Siz informatika va axborot texnologiyalarini fani ta’lim tizimiga kirib kelishi va rivojlanishi tarixi haqida ma’lumot


- mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘quv qo‘llanmalar hamda didaktik materiallar


Download 313.96 Kb.
bet17/61
Sana04.11.2023
Hajmi313.96 Kb.
#1745724
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61
Bog'liq
Siz informatika va axborot texnologiyalarini fani ta’lim tizimig-fayllar.org

3.2.1.4 - mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘quv qo‘llanmalar hamda didaktik materiallar

Bu mavzuda siz informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha darslik, o‘quv qo‘llanmalar hamda didaktik materiallar tahlili. Informatika va axborot texnologiyalari kurslarining dasturiy ta’minoti. Asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minoti. Pedagogik vositalar va ularning turlari, tavsifi haqida tushunchalarga ega bo’lasiz.

O’quv qo’llanmalar - bu darslikni to’ldiruvchisidir. O’quv qo’llanmalar fanni to’liq qamrab olmasligi, ya’ni aynan bir qismini (birnechta bo’limini) qamrab olishi mumkin. Darslikdan farqli ravishda o’quv qo’llanmalarda nafaqat aprobatsiyadan o’tgan, umumiy qabul qilingan bilim va qoidalarni, balki u yoki bu muammoni hal qilishga doir turli fikrlar kiritilishi mumkin. O’quv rejaga yangi fan kiritilganda dastlab o’quv qo’llanmalar yaratiladi. Darslik odatda o’quv qo’llanmalar aprobatsiyalari bazasida yuzaga keladi.
O’quv-metodik ta’minot o’quv dasturlari, darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalarni o’z ichiga oladi. Bunda asosiy o’rin darslik va o’quv qo’llanmalariga ajratilgan. Qolgan o’quv-metodik ta’minot asosiy darslik bilan yaqindan bog’langan bo’lib, darslikdagi g’oyalarni tushuntirish va rivojlantirishga xizmat qilishi lozim.


Informatika va axborot texnologiyalarini kurslari bo‘yicha qanday o‘quv qo‘llanmalar
  1. Dаliеv А., Bоltаеv B. IHTА. 9 sinf infоrmаtikа o’qituvchilаri uchun ko’llаnmа. – T.: O’kitуvchi, 1994.


  2. YUldоshеv У., Bоqiеv R., Zоkirоvа F. Informatika o’qitish metodikasi. O’rtа mахsуs, kаsb-hunаr tа’limi muаssаsаlаri uchun qo’llаnmа. – T.: Tаlqin, 2005.


  3. О.Хоshimоv.Kоmpyutеrli vа rаkаmli tехnоlоgiyalаri. T-2009 “YAngi аsr аvlоdi”


  4. R.Bоkiеv. Ахbоrоt tехnоlоgiyalаrini uqitish mеtоdikаsi. t-2006 TDPУ


  5. А.Ахmеdоv. Infоrmаtikа. T-2008“O’zbеkistоn” vа bоshqаlаr


  6. Б.Болтаев, А.Азаматов ва бошқалар. Паскаль дастурлаш тили бўйича берилган мисол ва масалалар ечиш усуллари // Ниҳол нашриёти. Тошкент, 2012.


  7. Б.Болтаев, А.Азаматов ва бошқалар. Паскаль дастурлаш тили назария, алгоритм, дастур // Ниҳол нашриёти. Тошкент, 2013. 280 бет


  8. Б.Болтаев, А.Азаматов ва бошқалар. Microsoft Office dasturlari MS Word // Тошкент, 2014 йил.


  9. Б.Болтаев, А.Азаматов ва бошқалар. Microsoft Office dasturlari MS Excel 2007/2010/2013 // Тафаккур нашриёти. Тошкент, 2015. 160 бет


  10. Б.Болтаев, А.Азаматов ва бошқалар.Компьютернинг арифметик асослари // Тошкент, 2017 .



Didaktik materiallarni o’quv jarayonida qo’llanilishi
Ta’limni to’g’ri tashkil etishning asosiy komponentlaridan biri bu didaktik vositalar hisoblanadi. Didaktik vositalar va tarqatma materiallar – bu fanni o’qitishda zarur bo’lgan jihozlar, kompyuterli vositalar, modellar va maketlar, ko’rgazmalar va texnik vositalar, asbob – uskunalar va mahsulotlardir. Shuningdek, o’qitish jarayonida o’qituvchi tomonidan qo’laniladigan tarqatma materiallardir. Ular: kartochkalar, savolnomalar, yo’riqnomalar, qiziqarli savol va topshiriqlar, amaliy ishni tashkil etish bo’yicha texnologik xaritalar va hakozalardir.


Didaktik vositalarni turlari:
- o’rgatuvchi didaktik vositalar – o’quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltiradi;
- test didaktik vositalar – egallangan bilim, malaka va ko’nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo’llaniladi;
- mashq qildirgichlar - avval o’zlashtirilgan o’quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;
- o’qituvchi ishtirokidagi virtual o’quv muhitini shakllantiruvchi didaktik vositalar.

Fanlardan yaratiladigan didaktik vositalarga qo’yiladigan talablar:
1. Didaktik vositalar – o’quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o’zaro bog’liqligiga tayangan holda qurilishi.
2. Didaktik vositalar o’quv materialini yuqori tartibli tuzilma ko’rinishida ta’minlashi. Fanlararo mantiqiy o’zaro bog’liqlikning hisobga olinishi.
3. Didaktik vositalarda ta’lim oluvchiga o’quv materialini bosqichma-bosqich o’zlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi.

«Informatika va axborot texnologiyalari» kursining dasturiy ta’minoti
Dasturiy ta’minot sohasida informatika o’qitish metodikasi yangi dasturiy mahsulotni ishlab chiqishda u yoki bu ma’lum dasturiy mahsulotdan foydalanish maqsadga muvofiqligini asoslab beradi. «Informatika» kursining dasturiy ta’minoti kompyuterlarning tayanch dasturiy ta’minoti va informatika kursining ma’lum bir mavzularini o’rganishga yordam beradigan pedagogik dasturiy vositalar kompleksidan tashkil topadi.

Tayanch dasturiy ta’minot quyidagilardan tashkil topgan:

Axborot texnologiyalarida axborotlarni qayta ishlashning texnologik jarayoni texnik va dasturiy ta’minotlar orqali bajariluvchi alohida amallar ketma – ketligidan tarkib topadi. Texnik va dasturiy vositalar majmuasi doimiy kengayib bormoqda, bu axborot texnologiyalarining rivojlanishi, turli axborot vositalarining, jumladan, multimedialarning qo’llanilish sohalariniig kengayishi bilan bog’liqdir.

Axborot texnologiyasining dasturiy ta’minoti birhil emas, ta’minotning bir qismi asosiy (bazoviy) dasturiy ta’minotga kiradi, ularsiz texnik vositalar ishlashga qodir emas, ikkinchi qismi esa amaliy dasturiy ta’minotga kiradi.





Download 313.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling