Smm asosida tadqiqot loyihalarini boshqarish. Youtube saytida kanal ochish
Download 0.72 Mb.
|
Smm asosida tadqiqot loyihalarini boshqarish. Youtube saytida ka
- Bu sahifa navigatsiya:
- Egallanadigan bilim va kо‘nikmalar
- О‘qitish shakllari
- O‘QING: Gmail akkauntni o‘chirish va qayta tiklashni bilasizmi
- Vash kanal
- Upravleniye kanalami
- Nastroyki
- V. Mavzuni mustahkamlash VI. Baholash VIII. Uy vazifasini berish
SMM ASOSIDA TADQIQOT LOYIHALARINI BOSHQARISH. YOUTUBE SAYTIDA KANAL OCHISH Maqsad: О‘quvchilarda Youtube saytida kanal ochish, о‘z tadqiqot loyihalarini harakatlantirish bо‘yicha bilim va kо‘nikmalarini hosil qilish. Dars turi (shakli):Aralash (nazariy va amaliy). Dars rejasi: 1.YouTube saytida shaxsiy kanal ochish. 2.YouTube saytida shaxsiy kanalni sozlash. 3.YouTube saytida kanalga video joylashtirish. Egallanadigan bilim va kо‘nikmalar: • YouTube saytida shaxsiy kanal ocha oladi; • YouTube saytida shaxsiy kanalni kerakli holatda sozlay oladi; • YouTube saytida kanalga tadqiqot loyihasiga doir videolarni joylashtira oladi. Darsning texnologik xaritasi: III. Qiziqtirish (motivatsiya) О‘quvchilarni dars mavzusi bilan qiziqtirish. Sinf doskasida sana, mavzu va qiziqtirish uchun savollar yoziladi. Har bir qatorga 1 tadan savol tashlanadi va “Munozara” metodi yordamida javoblar tahlil qilinadi. О‘qitish shakllari:Sinfda ishlash, guruhda ishlash, yakka tartibda ishlash. О‘qitish metodi va texnologiyalari: Munozara, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash, loyihalash metodi. IV. Mavzuni tushuntirish YouTube servisida Google akkauntingiz bilan ro‘yxatdan o‘tishingiz (avtorizatsiya qilishingiz) lozim. Agarda haliyam akkauntingiz yo‘q bo‘lsa, «Voyti» tugmachasini bosib, keyin «Sozdat akkaunt»ni tanlab, uyog‘iga tizim ko‘rsatmalariga rioya qilsangiz, tezda akkaunt ochib olasiz. Google akkauntingiz bilan YouTube’ga kirganingizdan keyingina kanal ochishga kirisha olasiz. Mazkur xostingda ikki xil videokanal ochsangiz bo‘ladi: shaxsiy (o‘z nomingiz bilan) hamda shaxsiy bo‘lmagan (istalgan nom bilan). O‘QING: Gmail akkauntni o‘chirish va qayta tiklashni bilasizmi? Demak, yuqoridagi ikki xil kanal ochish usullarini va ularning o‘ziga xosliklarini, keyin esa kanalni ishga tayyorlashni ko‘rib chiqamiz. YouTube’da shaxsiy kanal ochish Agarda siz o‘z videoblogingizni yaratmoqchi bo‘lsangiz, aynan mana shu variant to‘g‘ri keladi. Uning nomi hamda belgisi ham xuddi o‘zingizning Google profilingizdan avtomatik tarzda olinadi. Siz bitta akkauntingiz doirasida faqat bittagina shaxsiy YouTube-kanal ocha olasiz. Buning uchun YouTube interfeysining yuqori o‘ng burchagidagi o‘z profilingiz belgisi ustiga sichqoncha bilan cherting. Agarda pastga ochilgan menyuda «Vash kanal» bandi ko‘rinsa, demak – tizim allaqachon siz uchun uni ochib qo‘yibdi ekan: Bungacha siz YouTube’da biror rolikka izoh yozgan yoki pleylist yaratgan bo‘lsangiz shunaqa – tizim siz uchun kanalni ham tayyorlab qo‘yadi. «Vash kanal»ni bosib, o‘z kanalingizni boshqarishni boshlashingiz mumkin. Bordiyu profilingiz belgisi ustiga bosganda pastga ochilgan menyuda «Vash kanal» emas, balki «Sozdat kanal» bandi ko‘rinsa – tizim sizga kanal tayyorlamagan ekan: Boshqa nomda YouTube-kanal yaratish Bunday kanallar o‘z ismidan boshqa nomda videoblog yaratishni istagan vlogerlarga, shuningdek, turli tashkilotlarning va brendlarning kanallarini ochishda kerak bo‘ladi. Ularning shaxsiy videokanallardan farqlari – shaxsiy bo‘lmagan kanalning nomini va belgisini mustaqil tanlay olasiz; uni faqat o‘z profilingizdan emas, balki mualliflar jamoasi tomonidan ham boshqarish imkoni bo‘ladi. Demak, shaxsiy bo‘lmagan kanal ochish uchun YouTube interfeysidagi «Upravleniye kanalami» bo‘limini ochib, «Sozdat kanal» belgisini bosasiz. Keyin ochilgan sahifada bo‘lajak kanal nomini kiritasiz va «Sozdat» tugmachasini bosasiz. Videokanal nomini keyinchalik, istalgan paytda o‘zgartirish imkoni bo‘ladi. Agarda kanalni bir necha kishi bo‘lib boshqarishni rejalashtirsangiz, u holda kanal profili ustiga chertasiz va chap tomondagi ro‘yxatdan «Nastroyki»ni topib, ustiga bosasiz. Yangi ochilgan YouTube‑kanalni ishga tayyorlash Agarda yangi kanalni ochish jarayonida YouTube sizdan o‘z akkauntingizni telefon raqamingiz orqali tasdiqlashni so‘ramagan bo‘lsa, buni mana bu havola orqali maxsus sahifada o‘zingiz amalga oshiring. Aks holda, kanalingizda YouTube’ning ayrim funksiyalaridan foydalana olmaysiz. Masalan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar qilish, 15 daqiqalikdan oshuvchi videoroliklar joylash imkoni bo‘lmaydi. Servis foydalanuvchilarining diqqatini tortishi uchun kanalingizning qiyofasini sozlang. Buning uchun profil belgichasi ustiga chertib, menyudagi YouTube‑kanalingiz nomi, keyin esa «Nastroit vid kanala» bandini bosasiz. Ushbu bo‘limda siz kanalingiz belgichasi (ikonka), muqovasi (oblojka), tavsifi (opisaniye), shuningdek, o‘z saytingizga va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaringizga eltuvchi havolalar qo‘shishingiz mumkin bo‘ladi. V. Mavzuni mustahkamlash VI. Baholash VIII. Uy vazifasini berish Uy vazifasi – 29 bet, takrorlash uchun savollarga javob yozish. Savol va topshiriqlar: 1. YouTube saytida kanal qanday ochiladi? 2. YouTube saytida bir nechta kanal ochish mumkinmi? 3. Videorolik tayyorlashda nimalarga ahamiyat berish kerak? 4. Tadqiqot loyihasi doirasida tayyorlangan video qanday joylashtiriladi? 5. YouTube saytidagi videolar bo‘yicha mualliflik huquqlarini himoya qilish mumkinmi? 6. Yuklangan videolarni ko‘rish auditoriyasini chegaralash mumkinmi? Amaliy mashg‘ulotda guruh bilan hamkorlikda bajarilgan ishlarni mustaqil ravishda bajarish (individual loyiha tayyorlash). Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling