So 'zning otasi
SHIFOKORNING BEMOR BILAN MULOQOTI USLUBIYOTIGA DOIR
Download 490 Kb.
|
So 'zning otasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muloqot turlari va tinglash mahoratining umumiy tamoyillari
SHIFOKORNING BEMOR BILAN MULOQOTI USLUBIYOTIGA DOIR
Shifokorning bemor bilar o'zaro muloqoti davolash jarayonining asosidir. Butun flkr, e'tiborni bemorga qaratish, samimiylik, uni diqqat bilan tinglash, bemor bilan birga qayg'urish, jiddiylik o'zaro muloqot o'rnatishning (kommunikatsiyaning) asosi bo'lib xizmat qiladi. Muloqot turlari va tinglash mahoratining umumiy tamoyillari Bemor bilan munosabalda so 'z orqali (verbal) va so 'z yordamisiz-(noverbal) muloqot ko'nikmalari mavjud. So 'z orqali muloqot (verbal muloqot) o'zaro munosabatning asosiy ko'rinishidir, bunda quyidagilarga rioya qilmoqlik maqsadga muvofiq: -tushunarli tarzda so'zlang; so'z ohangingiz bosiq va mayin bo'lsin; o'rinsiz savollar bilan bemor g'ashini keltirmang; ikki yo ko'p ma'noli so'zlarni ishlatmang; ko'rsatmalarni aniq bei ing; ilojsiz muolaja, dori-d irmonlarni va'da qilmang; bemor sizni tushunmay qolsa, erinmasdan so'zlaiingizni yana takrorlang; siz bilan suhbatda bemor o'zida tug'ilgan savollarga javob topganiga ishonch hosil qiling; zarurat bo'lganda bemorga tegishli mutaxassisni tavsiya eting; bemorga zarurat paydo bo'lganda o'z telefon raqamlaringizni bering va telefon orqali so'zlashuvdan qochmang, bemorga tekshiruv natijalarini muntazam ravishda aytib turing; tavsiyalaringizni, ko'rsatmalaringizni nazorat qilib turing; punktual bo'ling (puntktual - fransuzchadan ponktuel - nuqta, ya'ni aniq, saranjom-sarishta, va'dasini vaqtida bajaruvchij; qabul vaqtiga kech qolsangiz bu haqda telefon orqali ogohlantiring; davo ijobiy natija bermasa kerakli mutaxassisga yuboring; zarur bo'lsa shifoxona (statsionar)lar davolanishni qat'iyan talab qiling. Muloqotning ikkinchi ko'rinishi noverbaldir, ya niso 'zyordamisiz muloqot. Bunday muloqot asosan xatti-harakat, imo-ishoralar bilan yuzaga keladi. Bunda: - mimikalarga, ayniqsa, noxush tuyg'uni ifodalovchi mimikalarga e'tibor qiling va ularni nazorat qiling;
qo'lning beo'xshov xatti-harakatlarini qilmang; chuqur «uh» tortmang; ko'z qarashlaringizni nazorat qiling; burun jiyirmang, qosh chimirmang, tish kavlamang, quloq qichimang, saqich chaynamang (aks holda bemor hamiyati ozor chekishi mumkin); behuda kulavermang; vaziyat taqozosidan kelib chiqib, eng maqul masofada turing; - gavdangizni bemorni teksirish uchun va u bilan suhbatlashishga qulay holatda tuting (kasalliklarning spesifik xususiyatlarini e'tiborga olgan holda), juda uzoq masofada muloqot qilmang;
suhbat vaqtida erkinlik yarating, bemorni diqqat bilan tinglang, savollar va mulohazalar bilan chalg'itmang, shoshilmang; bemordan nigohingizni (ko'zlaringizni) olib qochmang; uning so'zlariga qiziqishingizni bildirib turing; suhbatning asosiy mohiyatini ilg'ab oling; muloqotni ko'zlaringiz bilan qoilab turing; «ha» ma'nosida boshingizni irg'ab turing; ma'lumotlami tushunishga harakat qiling; tabassumdan to'g'ri foydalaning. Download 490 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling