Galaxy S5 haqida yangi ma`lumotlar - Kecha Samsung kompaniyasi o`zining yangi Galaxy S5 Flagman smartfonini taqdim etgandi. Bugun shu smartfon haqida yangi ma`lumotlar aniqlandi. Samsung kompaniyasining oldingi smartfonlarida TouchWiz interfeysi xotiraning katta hajmini egallaydi va ko`pchilik yangi Galaxy S5 smartfonida ushbu noqulaylik bartaraf etiladi deb o`ylagandi, ammo afsuski o`ylaganday bo`lib chiqmadi. 16 Gb xotiradan bizga faqatgina 8.4 Gb ishlatish uchun berilgan taqqoslash uchun Nexus 5 smartfonida 16 Gb xotiradan 12.16 Gb bizga ishlatish uchun berilgan, demak TouchWiz interfeysi va Samsung servislari 3.76 Gb xotirani egallab turibdi. Galaxy S5 smartfonida 2 800 mAh hajmga ega akkumulyator o`rnatilgan, bir zaryad davomida biz 10 soat veb serfing yoki 12 soat video ko`rish holatida smartfonni ishlatishimiz mumkin. Smartfonning yana bir yangilik tomoni bu Ultra Power Saving Mode funksiyasidir. Bu funksiya yoqilganda smartfon ekrani qora-oq holatga o`tadi. Biz bu holatda faqat qo`ng`iroq qilishimiz yoki sms yozishimiz mumkin. Shunaqa holatda smartfon 10% zaryad bilan 24 soat ishlashi mumkin ekan. Quyidagi videoda uhsbu funksiyani ko`rishingiz mumkin.
Tayvanning “Polytron” kompaniyasi birinchi butunlay shaffof smartfon yaratganligini e'lon qildi. Lekin bu telefon keng sotuvga chiqarilishi haqida ma'lumot bergani yo‘q. - “Polytron Technologies” kompaniyasi dunyodagi birinchi butunlay shaffof smartfon prototipini namoyish etdi.
- Shaffof smartfon asosan oynadan yasalgan bo‘lib, uni yaratishda shaffof va egiluvchan elektron tarkibiy qismlardan foydalanilgan, sensorli interfeys o‘rnatilgan.
- Smartfon korpusi ortidan bir qancha shaffof bo‘lmagan tarkibiy qismlar – montaj platasi, SIM-karta va xotira kartasi uchun slotlar va fotokamera ko‘rinib turadi.
- “Polytron” ushbu smartfon texnik xarakteristikalari haqida hyech qanday axborot bermadi. Hozircha unga qanday operatsion tizim o‘rnatilgani, mikrorsxemalari va fotokamera xarakteristikalari to‘g‘risida biror ma'lumot taqdim etilmadi.
- “TomsHardware” nashriga ko‘ra, “Polytron” chiqargan bu smartfon Barselonada o‘tadigan “Mobile World Congress (MWC) 2013” ko‘rgazmasida rasman taqdim etiladi.
- Dastlabki namoyish chog‘ida shaffof smartfonlar dunyo bozorlariga chiqarilishi haqida alohida xabar aytilgani yo‘q. Lekin kompaniya direktori o‘rinbosari Serena Chen so‘zlaridan anglashildiki, shaffof telefonlar shu yilning o‘zidayoq sotuvga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |