So 'zning otasi


Rasmiy ish qog'ozlari uslubi


Download 490 Kb.
bet5/61
Sana06.11.2021
Hajmi490 Kb.
#170998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
So 'zning otasi

Rasmiy ish qog'ozlari uslubi. Bu uslub hozirgi o'zbek adabiy tiliga xosdir. U ma'muriy va yuridik quvvatga egadir. Bu uslubda fikr aniq va bir xil qolipda ifoda etiladi.

Qonun matnlari, farmonlar, buyruq va qo'llanmalar, shartnomalar, ijozatnomalar, aktlar, turli rasmiy hujjatlar, tashkilotlararo yozishmalar, yuridik hujjatlar, ma'lumotnoma, bavonnoma va boshqalar rasmiy ish uslubida yoziladi.

Talabalar ariza, ishonchnoma, tushuntirish xati, bayonnoma, bayonnomadan ko'chirma, dorinoma, kasallik tarixi, kasallik varaqasi kabi o'nlab rasmiy ish qog'ozlarini to'g'ri to'ldirish va yozish ko'nikmasini egailashlari zarur.

Bu kabi hujjatlarda qolip jumlalar mavjud bo'lishi bilan birga ular har qanday his-hayajondan xoli bo'lishi talab etiladi. O'nlab atama va iboralar rasmiy ish qog'ozlari uslubiga tegishlidir. Masalan: bayonnoma, qarov, shartnoma.deklaratsiya; ma'lumotnoma berildi shu haqidakim... biz quyida imzo chekuvchilar... kabi.

Rasmiy ish qog'ozlarida fe'llar majhul nisbatda qo'llaniladi. Xususan, hukm chiqarildi; buyruq shaklida - bajarilsin, yuklatilsin kabi.



Ilmiy uslub - fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog'liqdir Maqola, monografiya, ilmiy ma'ruzalar qat'i ravishda ilmiy uslub asosida yoziladi.

Ilmiy-ommabop uslub ilmiy uslub sirasiga kiradi. U ilmiy ma'lumotini, axborotni ommabop qilib yetkazishga xizmat qiladi. Ilmiy uslub. tabiiyki, har bir alohida fan yo'nalishida o'ziga xos atamalar, iboralarga boy bo'ladi. Tibbiyotda kasallik nomlari, tibbiy atamalar, dori nomlari kabilarning bo'lishi odatiy holdir.



Ilmiy uslubning o ziga xos belgilari bor:

  1. Axborotning ob'ektivligi, aniqligi.

  2. Ma'lumotlarning izchilligi, ularning ko'pligi.

  3. Fikrning qisqa ifodalanishi.

  4. So'zlashuv uslubi va sheva belgilarining mutlaqo ishtirok etmasligi.

Yuqorida sanalgan belgilari bilan yana ta'kidlash kerakki, ilmiy uslub boshqa uslublardan keskin farqlanadi. O'rni kelganda aytish kerakki, ilmiy asarlar, dissertatsiyalar, yoki ilmiy (ommabop) maqolalarda muallifning kamtarligi tufayli «men» kishilik olmoshi o'rnida «biz» shakli qo'llaniladi.


Download 490 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling