Сложение и вычитание положительных и отрицательных чисел
Download 95,5 Kb.
|
16571 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-sinf
Kogon shahar3-umumiy o’rta ta’lim maktabi matematika fani o’qituvchisi Mamedova Umeda Nurilloyevnaning“ Manfiy va musbat sonlarni qo’shish va ayirish” mavzusiga yozgan bir soatlik dars ishlanmasi6-sinfManfiy va musbat sonlarni qo’shish va ayirishMaqsadi:
Dars haqida: “Har xil ishorali sonlarni qo’shish” mavzusini umumlashtiruvchi dars . Og’zaki hisoblashlardan maqsad – o’quvchilarning dars davomida fikrini to’plab ishlay olishga o’rgatish. Dars davomida oldin olingan bilim, ko’nikma va malakalarni mukammallashtirish. Dars tizimi:
Dars jihozi: yo’nalish varag’i ( Ilova 1) , prezentatsiya ( Ilova 2), tarqatma, bort jurnali. Darsning borishi
Salom, bolalar. Bugungi darsimiz oddiy emas. Bu dars sizga nafaqat yangi va qiziq ma’lumotlar beradi, balki o’tilgan, har xil ishorali sonlarni qo’shish va ayirish mavzusini takrorlashga yordam beradi. Bizning darsimiz kosmik sayohat shaklida bo’ladi. Bu sayohatimizni ana bu kosmik kemada ( slayd 2) Siz bort jurnalingizda hisobotingizni tuzasiz va qilingan ishlaringizni, kuzatgan , bajargan ishlaringizni qayd qilib borasiz. Dars shiori: “ Yo’lni biladigan yolovchi topib boradi , matematikani esa fikrlaydigan.” Siz har xil sayyoralarda sayohatda bo’lasiz. “Tarix” sayyorasiga to’xtab o’tasizundan so’ng “Tenglama” sayyorasiga kirib o’tasiz va boshqa sayyoralarga ham sayohatda bo’lasiz Sayohatdan oldin men sizlarni rus matematik olimi Aleksandr Mordkovichning so’zlariga e’tibor berishlaringizni so’rar edim.(Slayd 3) “Kim yoshligidanoq matematika bilan shug’ullangan bo’lsa, o’sha diqqatini rivojlantiradi, aqlini charxlaydi, irodasini mustahkamlaydi, maqsadga erishish uchun o’zida tirishqoqlikni va intizomni tarbiyalaydi” Ana shu bizning darsimizga kerak bo’ladi: qo’yilgan maqsadga erishish uchun bizga diqqat, qat’iylik, tirishqoqlik. Download 95,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling