Smm cheklist[najottalim uz]
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
SMM chek list 1
10-qadam:
Targeting. Sotuvni oshirish uchun reklama yoqishni ham o’rganishingiz kerak bo’ladi. Targetingni o’zlashtirish orqali siz sotuvlarni sezilarli darajada oshira olasiz. 11-qadam: PR va influencer marketing. Brendingiz tanilishi va odamlar ishonchini qozonishi uchun PR instrumentlaridan faol foydalanishni o’rganishingiz lozim bo’ladi. 12-qadam: Qo’shimcha instrumentlar. Yuqoridagi ko’nikmalarni o’zlashtirib uni tatbiq qilish uchun ba’zi dasturlarni o’zlashtirish kerak bo’ladi. Xususan, Canva, Google sheets, Trello va boshqalar bular sizga jamoada va mijozlar bilan ishlashingizni osonlashtiradi. 13-qadam: Tizimlashtirish va boshqaruv. Ko’nikmalaringiz va ishlaringiz ko’payishi bilan sizda jamoadoshlarga ehtiyoj yoki sheriklar kerak bo’la boshlaydi. Mijozlaringiz ham ko’payishi bilan barcha narsani tizimli ravishda boshqarmasangiz, tartibsiz ish grafiki va ishlar sizni orqaga torta boshlaydi, ko’p muammolarga duch kelib, xatolarni o’tkazib yubora boshlaysiz. Buni oldini olish uchun boshqaruv va task, time menejment ko’nikmalarini o’rganish lozim. 14-qadam: Soft ko’nikmalar. Yuqoridagi ko’nikmalarni bilganingiz ularni bilishingizni ham ko’rsatib bera olishingiz kerak. Mijozlar oldida dovdiramasdan va tutuqlarsiz gapirishni, xizmatlaringizni pullashni, kelishuvlar olib borishni, shartnomalar yuritishni o’rganishingiz, katta davralarda o’zingizni mutaxassisdek tuta bilishingiz kerak bo’ladi. Yuqoridagi qadamlar orqali, siz bozorda deyarli junior mutaxassis bo’lib yetisha olasiz. Ammo, katta loyihalarda ishlash uchun tajriba kerak bo’ladi. O’rganish jarayonida yangiliklar va muammolar chiqib turishi tabiiy jarayon ularni mustaqil yengib o’tishga va yengilib qolmaslikka harakat qiling. O’zingizni o’zingiz rivojlantiring, behuda vaqt sarflashdan tiyiling. Kuchli mutaxassisingiz va jamoangiz bo’lganda o’yin o’ynash va ko’ngilxushlik uchun ko’p vaqtingiz bo’ladi) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling