Smm cheklist[najottalim uz]
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
SMM chek list 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketing nazariyasi
SMM kasbini o’zlashtirish uchun chek list Abduvosiq Abdumalikov Bo'limlar: 1. Kirish 2. SMM va internet marketingni o’rganishdagi ketma-ketlik 3. Ko’nikmalarni bepul o’rganish uchun manbalar 4. Ishga joylashish va xizmatni sotish bo’yicha layfhaklar Kirish Avvalo, bu sohani o’rganishni maqsad qilib eng to’g’ri qarorlardan birini qabul qilibsiz. Sababi, SMM va internet xizmatlari mana bir necha yillardan buyon to’xtovsiz rivojlanib kelmoqda. Buning sabablari esa hayotimizda internet va ijtimoiy tarmoqlarning o’rnidir. smartinsights.com va boshqa manbalar keltirgan statistikaga ko’ra bir kun davomida bir necha soatlarimizni ijtimoiy tarmoqlarda o’tkazamiz. Har bir insonning qo’lida zamonaviy smartfon va gadjet bor ekan, u albatta qaysidir tarmoqda aktual foydalanadi. Sababi, oxirgi yangiliklar, ma’lumotlar, xabarlarning barchasi endi internet orqali yoyilmoqda. Bu sohani o’rganar ekansiz sizdan to’xtovsiz izlanishlar, o’z ustingizda doimiy ishlab borish va xorijiy tillarni o’rganish talab etiladi. Shu sabab, ushbu cheklistdan oqilona foydalanib, ma’lumotlarni qunt bilan o’rganishga, oʻrganganlaringizni mustahkamlash mustaqil izlanishga ham harakat qiling. Marketing nazariyasi Marketing - bozorni o’rganish va iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi har bir harakatlar yig’indisidir. F.Kotler Marketing tushunchasi juda keng tushuncha bo’lib, u bizning hayotimizdagi har bir jarayonga singib ketgan. Sotib olgan kiyimlarimiz, bizga qulaylik qilish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ovqatlarni buyurtma qilishimiz, to’lagan pulimizdan bizga cashback qilib berishlari, kompyuter xonalarga borishimiz, o’ynayotgan o’yinimizdagi kiyimlarning barcha barchasi bizning ehtiyojimiz va qiziqishlarimizni moliyalashtirish ustiga qurilgan. Biz o’z qiziqishlarimiz va ehtiyojlarimizni amalga oshirish uchun pul to’lab boramiz, marketingni asosiy vazifasi esa ushbu qiziqish va ehtiyojni aniqlash va uni mahsulot yoki xizmat orqali qondirish hamda buning evaziga esa foyda olishdir. Talab va taklif o'rtasidagi munosabatlar - marketing Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling