Siz konstitusiyani bilasizmi


Velosiped haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi


Download 85.5 Kb.
bet7/8
Sana20.12.2022
Hajmi85.5 Kb.
#1035375
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yo\'l harakati qoidalari 2

Velosiped haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi


Piyodalar yo'lkasi va trotuarlarda yurish;
Rulni ushlamasdan va oyoqni pedal (pillapoya) ga qo'ymasdan yurish;
Mustahkam jihozlangan pedalga qo'shimcha o'rindiqlarda yetti yoshga to'lmagan bolalardan tashqari passajir tashish;
Bo'yi yoki eni gabaritdan 0,5 m dan ortiq turtib chiqadigan yukni va boshqarishga halal beradigan yukni tashish;
Yonida velosiped yo'lkasi bo'la turib yo'lda brish;
Velosipedlarni va mopedlarni, shuningdek velosiped va mopedlar bilan sanoatda tayyorlangan prisiplardan tashqari shatakka olish taqiqlanadi.
Chorrahadan tashqarida tartibga solinmagan kesishmada velosiped yo'lkasi yo'l bilan kesishsa, velosipedchilar va moped haydovchilari shu yo'lda harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishlari kerak.


Sfetofor va tartibga soluvchining ishoralari.



  1. Sfetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorug'lik ishoralari qo'llaniladi. Sfetofor ishoralari vazifasiga bog'liq ravishda doirasimon, yo'naltirgich, piyoda tasviri tushirilgan va X-simon ko'rinishda bo'lishi mumkin. Doira shaklidagi ishorali sfetoforlarda yashil doirali ishoralar bilan bir satxda joylashgan yashil yo'naltirgich ko'rinishdagi ishorali bitta yoki ikkita qo'shimcha tarmoq bo'lishi mumkin.

  2. Sfetoforning doirali ishoralari quyidagi ma'noni bildiradi:

yashil ishora harakatlanishga ruxsat beradi;
miltillovchi yashil ishora ham harakatlanishga ruxsat beradi va uning ta'sir vaqti tugashi hamda ko'p o'tmay taqiqlovchi ishora yonishi haqida axborot beradi;
yashil ishora o'chishiga soniyalar (sekundlar) da qancha vaqt qolganligi haqida axborot beradi;
sariq ishora harakatni taqiqlaydi
qizil ishora, shuningdek miltillovchi qizil ishora harakatlanishni taqiqlaydi;
qizil va sariq ishoralarning bir vaqtda yonishi harakatlarishni taqiqlaydi va ko'p o'tmay yashil ishora yonishi haqida axborot beradi.

  1. Agar sfetoforning ishorasi piyoda tasviri ko'rinishida bo'lsa, u faqat piyodalarning harakatiga ta'sir ko'rsatadi.

Bunda yashil ishora piyodalarning harakatlanishiga ruxsat beradi, qizil ishora esa taqiqlaydi.

  1. Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma'noni bildiradi.:

Qo'llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda, chap va o'ng yon tomonidan tramvayga to'g'riga, relssiz transport vositalariga to'g'riga va o'ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat beriladi. Oldi va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi;
O'ng qo'li oldinga uzatilganda, chap yonidan tranvayga chapga, relessiz transport votilariga barcha yo'nalishlarda, oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi. Orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonidan qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi;
Qo'lini yuqriga ko'targandi, transport vositalari va piyodalarning barcha yo'nalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi. Tartiga soluvchi haydovchi va piyodalarga tushunarli bo'lgan va boshqa ishoralarni ham berish mumkin ishoralar yaxni ko'rinishi uchun tartibga soluvchi yorug'lik qaytaradigan qizil rangli moslamalarni qo'llashi mumkin.

  1. Harakatni tartibga solayotgan yoki xizmat burchini bajarayotgan milisiya xodimi transport vositasi haydovchisiga qarata qo'l ishorasi yoki ovozkuchaytirgichli qurilma orqali transport vositasini to'xtatishni talab qilishi mumkin. Haydovchi esa ko'rsatilgan joyga to'xtashi kerak.

Yo'l harakati qatnashchilarini e'tiborini jalb etish uchun xushtak bilan qo'shimcha ishora berilishi mumkin.



Download 85.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling