Smart-shartnomalar haqida tushuncha


Download 0.82 Mb.
Sana04.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1162409
Bog'liq
Smart-shartnomalar haqida tushuncha Abduhalimov

Smart-shartnomalar haqida tushuncha

IKT fanidan mustaqil ish


Bajardi:Abduhalimov muhammadaziz

Raqamlashtirish va moliyaviy texnologiyalarning joriy etilishi dunyoning aksariyat mamlakatlari iqtisodiyoti, moliya bozorlaridagi mavjud holatlarni tubdan oʻzgartirmoqda

Yangiliklar va zamonaviy infratuzilma tufayli ilgari shaxsiy ishtirok va koʻp vaqt talab qilgan koʻplab operatsiyalar, endilikda “bitta tugmani bosish” orqali bir necha daqiqada amalga oshirilishi mumkin boʻlib qoldi. Xususan, bu imkoniyat fuqarolik munosabatlaridagi kelishuvlar, turli shartnomalarini tuzishga ham taalluqlidir.

Informatikaning taraqqiyoti natijasida kundalik hayotimizga smart shartnoma tushunchasi kirib keldi. Bu atama gʻoyasi ilk bor AQSHlik informatika, kriptografiya va huquq boʻyicha mutaxassis Nika Sabo tomonidan 1994-yilda ilgari surilgan boʻlib, u mazkur shartnomani “Tomonlar oʻrtasidagi majburiyatlarning raqamli vakili, shu jumladan ushbu majburiyatlarni bajarish uchun protokol”, deb taʼriflaydi.

Olimlar esa uni ikki xil talqin qilishadi: «Smart shartnoma» va «Huquqiy smart shartnoma». Smart shartnoma oldindan belgilangan funksiyalarga koʻra, muayyan holat yoki shart vujudga kelsa, avtomatik tarzda ishga tushadigan kompyuter kodini anglatadi. Kod taqsimlangan registrda saqlanishi va qayta ishlanishi hamda unga har qanday natijaviy oʻzgarishlar yozilishi mumkin.

Huquqiy smart shartnoma tushunchasi esa ikki va undan ortiq tomonlarning oʻzaro, programmali kod yordamida shakllantirilgan va avtomatizatsiyalashtirilgan qonun doirasidagi kelishuvi sanaladi. Oddiy til bilan aytganda, aqlli shartnoma zamonaviy axborot tehnologiyalar yordamida yaratiladigan virtual shartnoma boʻlib, anʼanaviy shartnomaning yangi avlodidir.

Xulosa qilib aytganda, zamonaviy tendensiyalar shuni koʻrsatmoqdaki, smart shartnomalar tobora ommalashmoqda, ulardan foydalanish qulayligi ortmoqda, xorijiy mamlakatlarda aqlli shartnomalar yordamida texnologiyalarni takomillashtirish ustida alohida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bunday shartnoma vositachilarsiz tez va turli kelishuvlar tuzishga imkon beradi. Aqlli shartnoma mexanizmi uchinchi shaxslar va vositachilarning (notariuslar, huquqshunoslar) ishtirokini minimallashtirishga qaratilgan hamda moddiy jihatdan, bunday shartnomalar koʻproq foydaliroqdir. Shuningdek, smart shartnomalar inson va moddiy resurslarni tejashi va kelishuv shartlarining bir tomonlama oʻzgartirilishiga yoʻl koʻyilmasligi hamda shartlarning sharhlash extiyojisiz aniq, asosli va qonuniy yozilishi bilan ham ahamiyatlidir.

Etiboringiz uchun raxmat


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling