7-guruh. Qishloq va o’rmon xo’jaligi
Sizga qishloq xo’jaligi va o’simlikshunoslik bilan bog’liq bo’lgan kasblar yoqadi. Sizga qishloq xo’jaligi texnikalarini boshqarish, ta’mirlash va xizmat ko’rcatish, gidromelioratsiya, fermer xo’jaligi, agronomiya, zootexnika, o’simlikshunoslik, chorvachilik sohalari bo’yicha kasblar tayyorlaydigan yoki biologiya fanini chuqur o’rgatuvchi akademik litseylarda tahsil olishni tavsiya etiladi.
8-guruh. Pedagogika
Sizda bolalarni tarbiyalash, parvarish qilish va ularni qo’llab-quvvatlashga bog’liq kasblarga moyillik mavjud. Siz maktabgacha ta’lim, maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar, boshlang’ich sinflarda sport va musiqa ta’limiga oid kasblarga tayyorlaydgan kasb-hunar kollejlarida ta’lim olishingiz mumkin.
9-guruh. San’at va madaniyat
Sizni tasviriy san’at, rassomchilik, xoreografiya, teatr hamda madaniy oqartuv ishlari qiziqtiradi.
Sizga madaniyat va san’at yo’nalishidagi kasblarga tayyorlaydigan kasb-hunar kollejlarida ta’lim olishni tavsiya etiladi.
10-guruh. Ijtimoiy, iqtisodiy soha
Sizda moliya, buxgalteriya, menejment-marketing, bank, huquqshunoslik, yong’in xavfsizligi, avtoinspektsiya, ijtimoiy ta’minot va bojxonaga oid kasblarga qiziqish mavjud.
Sizga ijtimoiy, iqtisodiy sohadagi kasb-hunar kollejlarida va aniq fanlar yoki ijtimoiy yo’nalishdagi akademik litseyda ta’lim olishni tavsiya etiladi.
11-guruh. Savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko’rcatish
Sizda umumiy ovqatlanish, savdo, xizmat ko’rsatish, radiotexnika va teleapparaturalarni ta’mirlash, maishiy gaz va mashinalarni ta’mirlash, kino-fototexnika xizmatlari ko’rsatish sohalariga qiziqish mavjud.
Sizga savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko’rsatish bo’yicha kasblarga tayyorlovchi kasb-hunar kollej yoki aniq fanlar akademik litseylarda o’qish tavsiya etiladi.
Psixolog-trener: Akobr Abdullayev
www.facebook.com/AkobrAbdullaev
Do'stlaringiz bilan baham: |