Сложение и вычитание положительных и отрицательных чисел


Darsga qo’yilgan maqsad va vazifalar


Download 95.5 Kb.
bet2/4
Sana08.10.2023
Hajmi95.5 Kb.
#1695354
1   2   3   4
Bog'liq
16571 (1)

2. Darsga qo’yilgan maqsad va vazifalar.
3. Olingan bilim va malakalarni amalada qo’llay bilish.
Har biringizga yo’lovchi varaqasi beriladi ( Ilova 1) ilovada qaysi sayyorada bo’lishingiz va berilgan topshiriqlarni bajarish uchun qaysi sayyoralarga sayohat qilishingiz ko’rsatilgan.
O’qituvchi: Lekin, yo’nalishli varaqdan foydalanish uchun siz og’zaki sinovdan o’tishingiz kerak.
Og’zaki sinov:
1.Sonlarni taqqosla:
а) -58 va 145; b) 63,2 va -62,3; v) -8,58 va -8,5; g)   va -0,5
Sonlarni taqqoslashda siz qanday qonuniyatlardan foydalandingiz?
2.Hisoblang:

  1. -22 + 35 -3,7 + 2,8 1,5 + (-6,3)

  2. 8,2 + (-8,2) 22 - 27 -13 - 8

  3. 19- (-2) -27 - (-3) -35 + (-9)

Manfiy va musbat sonlarni qo’shish ayirishda siz qanday qoidalardan foydalandingiz?
O’qituvchi: Biz sayohatimiz muvafaqqiyatli bo’lishi uchun bu qoidalarni takrorladik. Bu og’zaki sinovdan siz muvaffaqiyatli o’tdingiz deb o’ylayman va bizning sayohatimiz boshlanadi. Oq yo’l, do’stlar! Endi qo’lingizga yo’nalish ko’rsatilgan varaqlarni oling va sayohatimiz qayerdan boshlanishini ko’ring.
Tog’ri, bizning sayohatimiz “Tarix ” sayyorasidan boshlanadi.
Boshqa sayyoraga o’tish uchun “Tarix” sayyoraga to’xtamasdan boshqa sayyoraga o’tish mumkin emas. Shuning uchun “Tarix” sayyorasiga to’xtab manfiy va musbat sonlarning paydo bo’lish tarixini o’rganamiz.
Manfiy va musbat sonlarning paydo bo’lishi haqida
Manfiy sonlardan kishilar juda qadim zamonlardanoq o'z faoliyatlarida foydalanganlar. Manfiy sonlarni «qarz», musbat sonlarni esa «mol-mulk» ma'nosida ishlatganlar. Xitoylik olim Jan Sanning eramizdan uch asr awal yozilgan asarlaridan birida «Qarz ustiga yana qarz qo'shilsa, natijada qarz hosil bo'ladi» deyiladi. Manfiy va musbat sonlarni bir-biridan ajratish uchun ularni turli rangdagi siyohlarda yozishgan. Manfiy sonlar ustidagi amallar qadimgi yunon olimi Diofant, hind olimi Braxmagupta (598—660) asarlarida uchraydi. Bizning yurtimizda «musbat son» va «manfiy son» atamalari Mirzo Ulug'bekning shogirdi, Mirzo Ulug'bek ilmiy maktabining yirik vakili, buyuk olim Ali Qushchi tomonidan «Kitob-ul-Muhammadiya» asarida keltirilgan. Ali Qushchi yozadi: «Shuni bilish kerakki, har bir son musbat yoki manfiy bo'b'shi mumkin».
Ali Qushchi sonlarni ko'paytirishni ta'riflab, ushbu tengliklarning o'rinli bo'lishini ko'rsatgan:
(+ a) • (-b) = -ab; (-a)•( + b) = -ab; (-a) • (-b) = + ab.
Manfiy sonlarni son o'qida noldan chap tomonda tasvirlash gollan-diyalik matematik A. Jirar (1595—1632) va mashhur fransuz olimi R.Dekart (1596—1650) asarlarida bayon etilgan.

Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling