Rahbar oʻzidan quyi mansabdagi xodimlarga, masalan, oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari yoki oddiy xodimlarga ham otasi ismi bilan murojaat qilishi mumkin: Boshqaruvning vertikal emas, gorizontal usulini tanlagan rahbarlar murojaatda ham oʻzbekcha ifoladalarni maʼqul koʻradi. Bunda oʻzaro muomalada sizlab, yoshi kattalarga aka yoki opa soʻzlarini qoʻshib murojaat qilinadi: Boshqaruvning vertikal emas, gorizontal usulini tanlagan rahbarlar murojaatda ham oʻzbekcha ifoladalarni maʼqul koʻradi. Bunda oʻzaro muomalada sizlab, yoshi kattalarga aka yoki opa soʻzlarini qoʻshib murojaat qilinadi: – Kamoliddin aka, menga shu ishda yordamingiz kerak edi. – Aziza opa, taqdimotni sizga joʻnatdim. Bir koʻz tashlab bersangiz. Agar rahbar xodimdan kichik boʻlsa, shunchaki ismi bilan sizlab murojaat qilinaveradi. Soʻnggi yillarda davlat idoralarining rahbarlik lavozimlariga yoshlar koʻp tayinlanyapti. Ular orasida mustaqillikdan keyin tugʻilgan avlod ham anchagina va ular soni borgan sari koʻpayib bormoqda. Oxirgi oʻttiz yilda tugʻilganlarning ota ismlarida –vich, va –ovna, -yevna qoʻshimchalari uchramaydi hisob. Xoʻsh, bunda qanday murojaat qilinadi? Oʻgʻli va qizi soʻzlari qatnashgan oʻzbekcha ifodadagi ota ismlarni ruscha etiket qolipiga solish unchalik ham yopishmaydi: Soʻnggi yillarda davlat idoralarining rahbarlik lavozimlariga yoshlar koʻp tayinlanyapti. Ular orasida mustaqillikdan keyin tugʻilgan avlod ham anchagina va ular soni borgan sari koʻpayib bormoqda. Oxirgi oʻttiz yilda tugʻilganlarning ota ismlarida –vich, va –ovna, -yevna qoʻshimchalari uchramaydi hisob. Xoʻsh, bunda qanday murojaat qilinadi? Oʻgʻli va qizi soʻzlari qatnashgan oʻzbekcha ifodadagi ota ismlarni ruscha etiket qolipiga solish unchalik ham yopishmaydi: – Kamoliddin Jamoliddin oʻgʻli, bu masalaga jiddiy yondashish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |