Siz togʻlarni koʻrib qotib turuvchi, deb oʻylarsiz. Holbuki, ular ham xuddi bulutlar yurgandek yurarlar.


Download 19.06 Kb.
Sana31.12.2022
Hajmi19.06 Kb.
#1073648

Harakatdagi togʻlar
Oyatlarning birida, bizga togʻlarning koʻrinib turganidek harakatsiz emas, balki muttasil harakatda ekanligi toʻgʻrisida xabar beriladi:
Siz togʻlarni koʻrib qotib turuvchi, deb oʻylarsiz. Holbuki, ular ham xuddi bulutlar yurgandek yurarlar. («Naml» surasi, 88-oyat)
Togʻlarning harakati ular joylashgan Yer qobigʻining harakatlari orqali roʻy beradi. Yerning qobigʻi, zichroq boʻlgan mantiya qatlami ustida «suzib yuradi». XX asr boshida, tarixda birinchi marta, nemis olimi Alfred Vegener Yerning materiklari Yer paydo boʻlgan vaqtda bir-biriga yopishgan boʻlganligi, lekin keyinroq turli tomonlarga «oqib» ketganligi, ya'ni ular bir-biridan uzoqlashishi sababli ajralib ketganligi toʻgʻrisida oʻz fikrini bayon qildi.
Geologlar Vegener vafotidan 50 yil soʻng, 1980 yillardagina uning haq ekanligini tushunib yetishdi. 1915 yilda chop etilgan maqolada Vegener Yer yuzidagi quruqliklar taxminan 500 million yil avval birga boʻlganligini va Pangeya nomli bu katta quruqlik Janubiy Qutbda joylashganligini ma'lum qilgan edi.
Taxminan 180 million yil avval Pangeya ikki qismga boʻlinadi va turli tomonlarga qarab yoʻnaladi. Bu ulkan materiklardan biri Gondvana boʻlgan va u Afrika, Avstraliya, Antarktida va Hindistonni oʻz ichiga olgan. Ikkinchisi esa Lavraziya boʻlib, u Yevropa, Shimoliy Amerika va (Hindistondan tashqari) Osiyodan iborat boʻlgan. Bu ajralishdan soʻng, keyingi 150 million yil ichida Gondvana va Lavraziya kichikroq qismlarga boʻlinib ketgan.
Pangeya boʻlinishidan soʻng paydo boʻlgan bu materiklar har yili bir necha santimetr Yer yuzasida muttasil siljiydi va shu bilan birga quruqliklar va dengizlar oʻrtasidagi oʻzaro nisbatni oʻzgartirib turadi.
XX asrning boshida olib borilgan geologik tadqiqotlar natijasida kashf qilingan Yer qobigʻining bu harakati olimlar tomonidan quyidagicha izohlanadi:
Qobiq va mantiyaning yuqori qismi qalinligi taxminan 100 km boʻlgan plitalar deb nomlanuvchi segmentga boʻlinadi. Asosan, oltita va bir necha kichik plitalar bor. Plita tektonikasi deb ataladigan nazariyaga koʻra, bu plitalar Yer usti boʻylab materiklar va okean tubini oʻzlari bilan birga siljitib yuradi. Materiklar yiliga 1-5 sm me'yorda harakat qiladi deb belgilangan. Plitalar siljishni davom ettirib, Yerning geografiyasiga sekinlik bilan oʻzgarish kiritib boradi. Har yili, misol uchun, Atlantika okeani sezilar-sezilmas darajada kengayib bormoqda.
Bu yerda muhim bir fikrni aytib oʻtish maqsadga muvofiq: Alloh Qur'ondagi oyatda togʻlarning harakatini siljish deb nazarda tutmoqda. Bugungi kunda, zamonaviy olimlar ham bu harakatga nisbatan «materiklarning siljishi» degan atamani ishlatishmoqda.
Materiklarning siljishi Qur'on nozil qilingan paytda kuzatishning imkoni boʻlmagan hol edi va Alloh buni qanday tushunish kerakligini aniq koʻrsatib berdi: «Siz togʻlarni koʻrib qotib turuvchi deb oʻylarsiz.»Keyin U togʻlarni bulutlar kabi suzib yurishi haqidagi haqiqatni ma'lum qiladi. Xabar berilganidek, bizning e'tiborimiz togʻlar mahkamlab qoʻyilgan qatlamning siljishiga qaratiladi.
Ilm-fan tomonidan yaqinda kashf qilingan bu ilmiy faktning VII asrda, koinot va tabiat haqidagi tushunchalar irim-sirimlar hamda afsonalarga asoslangan bir paytda vahiy qilinganligi, shubhasiz, juda katta moʻjizadir. Bu - Qur'on Allohning soʻzi ekanligini inkor qilib boʻlmas isbotlardan yana biridir.
Download 19.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling