Dasturiy ta’minot
Tizimli dasturiy ta’minot
|
Amaliy dasturlar paketlari
|
Dasturlash tillari
|
1. Operatsion tizimlar:
MS DOS
Linux
Windows
Unix
2. Servis dasturlar:
Antivirus dasturlari
Utilitlar
Obolochki
Arxivatorlar va h.q..
|
1. MBBT
2. Matn muharirlar
3. Elektron jadvallar
4. Grafik muharirlar
5. Tarjimachilar
6. Muammoga mo’jallangan va h.q..
|
1. Paskal
2. Delphi
3. C++
4. Beysik
5. Java
6. PHP va h.q.
|
3.2.1.5-mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning metodik tizimi va komponentlari tavsifi
Bu mavzuda siz informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning metodik tizimi. Uning komponentlari. Xususiyatlari, tuzilishi, tavsifi bo’yicha tushunchalarga ega bo’lasiz.
O’qitish metodlari
O’qitish metodi (grekcha metodos – biror narsaga yo’l so’zidan) – bu ta’lim va tarbiya vositasi sifatidagi o’qitish maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan o’qituvchi va o’quvchining bir-biri bilan bog’langan faoliyatining tartiblangan metodlaridir.
O’qitish metodlari muammosini qisqacha «qanday o’qitish kerak?» degan savol yordamida ifoda qilish mumkin. Lekin shuni e’tirof etish lozimki, ushbu savolga javob olish uchun «Nima uchun o’qitish kerak? «Nimalarni o’qitish kerak?» va «Kimlarni o’qitish kerak?» kabi savollar bo’yicha yetarlicha axborotga ega bo’lish kerak. Ana shundagina o’qitish maqsadi va mazmuniga, o’quvchilarning fikrlash faoliyati darajasiga to’liq javob bera oladigan o’qitish metodlarini tanlash masalasi hal etilishi mumkin.
O’qitishning maqsad va vazifalari o’qitish metodini yagona ravishda aniqlamaydi. Ma’lum bir mazmun bir necha metod bilan o’rganilishi mumkin. Bunda albatta har bir metod yordamida o’qitish maqsadlariga erishiladi.
O’qitish metodlari ko’p qirralidir. SHu sababli ham ularni ko’plab tasniflari mavjud. Bu tasniflarda metodlar bir yoki bir nechta belgilar bo’yicha jamlanadi.
An’anaviy tasnif - umumiy belgi sifatida bilim manbai olinadi.
Amaliy metoari – tajriba, mashqlar, mustaqil ish, laboratoriya ishi va boshqalar.
Ko’rgazmali metodlar – illyustratsiya, amaliyotni kuzatish va boshqalar.
Og’zaki metodi – tushuntirish, hikoya qilish, suhbat, ma’ruza va boshqalar.
Kitob bilan ishlash metodlari – o’kish, tez ko’rib chiqish, bayon etish, qayta so’zlab berish, konspekt yozish va boshqalar.
Hozirgi kunda akademik Yu. K. Babanskiy tavsiya etgan tasniflash keng tarqalgandir:
o’quv–bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari;
o’quv–bilish faoliyatini nazorat va o’z–o’zini nazorat qilish metodlari;
o’quv–bilish faoliyatini rag’batlantirish va motivatsiya metodlari;
o’rgatuvchi (metod yordamida o’qitish maqsadiga erishiladi);
rivojlantiruvchi (metod yordamida o’quvchilar rivojlanishining u yoki bu sur’ati (tempi) va darajalariga erishiladi);
tarbiyaviy (metod yordamida tarbiya natijalari oldindan belgilanadi);
Ba’zi so’z qilichdan
o’tkir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |