos qilib olinadi. O’yinning borishiga o’qituvchi aralashmasligi lozim. Agar o’yinda muammoli vaziyatga duch kelinsagina, unga turtki berish maqsadida aralashishi mumkin. SHunda ham aralashuv qisqa, aniq va ravshan bo’lishi kerak. Ayrim hollarda o’yin tugagandan keyin rollarni almashib, yana bir bor takroran o’tkazish foydadan holi bo’lmaydi.
5. Muhokama. O’yin muhokama qilinishi va baholanishi kerak. Muhokama uchun quyidagi savollarni berish mumkin:
  • Siz nimalarga o’rgandingiz?


  • O’yin bo’yicha va har bir rol bo’yicha nimalarni his etayapsiz?


  • O’yin realistik bo’ldimi?


  • Qo’yilgan masala hal etildimi? Agar hal etilgan bo’lsa, qanday hal etildi? Agar hal etilmagan bo’lsa, nima uchun?





Download 313.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling