Siz informatika va axborot texnologiyalarini fani ta’lim tizimiga kirib kelishi va rivojlanishi tarixi haqida ma’lumot


Download 313.96 Kb.
bet44/61
Sana04.11.2023
Hajmi313.96 Kb.
#1745724
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61
Bog'liq
Siz informatika va axborot texnologiyalarini fani ta’lim tizimig-fayllar.org

Bu mavzuda siz umumta’lim maktablariga kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim tizimini kirib kelishi tarixiy bosqichlari va davlat ta’lim standartining mazmuni. Ta’lim darajasi. O‘quvchilarning tayyorlanish darajasini standart aniqlaydigan va uni baholaydigan tizimga qo‘yilgan talablar. O‘quvchilarning bilimini nazorat qilish shakl va usullari, ularning tahlili haqida tushunchalarga ega bo’lasiz.
Jamiyat rivojlangan sari kadrlar salohiyati oshirishgabo‘lgan talab ham ortib bradi. XX asrda o‘qish, yozishni bilmaydigan odamni “savodsiz” deyishsa, XXI-asrga kelib o‘qib-o‘rganganlarini amalda qo‘llay olmaydigan odamni “savodsiz” deyish mumkin. Bu esa ta’lim tizimini kompetensiyaviy yondashuv asosida olib borishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi xizmati va Vazirlar Mahkamasi ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommuni-katsiyalari kompleksining 2010 yil 17 martdagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida davlat ta’lim standartlarini bajarish va o‘quvchi, talabalarning bilim sifati ko‘rsatkichlari to‘g‘risida”gi 07-1-12 sonli qo‘shma yig‘ilishi bayonida belgilangan vazifalar asosida ishlab chiqilgan vazirlikning “Xalq ta’limi tizimi faoliyatini mazmunan takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar”ga muvofiq navbatdagi vazifa o‘zgartirilgan mavzularni o‘qitish uchun ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tanlash, ularni joriy etish mexanizmini shakllantirish va amaliyotga tatbiq etish, natijalariga ko‘ra ta’lim sifatini monitoringini amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
SHu bilan birga ayrim yo‘nalishlarda samarasi yuqori bo‘lmagan holatlar mavjudligi aniqlandi. Jumladan, chet tillarini o‘qitish an’anaviy ravishda, ilg‘or axborot-kommunikatsion va media-texnologiyalarni qo‘llamasdan o‘qitilayotganligi, bu esa zamon talabiga javob bermasligi O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “CHet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-1875 raqamli qarorida o‘z aksini topdi. SHunga ko‘ra, mazkur qaror asosida tadbirlar rejasi ishlanib, unda mavjud o‘quv rejasi va dasturlarni “CHet tillarini egallashning Umumevropa kompetensiyasi” ga mos ravishda qayta ishlanishi belgilab berildi. Mazkur qaror asosida barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2013/2014 o‘quv yilidan boshlab 1-sinfdan chet tilini o‘rganish boshlandi.
Uning o‘quv rejasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi va ta’lim standarti, o‘quv dasturi kompetensiyaviy yondashuv asosida yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2013 yil 4 iyundagi “Umumta’lim fanlari bo‘yicha uzluksiz ta’limning Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga asosan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan 16 ta umumta’lim fanlari bo‘yicha amaliyotchi o‘qituvchilar, metodistlar va etakchi olimlardan iborat ijodiy guruhlar tuzildi. Ijodiy guruhlar rivojlangan davlatlarning ta’lim standartlarini o‘rganish natijalaridan hamda mamlakatimizda xorijiy tillardan uzluksiz ta’lim tizimining Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish tajribasidan kelib chiqib, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan umumta’lim fanlari bo‘yicha uzluksiz ta’limning Davlat ta’lim standartlari(DTS) va o‘quv dasturlari loyihalarini tayyorladi. Mazkur DTS va o‘quv dasturlari loyihalarini 2013–2014 o‘quv yilida tajriba-sinovdan o‘tkazish belgilandi.
Tajriba-sinov ob’ekti sifatida Respublika bo‘yicha har bir fandan ikkitadan viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda akademik litsey va kollejlar belgilandi. Tajriba-sinov sinfi sifatida belgilangan maktabning o‘rtacha reytingga ega bo‘lgan parallel sinflardan(akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida parallel guruhlardan) bittasida o‘tkazildi.
Tajriba-sinovdan o‘tkaziladigan DTS va o‘quv dasturlari, I chorak uchun tajribasinov materiallari tajriba-sinov maktablariga(litsey, kollejlariga) o‘quv yili boshlangunga qadar etkazildi. Keyingi choraklar uchun tajriba-sinov materiallari tegishli chorak boshlangunga qadar joylarga etkazib berildi. Viloyatning tegishli tajriba-sinov maydoni uchun yuborilgan tajriba-sinov materiallari viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan zarur nusxada ko‘paytirilib, viloyat pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (VPKQTMOI)ga, viloyat metodika markaziga, tegishli fan bo‘yicha viloyatdagi ilg‘or o‘qituvchilarga hamda tuman(shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limining fan metodistiga etkazib berildi. Tajriba-sinov va nazorat sinflarida o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha kompetentligini aniqlash, taqvim-mavzu rejada belgilangan nazorat ishlarini o‘tkazish fan o‘qituvchisi va fan metodbirlashmasi tomonidan amalga oshirildi. Maktab, kollej, litsey fan metodbirlashmasi kompetentlikni aniqlash bo‘yicha namunaviy ishlari asosida nazorat materiallarini tayyorladi.
Bunda amaldagi DTS va o‘quv dasturi asosida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash bilan birgalikda kompetentligini belgilaydigan materiallar ham kiritildi.
Tajriba-sinov ishlari jarayonida o‘quvchilarda faqat predmetga oid kompetensiyalarni shakllantirish ko‘zda tutilgan edi. Lekin bunday kompetensiyalarni shakllantirish bevosita o‘quvchilardagi kommunikativlik, o‘z-o‘zini rivojlantirish, faol bo‘lish, matematik savodxon bo‘lish kabi xislatlar bilan bog‘liq ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi. SHundan so‘ng ijodiy guruh o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish uchun ularning ro‘yxatini tuzib olish, ularni sharhlash ishlari bilan shug‘ullandi. Qizg‘in bahslardan so‘ng ularni oltita guruhga ajratishga kelishib olindi. 2013-2014 o‘quv yilining ikkinchi yarmida ularni tajriba-sinov o‘qituvchilariga etkazildi. Lekin, ular o‘quvchilarda qanday usullar bilan shakllantiriladi, tayanch kompetensiyalar predmet kompetensiyalari bilan o‘zaro qanday bog‘liqlikda, kompetensiyalarning shakllanganlik darajasi qanday aniqlanadi kabi qator savollarga qanday javob berishi haqida ma’lumotlar keltirilmaydi. Bundan tashqari sinfda o‘qitiladigan faqat bittagina fan vositasida o‘quvchini kompetent shaxs sifatida tarbiyalab bo‘lmasligi ham ma’lum bo‘lib qoldi.
SHunga ko‘ra, tajriba-sinovlarni 2014-2015 o‘quv yilida ham davom ettirish va bunda bitta maktabda va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasasida bir vaqtda 5-6 fandan tajriba sinovlar olib borish rejalashtirildi.
Umumta’lim fanlari bo‘yicha uzluksiz ta’limning o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan davlat ta’lim standartlari(DTS) va o‘quv dasturlari loyihalarining tajriba-tadqiqot ishlari yakunlari bo‘yicha Respublika Ta’lim markazida 2015 yilning10-20 iyun kunlari qizg‘in bahs-munozaralarga boy, jonli tarzda o‘tkazilgan fanlar bo‘yicha Ilmiy-metodik kengashlarda(IMK) xulosalar qilindi.
Ilmiy-metodik kengashlarda tajriba-tadqiqot ishlarini o‘tkazgan pedagoglar, ularning ilmiy rahbarlari va o‘quvchilarda kompetensiyani shakllantirishga yo‘naltirilgan DTS va dasturlarni ishlashda qatnashgan ishchi guruh a’zolari tadqiqot natijalariga batafsil to‘xtaldilar.
Prezidentimiz Farmoni bilan qabul qilingan "2017-2021 yillarda O‘zbekis­ton Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi"da umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan.
Mazkur vazifalarni amalga oshirish jarayonida barcha yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini, o‘quv dastur va rejalarni yangilash, o‘qitishni sifat va mazmun jihatdan yanada takomillashtirish zarurdir. SHu munosabat bilan tajriba-sinov ishlari yakunlari, to‘plangan ma’lumotlar, takliflar va xulosalar asosida O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187 - sonli qarori muvofiq uzluksiz ta’lim, xususan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ta’lim mazmuni yangilandi, o‘quv dasturlari va o‘quv fanlari bo‘yicha DTS kompetensiyali yondoshuv asosida qayta ishlandi va amaliyotga joriy etildi.
Nima sababdan ta’limga kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish kerak? degan savol tug‘iladi.
Hozirgi kunda o‘quvchilarda o‘quv predmetlari bo‘yicha faqatgina bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishning o‘zi etarli emasligi ma’lum bo‘lmoqda. Jumladan:
Ta’lim muassasasini muaffaqiyatli bitirgan ayrim o‘quvchilar, hayotda ko‘p muaffaqiyatsizliklarga uchraydi;
Oliy ta’lim muassasini bitirib yangi ishga borgan yosh mutaxassis universitet yoki institutda kasbiga oid bilim va ko‘nikmalarni etarli darajada olgan bo‘lsa-da, ish joyiga ko‘nikishi uzoq vaqt davom etadi;
Kritik momentda ma’lum bo‘ladiki, maktab yoki litseyda olingan bilim va ko‘nikmalar tezda hal qilinishi kerak bo‘lgan hayotiy vaziyatlarga to‘g‘ri kelmaydi yoki umuman hayotida kerak bo‘lmaydi.
SHunga ko‘ra, ta’lim jarayoniga o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini bevosita kundalik hayotida qo‘llashga o‘rgatadigan kompetensiyaviy yondoshuvga asoslangan DTS larni yaratish va ta’lim jarayoniga qo‘llash zaruriyati yuzaga keldi.
Kompetentsiyaviy yondashuv deganda nimani tushunamiz?
“Competence” so‘zi “to compete” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “musobaqalashmoq”, “raqobatlashmoq”, “bellashmoq” degan ma’noni bildiradi. So‘zma-so‘z tarjima qilinsa “musobaqalashishga layoqatlilik” ma’nosida keladi. Ilmiy pedagogik, psixologik manbalarda berilishicha, kompetensiya, kompetentlilik o‘ta murakkab, ko‘p qismli, ko‘pgina fanlar uchun mushtarak bo‘lgan tushunchalardir. SHu boisdan uning talqinlari ham hajman, ham tarkibiga ko‘ra, ham ma’no, mantiq mundarijasi jihatidan turli-tumandir. Atamaning mohiyati shuningdek, “samaradorlik”, “moslashuv-chanlik”, “yutuqlilik”, “muvaffaqiyatlilik”, “tushunuvchanlik”, “natijalilik”, “uquvlilik”, “xocca”, “xususiyat”, “sifat”, “miqdor” kabi tushunchalar asosida ham tavsiflanmokda.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni alohida shakllantirishni emas, balki ularni kompleks ravishda egallashni taqozo etadi. SHunga ko‘ra, o‘qitish metodlari ham o‘zgaradi. Kompetensiyaviy yondoshuvda o‘qitish metodlarini tanlash va konstruksiyasini tuzish asoslarini ko‘rib chiqaylik. Buning uchun kompetensiya va kompetentlik tushunchalarini aniqlashtiramiz. Uning struk-turasini, funksiyasini belgilab olamiz. So‘ngra tayanch va predmet kompetensiyalarini loyihalash texnologiyasini tuzamiz.
Undan o‘qitish metodlarini tanlash tamoyillari kelib chiqadi. Kompetensiya– o‘quvchining ma’lum sohada samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun ta’lim tayyorgarligiga oldindan qo‘yilgan ijtimoiy talab.
Kompetentlik ko‘p qirrali bo‘lib uning bir necha talqinlari mavjud. Kompetentlik– o‘quvchi tomonidan tegishli kompetensiyalarga ega bo‘lishi.
Kompetentlik– o‘quvchida tarkib topgan shaxsiy sifatlar va berilgan sohadagi faoliyati bo‘yicha to‘plagan minimal tajribasi.
Kompetentlik– o‘quvchining shaxsiy sifatlari to‘plami (bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar, layoqatlar) bo‘lib, belgilangan ijtimoiy va shaxsiy sohadagi faoliyatida orttirgan tajribasi bilan belgilanadi.
Kompetensiyalarni, ta’lim kompetensiyalaridan farqlash lozim. Ta’lim kompetensiyasi o‘quvchini kelajakdagi to‘la qonli hayotidagi faoliyatini modellashtiradi. Masalan, fuqaro ma’lum bir yoshga etgunga qadar ba’zi bir kompetensiyalarni tatbiq eta olmaydi. Lekin, bu degani, ularni o‘quvchida shakllantirilmaydi, degani emas. Bu holatda biz ta’lim kompetensiyasi haqida gapiramiz. Masalan, o‘quvchi maktabda fuqarolik kompetensiyasini o‘zlashtirsada, uni to‘la qonli ravishda maktabni tugatganidan so‘ng ishlatadi. SHunga ko‘ra, bunday kompetensiyalar, o‘qish davrida ta’lim kompetensiyasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Tayanch kompetensiyalarning dunyo bo‘yicha yagona ro‘yxati yo‘q. CHunki har bir mamlakatning yoki hududning o‘z an’analari, mentaliteti va o‘ziga xos talablari bor.
Kompetensiya – bu jamiyatning o‘z fuqarolariga qo‘ygan ijtimoiy buyurtmasi bo‘lib, ularning ro‘yxati ma’lum bir mamlakatdagi yoki regiondagi ijtimoiy muhit bilan belgilanadi. Bunday kelishuvga har doim ham erishib bo‘lmaydi. Masalan: SHveysariyaning va Amerika Qo‘shma SHtatlarining iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda ta’lim statistikasi Milliy institutining“ Tayanch kompetensiyalarni tanlash va aniqlash” nomli loyihasida tayanch kompetensiyalarni qat’iy ravishda aniqlab olishning imkoniyati bo‘lmagan.
O‘quvchining kompetentligiga doir turli kompetensiyalarning analizi shuni ko‘rsatadiki, ular kreativ(ijodiy) yo‘nalishga ega. Kreativ kompetensiyalarga“tajribadan biror foydali ma’lumot chiqarib olish”, “muammoni echa olish”, “oldingi va hozirgi voqealar orasidagi o‘zaro aloqani ochish”, “yangi echimlarni topa olish” kabilar kiradi. SHu bilan birga keltirilgan ko‘nikmalar o‘quvchi faoliyati va tajribasi, bilim, ko‘nikmalarining butun majmuasini aks etdirmaydi.
Kompetentlik– kompetensiyalarni qo‘llay olishda ega bo‘lishi kerak bo‘lgan minimal tajribasi bo‘lishni taqozo etadi. Bu haqda o‘quvchining tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablarni shakllantirishda, hamda o‘quv jarayoni va darsliklarni loyihalashda esdan chiqarmaslik kerak.
Kompetensiyalar qanday ketma-ketlikda bo‘lishi kerak? Ma’lumki, ba’zi kompetensiyalar, boshqalariga nisbatan umumiy yoki ahamiyatliroq bo‘ladi. SHunga ko‘ra, ularni uchta darajaga bo‘lish mumkin:
1) tayanch kompetensiyalar–ta’lim mazmunining umumiy (metapredmet) qismiga tegishli;
2) umumpredmet kompetensiyalari–ma’lum doiraga kiruvchi o‘quv predmetlari va ta’lim sohalariga tegishli;
3) predmetga oid kompetensiyalar – oldingi ikkitaga nisbatan xususiy hisoblanib o‘quv predmeti doirasida shakllantiriladi.
Tayanch kompetensiyalar har safar ta’limning ma’lum bir bosqichi va belgilangan o‘quv predmeti uchun konkretlashtiriladi. Masalan: o‘qib-o‘rganishga tegishli kompetensiya umumpredmet kompetensiyasida shaxs sifatida rivojlanish(refleksiya)ga qo‘shilsa, predmet kompetensiyasi hisoblangan tarix fani bo‘yicha, har qanday tarixiy voqeada turli tomonlarning manfaatlari kurashini ajratib olish qobiliyati yotadi.
Har bir kompetensiya mazmunini aniqlash uchun uning ta’limdagi umumiy funksiyasi va roli bilan bog‘langan strukturasi kerak.
Kompetensiyalarni an’anaviy ta’lim parametrlari bilan taqqoslanishini ta’minlash uchun“ ta’lim kompetensiyalari” tushunchasini kompetensiyaning struktura komponentalari ro‘yxati orqali ochamiz:
-kompetensiyaning nomi;
- kompetensiya tipi va uning umumiy ketma-ketligidagi o‘rni (tayanch, umumpredmet, predmet) ;
-kompetensiyalar kiritiladigan, real faoliyat ko‘rsatadigan ob’ektlar doirasi;
-kompetensiyaning ijtimoiy-amaliy bog‘liqligi va ahamiyati(u jamiyat uchun nima sababdan kerak?) ;
-kompetensiyaning shaxsga nisbatan ahamiyati(nima sababdan o‘quvchi kompetent bo‘lishi kerak?);
- real ob’ektlar doirasiga oid bilimlari;
- berilgan real ob’ektlar doirasiga oid ko‘nikma va malakalar;
- mazkur kompetensiya doirasida o‘quvchining faoliyat ko‘rsatishi uchun kerak bo‘ladigan minimal tajribasi(o‘qitish bosqichlari bo‘yicha);
- indikatorlar–o‘quvchi kompetentligi(o‘qitish bosqichlari bo‘yicha) darajasini aniqlash uchun o‘quv va nazorat–baholash topshiriqlari namunalari, misollari.
Keltirilgan to‘plam me’yoriy hujjatlar, o‘quv va metodik adabiyotlar, shuningdek, o‘quvchilarning umum tayyorgarligini o‘lchash, shu bilan birga ularning kreativ tayyorgarligi darajasini o‘lchaydigan hujjatlarni loyihalash va yoritish uchun xarakterlovchi to‘plamni belgilaydi.
Ta’lim oluvchilar bilan bir qatorda ta’lim beruvchilarning metodik kompetentlik rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Albatta metodik kompetenlikni rivojlantirish pedagogning tinimsiz izlanishi va o‘quv jarayonini jamiyatda bo‘layotgan voqiyliklarga moslashtirish talab etadi. Bu esa o‘z navbatida kundalik yangilarni uzluksiz o‘rganishni talab etadi.

Download 313.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling