Skaner bu ma’lumotlarni qog’ozli hujjatdan bevosita еhm ga kiritish qurilmasidir. Matnlar
Download 88.89 Kb.
|
asdfghj
2. 5. Modem
MODEM (MOdulyator-DEModulyator) — aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni to’g’ri (modulyator) va teskari (demodulyator) o’zgartirish qurilmasidir. Еng avvalo modem quyidagi vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan: • uzatishda: keng polosali impulslarni (raqamli kodni) tor polosaliga (analog signallarga) o’zgartirish; • qabul qilishda: qabul qilingan signalni holaqitlardan filtrlash va detektorlash uchun, ya’ni tor polosali analogli signalni raqamli kodga teskari o’zgartirish. Ma’lumotlarni uzatishda bajariladigan o’zgartirish odatda ularning modulyaciyasi bilan bog’langan. ../../../../../Program Files/Ofis texnikasi/mn/darslik/album/album/km/524_____.JPGModulyaciya — bu signalning biror parametrini aloqa kanalida (modulyaciya qilinadigan signalni) uzatilayotgan ma’lumotlarning joriy qiymatlariga mos ravishda (modulyaciya qiladigan signalni) o’zgartirishdir. Demodulyaciya — bu modulyaciya qilingan signalni (balki aloqa kanalidan o’tish paytida halaqitlar bilan buzilgan signalni) modulyaciya qiladigan signalga teskari o’zgartirishdir. Zamonaviy modemlarda ko’pincha modulyaciyaning uchta turi ishlatiladi: •chastotali - FSK (Frequence Shift Keying); • fazali — PSK (Rpake Shift Keying); • kvadraturali amplitudali — QAM (Quadrature Amplitude Modulation). Chastotali modulyaciyada modulyaciya qilinadigan signalning (uzatilayotgan ma’lumotlarning) joriy qiymatlariga mos ravishda fizik signalning (odatda sinusoidali) chastotasi o’zgaradi, bunda uning amplitudasi o’zgarmaydi. Еng sodda holda ma’lumotlar bitining 1 va 0 qiymatlariga, ma’lumotlarni uzatishning birinchi bayonnomalari V.21 da qabul qilingani kabi, chastotaning ikkita qiymati mos keladi, masalan, 980 Gc va 1180 Gc. CHastotali modulyaciya holaqitlarga juda turg’undir, uzatishda signalning faqat amplitudasi buziladi. Fazali modulyaciyada modulyaciya qilinadigan kattalik bo’lib signal fazasi hisoblanadi, bunda uning chastotasi va amplitudasi o’zgarmaydi; faza-modulyaciya qilingan signalning halaqitlarga chidamliligi ham yuqoridir. Signalning sof amplitudali modulyaciyasida uning halaqitlardan himoyalanganligi juda pastdir, shuning uchun halaqitlarga chidamliroq, lekin yanada murakkabroq kvadraturali amplitudali modulyaciya qo’llaniladi, bunda uzatilayotgan ma’lumotlar taktida bir vaqtning o’zida signalning ham fazasi, ham amplitudasi o’zgaradi.
Download 88.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling