Xolinesterazaga qarshi moddalar bilvosita m- va n- xolinomimetiklar
Download 92.88 Kb.
|
Xolinesteraza salitsilat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Physostigma venenosum
- Xolinesterazaga qarshi moddalarning kimeviy tuzilishi
- 2 guruhga bо‘linadi
XOLINESTERAZAGA QARSHI MODDALAR BILVOSITA M- VA N- XOLINOMIMETIKLAR Fizostigmin salitsilat, prozerin, galantamin gidrobromid, fosfakol, dezoksipeganin gidroxlorid Xolinesterazaga qarshi moddalar о‘simliklardan hamda sintez yо‘li bilan olingan, fizostigmin Afrikada о‘sadigan о‘simlik (Physostigma venenosum) urug‘idan, galantamin boychechakdan (Calanthus Woronowi A), dezoksipeganin isiriqdan (Peganum garmala) olingan. Sо‘ngi ikki moddani О‘zbekiston kimyogarlari (akademik S. Y. Yunusov, X. N. Oripov), farmakologlari (prof. F. S. Sadritdinov, N. T. Tо‘laganov) kashf etgan, prozerin va fosfakol — sintetik moddalardir. Moddalar mediator atsetilxolinni parchalaydigan xolinesteraza fermentini bog‘lab, endogen atsetilxolinni parchalanishdan saqlab qoladi, uning miqdori oshib boradi, ta’siri kuchliroq va davomliroq bо‘ladi. Ma’lumki, xolinesteraza fermenti atsetilxolin ajraladigan joylarda — parasimpatik nervlar, harakatlantiruvchi nervlar oxirida, simpatik va parasimpatik tugunchalarda, markaziy nerv sistemasida mavjud. Atsetilxolin M- va N- xolinoretseptorlarning yagona mediatori bо‘lgani uchun uni parchalanishdan saqlanishi, tо‘planishi M- va N- xolinoretseptorlarning bilvosita qо‘zg‘alishiga olib keladi. Xolinesterazaga qarshi moddalarning ta’siri atsetilxolin orqali rо‘yobga chiqadi, M-, N- xolinomimetiklarga о‘xshab ketadi, shuning uchun ular bilvosita ta’sir etuvchi M- va N- xolinomimetiklar deb ataladi. Bulardan ba’zilari kamroq bо‘lsa ham xolinoretseptorlarga bilvosita ta’sir kо‘rsatishi mumkin, lekin bu ta’sir xolinesterazaga qarshi moddalarning ta’sir mexanizmida ikkinchi darajali hisoblanadi. Yosh bolalar organizmi xolinesterazaga chidamliroq bо‘ladi, chunki ilk ontogenezda atsetilxolinning umumiy hajmi kamroq, xolinesterazaning faolligi kuchliroq bо‘ladi. Atsetilxolinni xolinesteraza anion va esteraz markazlari bilan bog‘laydi. Xolinesterazaga qarshi moddalarning kimeviy tuzilishi Anion markazi bilan atsetilxolinning tо‘rtlamchi azot atomi, esteraz markazi bilan karbonil turkumining uglerodi bog‘lanadi, ushbu bog‘lanishlar tufayli atsetilxolin parchalanib ketadi. Xolinesterazaga qarshi moddalar fermentning anion va esteraz markazlari bilan birikib oladi, shu tufayli atsetilxolin bog‘lanishdan — parchalanishdan saqlanib qoladi. Prozerin xolinesterazani ham anion, ham esteraz markazlarida, fosfororganik birikmalar esteraz markazida bog‘laydi. Bog‘lanishning mustahkamligi xolinesterazaning qaysi markazlari bog‘langani bilan bog‘liq. Anion markazni bog‘laydigan moddalar xolinesteraza bilan bog‘langanda asliga qaytar ta’sirga ega bо‘ladi. Xolinesterazaning esteraz markazini bog‘laydigan moddalar fosforlanishga uchraydi, mustahkam bog‘lanib, ta’siri «qaytmas» bо‘ladi. Ana shu xususiyatlariga kо‘ra xolinesterazaga qarshi moddalar 2 guruhga bо‘linadi: Download 92.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling