O‘quvchilarning informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni baholashga qo‘yiladigan talablar
O‘quv-tarbiyaviy jarayon – bu boshqariladigan va rostlanadigan jarayon bo‘lib, o‘qituvchi, ustoz o‘quvchilardagi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni son va sifat jihatdan haqqoniy baholash va o‘quv-tarbiyaviy jarayonda olingan natijalarganiga qarab o‘zgartirishlar kiritib borish bilan birga o‘zining faoliyatiga ham tavsif beradi.
Bilim – nazariy va amaliy faoliyat natijasida o‘rgangan, esda saqlab qolingan, qabul qilingan va fikrlashtirilgan hodisa va predmetlar haqidagi tushunchalar tizimidir.
Bilimlar o‘z navbatida tizimli va tizimsiz, nazariy va amaliy, keng va tor, chuqur va yuzaki, moslanuvchan va shablonli, mustahkam va mustahkam bo‘lmagan turlariga bo‘linadi. Bularning ichida kasbiy ta’lim natijasida hosil bo‘ladigan nazariy va amaliy bilimlarni oshirish mumkin. CHunki, nazariy bilimlar narsalarning (predmetlar) etarli darajadagi xususiyatlarini texnika va texnologiyalardan hodisasini (yavleniy) va ularning ob’ektiv munosabatini bildiradi.
Amaliy bilim esa texnika va texnologiya sohasidagi jarayonlarning aloqasini, hodisasini va boshqalarning to‘g‘ridan to‘g‘ri amaliy faoliyatga kiritilganligini bildiradi.
Malaka – bu o‘quvchining avtomatik ravishda yo‘naltirilgan holda birorta ishni baholash qobiliyatidir.
Ko‘nikma - yangi sharoitda insonning (mutaxasisning) ishni sifatli, kerakli hajmda va ajratilgan – belgilangan vaqtda bajarish qobiliyatidir.
Kompetensiya-xayotiy vaziyatlarda olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni qo‘llanilishi.
Ko‘nikmani shakllantirish bu kasbiy ta’limning majburiy oxirgi maqsadi bo‘lib, bu ko‘nikma o‘qish, amaliyot jarayonida bosqichma-bosqich shakllanib boradi.
Kasbiy qobiliyat – kasbiy faoliyat sharoitida ishni muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur bo‘lgan shaxsning shaxsiy –psixologik sifati belgisidir.
Qobiliyat tug‘ma bo‘lmasdan uning ko‘zga tashlanishi yoki ajralib turishi muhitga, o‘rganishga, tarbiyaga bog‘liqdir. Qobiliyatning tug‘ma ko‘rinishi uning qabul qila olishi, fikrlashi, xotirasi, faraz qilishi va boshqalar bo‘lgani uchun bular rivojlantirilsa, to‘g‘ri yo‘lga solishsa qobiliyat yuqori cho‘qqiga chiqadi.
Bilim, malaka va ko‘nikma, qobiliyat o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ularni alohida-alohida baholash juda murakkab.
O‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini baholash ustozning, o‘qituvchining muxandis pedagogning uslubiy faoliyatini tarkibiy qismidir. SHuning uchun ham o‘qituvchi o‘quv sharoitida har bir o‘quvchini diqqat bilan kuzatib, o‘rganib borish va faoliyatini baholab borishi zarur.
Umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy o‘quv yurtlardagi texnikaviy, texnologik fanlar bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarini baholash usullari va shakli asosan bir xildir. Ularda faqat mazmun jihatdan ya’ni amaliyotni, kasbiy yo‘naltirilganlik, malaka va ko‘nikmalarga bo‘lgan talabning ko‘prog‘i va boshqalar bilan bog‘liqdir.
Mashinasozlik fanlarini o‘rganishda bilim, malaka va ko‘nikmalarni baholashning quyidagi turlari mavjud:
Joriy – og‘zaki so‘rash, yozma nazorat ishlari, amaliy ish, o‘qituvchining kuzatib borishi, dasturli nazorat.
Davriy – har bitta mavzuning o‘tgandan keyin tekshirib borish.
YAkuniy – nazorat ishlari, imtihon va bitiruv ishlari.
O‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini nazorat qilishda uchta asosiy funksiya (vazifa) amaliga oshiriladi: tekshiruvchi, o‘rgatuvchi va tarbiyalovchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |