Слайд студентки 4-группы 1-курса заочной отделение Деновского Педагогического института Рахмоновой Сунбулы по русскому языку 6-темы Городо-музеи Узбекистана
Download 58.12 Kb.
|
Ona tili imlosi va uning asosiy tamoillari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fonetik tamoyil.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 1-kurs 4BT –guruh talabasi Raxmonova Sunbulaning “Onatili nazariyasi va amaliyoti”fanidan tayyorlagan taqdimoti Mavzu : Ona tili imlosi va uning asosiy tamoillari: morfologik ,fonetik, an’anaviy-erimologik,differensiyalash,grafik tamoillari Reja 1.Fonetik tamoillari 2. Morfologik tamoyil 3. Tarixiy-an’anaviy tamoyil. 4. Farqlash (differensiasiya) tamoyili 5. Etimologik yoki grafik tamoyil Fonetik tamoyil. Fonetik tamoyilga ko‘ra, so‘z va qo‘shimchalar jonli nutqda qanday aytilsa, yozuvda ham shunday ifoda qilinadi. Masalan, son so‘ziga -a, ong so‘ziga -la, ishla so‘ziga -v+chi qo‘shimchasi qo‘shilganda, bu so‘zlar sana, angla, ishlovchi deb aytiladi va shunday yoziladi. Fonetik tamoyil imloni jonli nutqqa yaqinlashtiradi, yozuv bilan talaffuz orasida yaqin aloqa va munosabat borligini ko‘rsatadi. Fonetik tamoyil so‘zlarning talaffuz shaklini asos qilib oladi. Lekin bu tamoyil milliy til doirasidagi har qanday talaffuzga emas, balki adabiy talaffuz me’yorlari doirasidagi holatlarga tayanadi. Masalan, ketyapti so‘zi o‘zbek milliy tili doirasida ketvotti, ketopti, ketutti, ketyapti shakllarida turlicha talaffuz qilinadi. Fonetik tamoyil keltirilgan talaffuz shakllaridan adabiy me’yor sifatida tan olingan ketyapti shakliga tayanadi O‘zbek imlosida fonetik tamoyilga amal qiluvchi holatlarga quyidagilarni keltirish mumkin: 1. Tilimizda bir qator fe’l asoslari a unlisi bilan tugaydi. Bunday fe’llarga -v qo‘shimchasi qo‘shilganda a tovushi o tarzida aytiladi va shunday yoziladi: chanqa+v = chanqov, teja +v = tejov, maqta +v = maqtov, qatna +v = qatnov, hayda +v = haydov, chayqa +v = chayqov, terga +v = tergov va boshqalar. 2. O‘zbek tilida bir qator fe’llar –la qo‘shimchasi bilan yasalgan. Shunday -la affiksli fe’llarga –v qo‘shimchasi qo‘shilganda so‘z oxiridagi a tovushi o ga o‘tadi va so‘z o‘sha shaklda talaffuz etiladi va yozilishda ham shunday holat saqlanadi: bag‘ishla+v = bag‘ishlov, sozla+v = sozlov, bog‘la+v = bog‘lov, aybla +v = ayblov, qishla+v = qishlov, oqla +v = oqlov kabilar. 3. Oxiri a tovushi bilan tugagan ba’zi so‘zlarga -q qo‘shimchasi qo‘shilganda ham a tovushi o bo‘lib aytiladi va so‘z mana shu o‘zgarishni hisobga olgan holda yoziladi: tarqa +q = tarqoq, so‘ra +q = so‘roq, yangra+q = yangroq, qaltira +q = qaltiroq, quvna +q = quvnoq, yumsha +q = yumshoq, yaltira +q = yaltiroq, sana +q = sanoq kabilar. 4. Tilimizdagi og‘iz, ko‘ngil, qorin, o‘g‘il, singil, o‘rin, bo‘yin, burun kabi so‘zlar egalik qo‘shimchasini olganda asosning ikkinchi bo‘g‘inidagi i yoki u unlisi tushirib talaffuz qilinadi. Bunday so‘zlar fonetik tamoyilga ko‘ra o‘sha talaffuz shaklida yoziladi: og‘iz+im= og‘zim, og‘iz+ing= og‘zing, og‘iz + i= og‘zi; singil+im= singlim, singil +ing= singling, singil +i = singli; burun+ im= burnim, burun + ing= burning, burun +i = burni; o‘rin +im = o‘rnim, o‘rin +ing= o‘rning, o‘rin +i = o‘rni kabilar Download 58.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling