Сложение и вычитание положительных и отрицательных чисел


Download 95.5 Kb.
bet3/4
Sana08.10.2023
Hajmi95.5 Kb.
#1695354
1   2   3   4
Bog'liq
16571 (1)

O’qituvchi: Bolalar biz manfiy va musbat sonlarning paydo bo’lish tarixi bilan tanishib chiqdik va sayohatimizni davom ettirib, “Qo’shish va ayirish” sayyorasiga yo’l olamiz. Buning uchun topshiriqlarni bajarishda yo’nalish varag’idan foydalanamiz.
O’qituvchi:Bu sayyorada sizni qanday topshiriqlar kutib turibdi?
O’quvchi: Har xil ishorali sonlarni qo’shish va ayirishlarni bajarish ( yozma)

O’qituvchi: Topshiriqlarni bajarishga kirishamiz.
O’qituvchi: Endi yechimlarini tekshiramiz.
O’qituvchi: “Qo’shish va ayirish” sayyorasidan chiqib “Tenglama” sayyorasiga yo’l olamiz.
Topshiriq:
1) х + 1,2 = - 0,17
2) 14 - х = - 28 
3) х - 9 = - 3,1
4) - 2,1 - х = - 2
O’qituvchi: Har bir topshiriq uchun 2 daqiqa vaqt beriladi. Bajaring.
O’qituvchi: Bolalar endi bajargan topshiriqlaringizni tekshiramiz (javob va yechimlari izohi bilan).
Biz “Tenglama” sayyorasiga sog’ bo’l deb, “Sport” sayyorasiga yo’l olamiz.
Dam olish daqiqasi.
Kamarlarni mahkamlang.
Biz sayohatimizni “Rebus” sayyorasiga uchish bilan davom ettiramiz.
O’qituvchi :Yo’nalish varag’imizga qarab,  siz nimani toppish kerakligini topib olamiz?
Xatolarni toping va tenglikning to’g’ri yechimini toping.
1-topshiriq: Nuqtalar o’rnini to’ldiring va tenglikni to’g’ri tenglikka aylantiring.
1) - 14 + … = - 37
2) - 4,8 + … = - 8,6
3) - 2,13 + … = - 17
4) - 3,8 + … = - 4,08
2-topshiriq: Hisoblashlardagi xatolarni toping.
1) 25+ (- 17) = - 8
2) - 30,5 - 12,6 = 43,1
3) 15, 73 -20,5 = 4,77
O’qituvchi: Sizning yechgan topshiriqlaringiz yechimini tekshiramiz.
O’qituvchi:Ofarin bolalar, siz berilgan topshiriqlarni bajara oldingiz va sinovdan muvaffaqiyatli o’tdingiz. Biz esa “Donishmand” sayyorasiga yaqinlashib keldik. ( guruhda ishlash)
1-topshiriq:berilgan sonlar: -1, -2, -3, -4, -5, -6, -7, -8, -9, -10
Bu sonlardan bir marta foydalanib, uchta to’g’ri tenglik hosil qiling.
2-topshiriq: yulduzchalar o’rniga “+” yoki “ – ” ishoralarini shunday qo’yingki, hosil bo’lgan tenglik to’g’ri bo’lsin:
1) - 6,1 * (- 2,3 ) * 3,8 = 0
2) 3,9 * 7,4 * (- 9,3) = - 12,8

Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling