Siz konstitusiyani bilasizmi


Download 85.5 Kb.
bet5/8
Sana20.12.2022
Hajmi85.5 Kb.
#1035375
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yo\'l harakati qoidalari 2

Umumiy qoidalar.



  1. «Yo'l harakati qoidalari» respublika hududidagi yo'llarda harakatlanishning yagona tartibini belgilaydi.

  2. O'zbekiston Respublikasi yo'llarida transport vositalarini o'ng taraflama harakatlanish tartibini belgilaydi.

  3. Yo'l harakati qatnashchilari harakatlanish vaqtida boshqa qatnashchilarning harakatlanishiga xavf tug'dirmasliklari kerak. Vakolati bo'lmagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo'l qoplamasini buzish, yo'l belgilarini, sfetaforlarni va harakatlanishni tashkil etishning boshqa texnik vositalarini o'zboshimchalik bilan olib tashlash, o'rnatish, to'sib qo'yish va yo'llarda harakatlanishga to'sqinlik qiluvchi narsalarni qoldirish taqiqlanadi.

  4. Mazkur qoidalarni buzgan shaxslar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun xujjatlariga binoan javobgarlikka tortiladilar.

  5. Qoidalarda qo'llanilgan asosiy tushuncha va atamalar quyidagicha:

-yo'l-transport vositalari qatnovi uchun qurilgan va shu maqsadda foydalaniladigan yer mintaqasi yoxud sun'iy yuzasi.
-yo'lovchi transport vositasidagi (haydovchidan tashqari shaxs)
-yo'r harakati odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo'llar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui.
-yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash-yo'l transport hodisalarining yuzaga kelish sabablari oldini olishga, bunday hodisalar oqibatlarini yengillashtirishga qaratilgan faoliyat.
-piyoda-yo'lda transport vsitasidan tashqarida bo'lgan va ish bilan band bo'lmagan shaxs.
-piyodalar o'tish joyi-yo'lning qatnov qismini piyodalar kesib o'tishi uchun mo'ljallangan qismi.
-piyodalar yo'lkasi-yo'lning piyodalar harakatlanishi uchun mo'ljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan qismi.
-velosiped-odam kuchi bilan harakatlantiriladigan ikki yoki undan ortiq g'ildirakli transport vositasi (nogironlar aravachasidan tashqari)
-chorraha-yo'llarning o'zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi
-haydovchi-yo'llarda biron bir transport vositasini boshqarib borayotgan shaxs



Download 85.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling