So ̳nggi yillarda mamlakatimiz hayotining ijtimoiy-iqtisodiy sohalari qatori o ̳zbekiston ta‘lim tizimida ham modernizatsiya jarayoni jadal kechmoqda
Download 21.23 Kb.
|
irpsh
Kirish. So ̳nggi yillarda mamlakatimiz hayotining ijtimoiy-iqtisodiy sohalari qatori O ̳zbekiston ta‘lim tizimida ham modernizatsiya jarayoni jadal kechmoqda. Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy-intellektual hamda moliyaviy resurslarni to ̳liq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanish, istiqbolda ilm-fanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yo ̳nalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko ̳tarish maqsadida, shuningdek 2017 —2021-yillarda O ̳zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo ̳nalishi bo ̳yicha Harakatlar strategiyasini ―Ilm, ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida amalga oshirishga oiddavlat dasturigamuvofiq:“Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi‖1ishlab chiqildi. Bu konsepsiyaga binoan barcha ta‘lim sohalari kabi maktabgacha ta‘lim tizimida ham keng ko‘lamli modernizatsiya jarayoni amalga oshiriladi. Rivojlangan davlatlarning nostandart, mentalitetimizga mos strukturalarini maktabgacha ta‘limga olib kirish va uni qo‘llash metodikalarini tadbiq etishning usullarini o‘rganish yo‘lga qo‘yiladi.―Bizning davrimiz faol axborotlashtirish, kompyuterlashtirish va robototexnika davri.Texnologik yutuqlar tobora ko'proq inson hayotining barcha sohalariga kirib bormoqda, zamonaviy texnologiyalar kattalar va bolalar orasida qiziqish uyg'otmoqda.Bola tabiatanixtirochi va tadqiqotchi.Tabiatga xos bo'lgan bu xususiyat, ayniqsa, bolalar sevadigan faoliyat turi tashkil etilsa, bolalardagi ixtirochilik qobiliyati tezdatakomillashadi. Bunga esa maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida noan‘anaviy bo‘lgan faoliyat turlarini tashkil etish bilan erishamiz― –deb ta‘kidlashadi Amerikaning Taft universiteti professor o‘qituvchilari.―Maktabgacha ta'lim amaliyoti ko'rsatganidek, bolalar noan‘anaviy faoliyatining yetakchi va afzal turlaridan biri bu faoliyatning o‘yin va tayyor o‘yinchoqlar bilan tashkil etilganidir.Biroq, tayyor qoidali o‘yinlar va tayyor o'yinchoqlar bolani o'zini o'zi yaratish imkoniyatidan mahrum qiladi.Ammo noan‘anaviy faoliyat tashkil etib, bu faoliyat jarayonida maktabgacha yoshdagi bola o‘yinni va o‘yinchoqni o‘zi yaratsa, bola uchun yangi dunyo ochiladi. Bu dunyo ixtirochilar dunyosidir‖ -deb yapon ixtirochi olimi Musaru Ibaku eslatib o‘tadi.Rivojlangan davlatlar pedagoglari va psixologlar noan‘anaviy faoliyatlarning maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishidagi ahamiyati haqida N.N. Poddyakov, A.N.Davidchuk, Z.V. Lishtvan, L.A. Paramonova, L.V. Kutsakova va boshqalar doimo ilmiy izlanishlar olib borishadi.Poddyakov N.N.―noan‘anaviy faoliyatlarbolaning aqliy rivojlanishida muhim rol o'ynaydi‖, deb o‘zining izlanishlarida fikr bildirdi.Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‘lim va tarbiya berishda nostandart yondashuvlarni o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, pedagogik rahbarlik ta'siri ostida bolalar rejaga muvofiq harakat qilishni boshlaydilar.Noan‘anaviylik kontseptsiyasi nafaqat faoliyatning yakuniy natijasini, balki yaratish usullarini ham aks ettiradi.Konstruktiv muammolarni hal qilishda bolalarning faoliyatlar jarayonida ijodkorlik elementlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Buning uchun esa tarbiyachi birinchi navbatda kreativ bo‘lib, o‘zi uchun faoliyat nima, noan‘anaviy faoliyatning asl mohiyati nimada hamda noan‘anaviy faoliyatlarni tashkil etishning prinsiplarini mukammal o‘rganmog‘i lozim.Bugungi tez o'zgaruvchan iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy hayot o'quvchi yoshlar dunyoqarashini shakllantirishda yangi pedagogik interfaol metodlardan keng foydalanishni taqozo qiladi, An'anaviy mashgulotlar olib borish asta sekin o'z o'rnini intensiv va interfaol metodlarga, noan'anaviy dars o'tish shakllariga bo'shatib bermoqda. Ta'lim - tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash, avvalo, pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirishni talab etadi. Chunki uni amalga oshirmay turib qo'llangan har qanday texnologiya kutilgan samarani bermaydi. Ta'lim-tarbiya jarayonining doimiy ravishda optimallashib borishi dars berish jarayonida qo'llanilayotgan yangi va takomillashib borayotgan pedagogik texnologiyalarning turli yo'nalish va maqsadlarda qullanilayotganligiga bog'liq. Har bir pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi pirovard natijaga erishish yo'llarini bandma-band aniqlash va unga suzsiz erishishdan iborat. Respublika oliy ta lim muassasalarining bakalavriat va magistratura yo'nalishlarida turli ixtisosliklar bo'yicha tayyorlanayotgan kadrlaming intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashini boyitishda ularni zamonaviy axborot-kommunikatsion hamda pedagogik texnologiyalar bilan yaqindan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Oliy ta’lim muassasalaiida “Axborot texnologiyalari” va “Pedagogik texnologiya” fanlarining o'qitilayotganligi bo'lajak mutaxassislami zamonaviy, so'nggi rusumdagi kommunikatsion texnologiyalaming texnik, pedagogik texnologiyalaming didaktik imkoniyatlaridan xabardor bo lishlari uchun sharoit yaratib qolmay. kasbiy faoliyatda ulardan samarali foydalanish borasidagi ko’nikma, malakalarining mustahkamlanishini ta’minlamoqda. Ayni vaqtda “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” fani oliy o'quv yurtlarining magistratura bosqichida o'qitilavotgan bo'lib magistrlar tomonidan o' zlashtirilayotgan kasbiy bilim, ko’nikma, malakalami yanada rivojlantirish, pedagogika yo'nalishida ilmiytadqiqotlarni olib borish, shuningdek, ulaming kuchli raqobat mavjud bo'lgan melinat bozorida o’z o'rinlarini topa olishlariga yordam beradi. Fan doirasida magistrlar pedagogik texnologiya nazariyasining muhim asoslari bilan tanishadi. kasbiy faoliyatda pedagogik texnologiyalami samarali, inaqsadli qo llashni o rganadi, ta lim-tarbiya jarayonlarini loyihalashtirish, texnologiyalashtirish ko‘nikma-malakalarini puxta o'zlashtiradi. Shuningdek, magistrlar pedagogik texnologiyaning muhim tarkibiy qismlaridan bo'lgan pedagogik mahorat va teatr pedagogikasining muhim g’oyalari, ustuvor tamoyillari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ladiki, bu holat ulaming kasbiy kamolotga erishishlari uchun mustahkam zamin hozirlaydi. Noan’anaviy ta’lim aniq bir mavzudan uzoqlashmagan holda, innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda, turli ta’lim metodlaridan foydalanib mashg’ulotni tashkil etishdir. An’anaviy ta’lim - ta’lim tizimining negizidir. Uni noan’anaviy qilish uchun esa talabalarni qiziqtiradigan yangi texnologiyalaridan foydalanish kifoya. Davr shiddat bilan o’zgarib borayotganligi sababli maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish uchun nostandart, noan’anaviy yondashuvni talab qiladi. Bizning davrimizda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил №7) ISSN 2181-1709 (P) 146 Education and innovative research 2022 y. №7 berishni tashkil etishning yangi shakllari va usullarini izlash nafaqat tabiiy hodisa, balki zaruriy hodisa hamdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida har bir bolaning faol ishtirokini ta’minlaydigan, ularning diqqatini chorlaydigan, bolalarning shaxsiy javobgarligini oshiradigan, mustaqil tarzda ish qobiliyatini shakllantiradigan faoliyatlarni tashkil eta olish dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Buni nostandart, noan’anaviy ta’lim va tarbiya shakllari texnologiyasi orqali muvaffaqiyatli hal etish mumkin. Noan’anaviy faoliyatlarning vazifalari: bolaning rivojlanish darajasini yaxshilash; insonning axloqiy fazilatlarini, qarashlari va individulliligini shakllantirish; tarbiyalanuvchilarda bilimga qiziqish, ijodkorlik, iroda, his-tuyg’ular, bilim qobiliyatlarini rivojlantirishga o’rgatishda - nutq, xotira, e’tibor, tasavvur, idrok. Ta’limni noan’anaviy tashkil etish shakllari hozirgi vaqtda maktabgacha ta’lim muassasalari amaliyotida eng samarali qo’llanilmoqda. Darsning noan’anaviy shakllari, qoida tariqasida, bitta yoki bir nechta mavzularni, mashg’ulotlarni o’rgangandan so’ng, mustahkamlash funktsiyalarini bajarish uchun amalga oshiriladi. Bunda birinchi navbatda ta’lim muhiti o’zgartiriladi. Xato qilish qo’rquvi tufayli an’anaviy sharoitda paydo bo’ladigan ruhiy to’siqni yo’q qiladi va bajarilgan ish natijalarini sarhisob qilishda bayramona muhit yaratadi. Darsning noan’anaviy shakllari guruh yoki sinfning barcha talabalarining majburiy ishtiroki bilan amalga oshiriladi, shuningdek,maktabgacha yoshdagi bolalar ko’ruv va eshituv analiztorlarining tez refleksiv tarzda harakatlanishi bilan ajralib turadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi blalar uchun noan’anaviy faoliyatlarni tashkil etish faoliyatlarda uslubiy, pedagogik va psixologik xarakterdagi maqsadlarga erishish mumkin. Bular quyidagilar: talabalarning ma’lum bir mavzu bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilinadi; maktabgacha yoshdagi bolalarning faoliyatlarni jiddiy qabul qilish ko’nikmasi vujudga kelib, ijodiy muhit tashkiletiladi; tarbiyachi faoliyat davomida minimal ishtirok etadi; Ta’lim jarayonining pedagogik samaradorligini pasaytiradigan noan’anaviy faoliyatlarning kamchiliklariga quyidagilar kiradi: Ijobiy o’zgarishlar - bilim va ko’nikmalar sifatining oshishi, talabalar rivojlanishidagi siljishlar prognozining yo’qligi. Hamma tarbiyachilar faoliyatlarning asosiy g’oyasini, uning rivojlantirvchi imkoniyatlarini aniqlay olmaydilar; Reproduktiv ta’lim texnologiyalarining tarqalishi. Ta’lim jarayonining mazmuniga emas, balki asosan uni tashkil etish shakliga e’tibor beriladi. Ba’zi bir faoliyat turlarida haddan tashqari didaktik materiallar ortiqcha yuklanadi; Faoliyatlar doimo integratsiyalashgan, ko’ngil ochar shaklda tashkil etiladi. Bu kabi faoliyatlarda alohida tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lmagan faktik materiallar bilan ishlash ustunlik qiladi; Noan’anaviy faoliyatlarni tashkil etishda qo’yiladigan talablar. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyachi, pedagoglari, psixologlari noan’anaviy faoliyatlarni tashkil etishda bir necha talablarga javob berishlari kerak. Bular quyidagilar: Noan’anaviy faoliyatlar maktabgacha yoshdagi bolalarning o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini umumlashtirish va mustahkamlashda yakuniy mashg’ulot sifatida ishlatilishi kerak; Ta’lim jarayonini tashkil etishning bunday shakllariga juda tez-tez murojaat etish noo’rin, chunki bu mavzuga va o’quv jarayoniga doimiy qiziqishni yo’qotishiga olib kelishi mumkin; Noan’anaviy faoliyatlardan oldin puxta tayyorgarlik ko’rish va birinchi navbatda ta’lim va tarbiyaning aniq maqsadlari tizimini ishlab chiqish kerak; Noan’anaviy faoliyatlar shakllarini tanlashda tarbiyachi, pedagog, psixolog maktabgacha ta’lim yshidagi tarbiyalanuvchilarning xarakteri va temperamentining xususiyatlarini, tayyorgarlik darajasi va umuman butun guruhning va ayrim ISSN 2181-1717 (E) Образование и инновационные исследования (2022 год №7) http://interscience.uz 147 tarbiyalanuvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olishlari kerak; Tarbiyachilar, pedagoglar, psixologlarning bigalikdagi integratsiyalashgan faoliyatlarni tashkil etishlari; Nostandart darslarni o’tkazishda o’quvchini mehr-oqibat, ijodkorlik va quvonch muhitida tarbiyalashning asosiy maqsadlaridan birini belgilab, «bolalar bilan va bolalar uchun» tamoyiliga amal qiling. Noan’anaviy faoiyatlarni tashkil etishning didaktik talablari: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalar noan’anaviy faoliyatlarini tashkil etishda – faoliyat nafaqat bola uchun bilim bera olishi, birinchi navbatda ijodiy muhitni yaratib berishi zarurdir. So’ng bu faoliyat birinchi navbatda bola uchun chuqur bilim berib, o’tilgan faoliyatlardagi bilimlarni mustahkamlashi zarurdir. Noan’anaviy faoliyat maktabgacha yoshdagi bolalarning qiziqishini orttirishi, faoliyatlar davomiaesa, bolalarni mustaqil tarzda ishchanligini oshirishi kerak. Faoliyat tarbiyachiga maktabgacha yoshdagi bolalarning individual qobiliyatlarini o’rganishga, ular orasidan iqtidorli, qobiliyatli bolalarni aniqlashga yordam beradi. Noan’anaviy faoliyat tarbiyalanuvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish bilan birga o’quv dasturining asosiy mazmunidan chalg’itmasligi kerak. Noan’anaviy faoliyat davomida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi ijodiy yoki amaliy ma’noda muhim tadqiqotlarni izlayotgan tadqiqotchi sharoitida o’zini his etib, shu yo’sinda mashg’ulotlarda ishtirok etishi kerak. Noan’anaviy faoliyat talabani ixtiyoriy ishni bajarish majburiyati bilan birlashtirish asosida rivojlantirishi va takomillashtirishi kerak. Didaktik noan’anaviy faoliyat quvnoq faoliyat uchun zarur bo’lgan ko’ngil ochish elementlarini o’z ichiga olishi, taqdim etilgan materiallar talabalar uchun qulay bo’lishi, ularning rivojlanish darajasiga mos kelishi kerak. Noan’anaviy faoliyatda tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar munosabati: Noan’anaviy faoliyat tashil etish uchun tarbiyahi, pedagog, psixologlar mashg’ulotga puxta tayyorgarlik ko’rishlari zarur; faoliyatning borishi, maqsadi, vazifalari oldindan tayyorlanib, guruh bolalarining xususiyatlarini hisobga olgan holda tuziladi. Barcha guruh bolalariga ularning faolligini oshirishga alohida e’tibor beriladi. Bolalarga faoliyatning boshida dastlabki topshiriqlar beriladi, faoliyat tarkibi tushuntiriladi, ko’rgazmali qurollar tayyorlanadi. tarbiyachi faoliyatlar davomida bolalar bilan faoliyat davomida bajariladigan xatti-harakatlarini ketma ketligini muhokama qiladi va har bir tarbiyalanuvchiga o’ziga tegishli vazifasini beradi; u yoki bu faoliyat turi davomida «kuchli» va «zaif», «tarbiyasi og’ir» va «befarq» bolalarning hammasi jalb etiladi. Download 21.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling