Xolinesterazaga qarshi moddalar bilvosita m- va n- xolinomimetiklar


Atropin sulfat, skopolamin gidrobromid, aeron, platifillin gidrotartrat, metatsin


Download 92.88 Kb.
bet5/7
Sana21.04.2023
Hajmi92.88 Kb.
#1367724
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xolinesteraza salitsilat

Atropin sulfat, skopolamin gidrobromid, aeron, platifillin gidrotartrat, metatsin,
belladonnaning quruq ekstrakti, tropikamid
Moddalar tanlab parasimpatik nerv oxirini, ya’ni postsinaptik joylashgan M-xolinoretseptorlarni asliga qaytar falajlash xususiyatiga ega. M-xolinoblokatorlar organizmda hosil bо‘ladigan (endogen) hamda organizmga yuboriladigan (ekzogen) atsetilxolin va boshqa xolinomimetik ta’sirlarga tо‘sqinlik qiladi. Bu о‘rinda M-xolinoblokatorlarning xolinergik nervlar oxirida ajraladigan atsetilxolinga qarama-qarshiligi kuchliroq va yaqqolroq kо‘rinadi; moddalar atsetilxolin hosil bо‘lishiga, ajralishiga va parchalanishiga ta’sir kо‘rsatmaydi. M-xolinoblokatorlarning ekzogen atsetilxolinga nisbatan qarama-qarshiligi yuqori mikdorda yuborilganda kо‘rinadi.
Birinchi M-xolinoblokatorlardan atropin, skopolamin xalq tabobatida keng qо‘llanib kelingan, belladonna (Atropa belladonna), mingdevona (Hyoscyamus niger), bangidevona (Datura stramonium) о‘simliklaridan olingan (keyinchalik sintez yо‘li bilan ham olingan). О‘simliklardan olingan M-xolinoblokatorlar yuqori miqdorda N-xolinoretseptorlarni hamda markaziy nerv sistemasida joylashgan M-xolinoretseptorlarni ham falajlash xususiyatiga ega.
Kimyoviy jihatdan M-xolinoblokatorlar uchlamchi va tо‘rtlamchi aminlarning ammoniy turkumlaridan iborat.

M-xolinolitiklarning kimyoviy tuzilishi
Quyida atropin misolida M-xolinoblokatorlarning farmakologiyasi kо‘rib chiqiladi.
Atropin M-xolinoretseptorlarning anion markazi bilan birikadi, endogen atsetilxolin markazni bog‘lolmay qoladi, ushbu qarama-qarshilik atsetilxolinning ta’sirini yо‘qqa chiqaradi, qarama-qarshilik retseptor atrofidagi atsetilxolin hajmiga bog‘liq bо‘ladi, atropin retseptorlar bilan atsetilxolinga nisbatan 100 marta kuchliroq bog‘lanadi, shuning uchun hamma qarama-qarshilikda atropin atsetilxolindan kuchliroq hisoblanadi. Atsetilxolin ta’sirini atropin bartaraf qiladi, lekin atropin bilan falajlangan xolinoretseptorlarni atsetilxolin qо‘zg‘ata olmaydi.
Atropinning davolovchi mikdori asosan chetda joylashgan M-xolinoretseptorlarni falajlaydi, sо‘lak, bronx, teri bezlarining M-xolinoretseptorlari atropinga nisbatan sezuvchanroq bо‘ladi. Atropinga sezuvchanliqda yurak, kо‘z rangdor pardasi, radial mushaklar, ichak silliq mushaklarining M-xolinoretseptorlari keyingi о‘rinda turadi, oshqozon bezlari M-xolinoretseptorlarining atropinga sezuvchanligi ulardan kamroq. Atropin yuqori mikdorda markaziy nerv sistemasini M- va N- xolinoretseptorlarini ham falajlay oladi; atropinning xolinolitik ta’siri parasimpatik innervatsiya tonusi oshganda, xolinoretseptorlarning atsetilxolin, muskarin va boshqa xolinomimetiklar tufayli faoliyati oshganda kuchliroq bо‘ladi.
Atropin sо‘lak, bronx, teri bezlari M-xolinoretseptorlarini falajlashi tufayli og‘iz, teri quriydi, bronx bezlarining sekretsiyasi kamayadi, ular kengayadi. Atropinning kuchli spazmolitik ta’siri bor, shu tufayli bronxlar, ichak, bachadon, о‘t, qovuq va uning yо‘llaridagi silliq mushaklar xolinoretseptorlarini falajlab, ularni bо‘shashtiradi.
Atropin ta’sirida me’da-ichak silliq mushaklari, bezlarining M-xolinoretseptorlari falajlanishi tufayli ular bо‘shashadi, me’da-ichak tonusi hamda peristaltikasi susayadi.
Atropin eritmasi kо‘zga tomizilganda yoki parenteral yо‘l bilan yuborilganda kо‘zning rangdor pardasi, radial mushaklari M-xolinoretseptorlari falajlanish tufayli bо‘shashadi, kо‘z qorachig‘i kengayadi (midriaz), rangdor parda qalinlashadi, fontan bо‘shliqlar va shlemm kanali qisilib qoladi, ulardan kо‘zning oldingi kamerasiga suyuqlikning о‘tishi kamayadi, shunga kо‘ra kо‘z bosimi kо‘tariladi. Kipriksimon mushaklar M-xolinoretseptorlarining falajlanishi tufayli ular zichlashadi, sinn boylami tortiladi, kо‘z gavhari chо‘ziladi, uning egriligi kamayadi, akkomodatsiya falajlanadi, kо‘z uzoqni kо‘rishga moslanadi.
Atropin yurakning M-xolinoretseptorlarini falajlab, vagus nervi ta’sirini kamaytiradi, yurakning simpatik innervatsiyasi oshib ketadi, yurak urishi tezlashadi. Shu bilan birga atropin yurakka keladigan salbiy reflekslarni (vagusdan о‘tadigan) hosil bо‘lishining oldini oladi. Qon tomirlarga va qon bosimira atropin yetarli ta’sir kо‘rsatmaydi, chunki qon bosimini hosil qiladigan qon tomirlar parasimpatik innervatsiyaga ega emas, lekin atropin xolinomimetiklarning qon bosimini tushirish xususiyatiga tо‘sqinlik qiladi. Masalan, hayvonlarga oldin atropin, keyin atsetilxolin yuborilsa, atsetilxolinning gipotenziv ta’siri kо‘rinmaydi. Kichik yoshdagi bolalarda atropin yurak urishini yetarli tezlatmaydi, chunki 3 yoshgacha bо‘lgan bolalarda vagus nervining tonusi hali tо‘la-tо‘kis rivojlanmagan bо‘ladi.
Atropin bronxlarni kengaytirishi tufayli о‘pkaga kirib chiqadigan havo xdjmini oshiradi, vagusni ta’sirlashi tufayli kelib chiqqan brochxospazmni atropin bartaraf qiladi.
Atropinning yuqori miqsori gistaminli va boshqa anafilaktik bronxospazmni bartaraf qiladi, narkoz holatida rо‘y beradigan laringospazm va tovush chiqaruvchi oraliqning qisqarishining oldini oladi. Atropin M-xolinomimetiklar ta’sirida bо‘ladigan bezlar faoliyatini oshirishiga tо‘sqinlik qiladi.
Atropin gematoensefalik tо‘sikdan о‘tadi, markaziy nerv sistemasida joylashgan M-xolinoretseptorlarni bir oz bо‘lsa ham falajlaydi, pо‘stloq ostidagi harakatlantiruvchi markazlarni hamda qayt qilish markazini tinchlantiradi. Atropin mahalliy ofiq qoldiruvchi xususiyatga ega, uzunchoq miyada nafas hamda vagus nervi markazlarini qо‘zg‘atadi. Atropin yuqori miqdorda miya pо‘stlog‘iga qо‘zg‘atuvchi ta’sir kо‘rsatadi — bemorning harakatlari oshadi, betо‘xtov gapira boshlaydi.
Atropin tibbiyot amaliyotida keng qо‘llaniladi: spazmolitik sifatida silliq mushakli a’zolar — bronxlar, me’da-ichak, о‘t, qovuq yо‘llari qisqarganda, spastik holatda kelib chiqqan ofiqlarni yо‘qotadi. Atropin oshqozon va о‘n ikki barmoq ichak yarasida, о‘tkir pankreatitda, sо‘lak, teri bezlari faoliyati oshganda qо‘llaniladi.
Atropin sо‘lak, burun-tomoq, traxeya va bronx bezlari faoliyatini pasaytirish, yurakdagi salbiy reflekslarning oldini olish uchun jarrohlikda premedikatsiya maqsadida keng qо‘llaniladi, narkoz davrida qusish, yurakning reflektor tо‘xtashining oldini oladi. Yurak urishini tezlashtirish uchun ba’zi bradiaritmiyalarni davolashda qо‘llaniladi.
Kо‘z amaliyotida atropin diagnostika uchun kо‘z tubini kо‘rish, kо‘zoynak tanlash, irit, iridotsiklit, kо‘z jarohatlarini, g‘ilay kо‘zni davolash uchun qо‘llaniladi. Kо‘z g‘ilayligida atropin akkomodatsiyani falajlaydi, yaqinda turgan narsalar kо‘zga kо‘rinmaydi, shuning uchun kо‘z toliqmaydi. Kо‘z jarohatlanganda — kо‘z gavhari, rangdor pardasini va kipriksimon mushaklarni bо‘shashtirib, ularni tinchlantiradi.
Atropin xolinomimetik va xolinesterazaga qarshi moddalar, fosfororganik birikmalar bilan о‘tkir zaharlanganda qо‘llaniladi. Morfinning vagusga ta’sirini va oqibatda kelib chiqadigan noxush asoratlarni kamaytirish uchun atropin kо‘pincha morfin bilan birga qо‘llaniladi. Me’da-ichak tonusini va peristaltikasini kamaytirish uchun ularni rentgen qilish vaqtida ham atropin qо‘llanadi.
Atropin vestibulyar о‘zgarishlarni kamaytirish uchun ichki quloq jarrohligida hamda havo va dengiz kasalligida qо‘llanadi — behuzurlik, kо‘ngil aynishi, qusish hollarini kamaytiradi. Atropin ba’zi malhamlar tarkibida bо‘g‘imlar, mushaklar, boylamlar yallig‘langanda qо‘llaniladi.
Atropin kukun, tabletkalar, kо‘z tomchilari, kо‘z malhami shaklida va parenteral yо‘llar orqali yuboriladi. Atropin me’da-ichak va shilliq qavatlardan qonga yaxshi sо‘riladi, о‘zgarmagan holda hamda metalbolitlari buyraklar orqali chiqib ketadi. Qonga sо‘rilgan atropin 6 soatgacha ta’sir qilib turadi. Kо‘zga tomizilgan atropinning akkomodatsiyaga ta’siri 3—4 kun, kо‘z qorachig‘ining kengayishi 7 kungacha davom etishi mumkin.
Glaukomada, ichaklardan ovqat о‘tmay qolganda, stomatit, glossit, gingivit, dispepsiyada, bolalar gipertermiyasida, Daun kasalligida atropinni qо‘llash man etiladi.
Atropinni ehtiyotlik bilan qо‘llash kerak, mikdori ozroq oshirib yuborilsa, og‘iz quriydi, kо‘z qorachig‘i kengayadi, akkomodatsiya о‘zgaradi, yurak tez uradi, siydik tutiladi, ichak atoniyaga uchraydi. Atropin bilan о‘tkir zaharlanish bolalar о‘rtasida kо‘proq uchraydi, chunki ular atropinga sezuvchan bо‘ladilar. Gipotrofiya, diatez, raxit bilan og‘riganlar atropinga ayniqsa sezuvchan bо‘ladilar.
Bolalar kо‘pincha tarkibida atropin bо‘ladigan о‘simliklar — mingdevona, bangidevona mevasini yanglishib iste’mol qilganda о‘tkir zaharlanib qoladi. Zaharlanishning dastlabki belgilari 2—3 soatdan keyin boshlanadi: bemorning og‘zi, tomog‘i quriydi, tashna bо‘ladi, yutishi qiyinlashadi, ovozi chiqmay qoladi, kо‘z qorachig‘i kengayib, akkomodatsiya falajlanadi, bemor yorug‘likka qaray olmaydi, harorati kо‘tariladi, teri qizaradi, toshmalar paydo bо‘ladi. Keyin nerv sistemasida о‘zgarishlar kuzatiladi, bemor betо‘xtov gapiradi, turli harakatlar qiladi, valdirab janjal-tо‘polon kо‘tarmoqchi bо‘ladi. Kо‘zga har xil narsalar kо‘rinib, qulog‘iga ovozlar eshitiladi (gallyusinatsiya), ya’ni psixoz holati rо‘y beradi, о‘simliklarning nomi — bangidevona, mingdevona ham shunday о‘zgarishlarga olib kelishini kо‘rsatib turibdi. Oradan bir oz vaqt о‘tgandan keyin asabning qо‘zg‘alishi depressiyaga aylanadi — bemor bо‘shashadi, uni uyqu bosadi, og‘ir holatlarda koma, yurak, qon tomir yetishmovchiligi, gipoksiya paydo bо‘ladi, nihoyat nafas tо‘xtab, о‘lim yuz beradi. Juda yosh bola zaharlanganda esa qо‘zg‘alish bо‘lmasdan depressiya boshlanishi mumkin.
Atropin va uning ta’siriga qarshi bevosita antidolar yо‘q. О‘tkir zaharlangan bemor qorong‘i xonaga joylashtiriladi, oshqozon faollashtirilgan kо‘mir bilan chayiladi, tuzli surgilar, gemodez, qon о‘rnini bosadigan suyuqliklar quyiladi. Qо‘zg‘alish rо‘y berganda talvasaga qarshi moddalar yuboriladi. Yurak tez urishini kamaytirish uchun adrenoblokatorlar, haroratni tushirish uchun tashqi sovitish choralari kо‘riladi, kerak bо‘lsa sun’iy nafas oldirish yо‘lga qо‘yiladi. Umumiy tadbirlardan tashqari, atropin bilan zaharlanganda xolinoretseptorlarni qо‘zg‘atuvchi, kо‘proq uchlamchi aminlar — galantamin, fizostigmin ham qо‘llaniladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, bolalarga atropinni kam mikdorda ham buyurib bо‘lmaydi, chunki modda kichik miqdorda presinaptik joylashgan M-xolinoretseptorlarni ham falajlashi mumkin, shu tufayli presinaptik retseptorlardan atsetilxolinning ajralishi kо‘payadi, yurakning urish tezligi kamayadi — bradikardiya kelib chiqadi. Bu holat ayniqsa chala va gipoksiya bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda xatarli о‘tadi.
Yuqorida keltirilgan boshqa M-xolinoblokatorlar umuman atropinga о‘xshash ta’sir kо‘rsatadi hamda о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Tabiiy alkaloid skopolamin mandragora (Scopolia carniolica) о‘simligida hamda atropin olinadigan о‘simliklar tarkibida ham oz miqdorda mavjud. Agar atropin kо‘pincha yurak, bronx, me’da-ichakning M-xolinoretseptorlarini falajlasa, skopolamin esa kо‘z mushaklarida hamda bezlarda joylashgan M-xolinoretseptorlarga ta’sir kо‘rsatadi. Skopolaminning ta’siri atropinga nisbatan kamroq bо‘ladi. Skopolamin markaziy nerv sistemasiga atropinga nisbatan boshqacha ta’sir etadi, davolovchi mikdori asabni tinchlantiradi, uyqu keltiradi, ekstrapiramid sistemaga ham tinchlantiruvchi ta’sir kо‘rsatadi. Qо‘llanishi atropinga о‘xshash. Skopolamin aeron tabletkalar tarkibida mavjud, aeron havo va dengiz kasalligida qо‘llaniladi.

Download 92.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling