Rasmiy murojaatlarda «xonimlar va janoblar» deb jamoatga murojaat qilinadi. Rasmiy murojaatlar mehnat jamoasida rahbarga, ishlab chiqarish korxonalarida yetakchi mutaxassisga, ta’lim muassasalarida ta’lim beruvchi ustozga, harbiy va huquq tartibot organlarida unvoni katta zobitlarga, davlat ahamiyatiga molik tadbirlarda jinsga qarab yoki barchaga rasmiy murojaat qilinadi. . M: Yakka shaxsga nisbatan janob Toxirov deb murojaat qilish mumkin. Agar familiya ishlatilmasa janob direktor, direktor xonim deb murojaat qilish maqsadga muvofiq. O‘rtoq Abdullayev, o‘rtoq general, ya’ni “o‘rtoq” so‘zi harbiylar qo‘llaydilar. Agar familiya ishlatilmasa janob direktor, direktor xonim deb murojaat qilish maqsadga muvofiq. O‘rtoq Abdullayev, o‘rtoq general, ya’ni “o‘rtoq” so‘zi harbiylar qo‘llaydilar. Elchilar hamda yuqori martabali insonlarga nisbatan “Janobi oliylari” deb murojaat qilinadi. Rasmiy munosabatda faqat sizlab gaplashiladi. Rahbarning qo‘l ostidagi barcha kishilar bilan bo‘lgan munosabatida ham, 9 yoshdan yuqori bo‘lgan maktab o‘quvchilardan tortib, talabalar bilan bo‘lgan munosabatda ham, notanish insonga murojaat qilganingizda ham sizlab murojaat qilinadi. EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |