Smp tizimlar numa tizimlari mpp tizimlar


Download 25.44 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi25.44 Kb.
#1556282
1   2   3   4
Bog'liq
17- маъруза

Operatsion tizimi-Odatda butun tizim xuddi SMP tizimlari kabi yagona operatsion tizim orqali boshqariladi.
Imkoniyat va kamchiliklari- NUMA-tizimlar o’z parametrlariga ko’ra SMP tizimlar bilan deyarli o’xshash. Uning vazifasi – past masshtablashtirish kabi kamchilikni qisman bartaraf qilishdan iborat. Bunga virtual umumiy xotirani yaratish orqali erishilgan. Masshtablashtirish ma’lum tartibda o’sib boradi, lekin buning uchun qurilmaviy va dasturiy ta’minotni sotib olishga to’g’ri keladi.
Qurilma sifatiga yuqori darajadagi talablar qo’yiladigan yagona kommunikatsion muxit paydo bo’lishi xisobiga murakkablashadi. Dasturiy ta’minot esa asosan arxitektura xususiyatlarini xisobga olgan yangi operatsion tizim yaratishga bo’lgan talabga ko’ra murakkablashadi.
3.MPP-tizimlar
Umumiy parallelizmli tizimlar (MPP- Massive Parallel Processing) fizik va mantiqiy bo’lingan xotirali ko’plab tugunlar borligi bilan farqlanadi.

Xar bir tugun alohida kompьyuterni o’zida aks ettiradi. Bu tugunlar maxsus yuqori tezlikli kommunikatsion muxit yordamidaa birlashtiriladi.
Masshtablashtirilishi- Masshtablashtirilishi yuqori darajada bo’lib, buni tugunlarning qisqa qilib ulaniganligi va kommunikatsion muxit ko’p miqdordagi tugunlarni bog’lab berishi mumkinligi bilan isbotlash mumkin. Bunday real tizimlardagi protsessorlarning umumiy soni bir necha minglab bo’lishi mumkin (ASCI RED, Blue Mountain).
Operatsion tizim- Ikki asosiy varianti mavjud:
To’liq operatsion tizim faqat boshqaruvchi mashinada ishlaydi (front-end), xar bir tugunda esa parallel dasturlar iplari ishini ta’minlovchi opertsion tizimning qisqartirilgan varianti ishlaydi. Masalan: Cray T3E.
Xar bir tugunda UNIX va unga o’xshash operatsion tizimning to’liq versiyasi ishlaydi (klasterli yondoshuvga yaqin varianti). Masalan: xar bir tugunga aloxida o’rnatiladigan. IBM RS/6000 SP + OS AIX
Kamchiliklari-Umumiy xotiraning yo’qligi protsessorlar orasidagi ma’lumot almashish tezligini sezilarli darajada pasaytiradi. SHuningdek, protsessorla o’rtasidagi xabar almashishga mo’ljallangan ma’lumotlarni saqlash uchun umumiy muxitning yo’qligi. Protsessorlar orasida xabar almashishni taqdim etuvchi maxsus dasturlash texnikasi talab qilinadi.
Xar bir protsessor faqat lokal xotira bankidan cheklangan xajmda foydalanishi mumkin.
Yuqoridagi arxitektura kamchiliklari oqibatida tizim resurslaridan maksimal foydalanish talab etiladi. Aynan shuning uchun ham bo’linuvchi xotirali massiv-parallel tizimlarning dasturiy ta’minot narxi yuqori bo’ladi.
PVP-tizimlar

Download 25.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling